|
Elektron o‘quv adabiyotlarining turlari, tarkibiy qismlariBog'liq 2018-yil. s.muhamedova. oquv qollanma 0
6.2. Elektron o‘quv adabiyotlarining turlari, tarkibiy qismlari
Elektron darslik
1
– kompyuter texnologiyasiga asoslangan
o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid
o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarali
o‘zlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib:
o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;
o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik
shaklda;
multimedia (ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot
uch o‘lchamli grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va
qisman verbal (matn) shaklda;
taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o‘quvchini
"ekran olamida" stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va
undagi obyektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan
shaklda ifodalanadi.
Elektron nashr
(EN) – bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli,
musiqali, videofoto va boshqa axborot obyektlaridan iborat bo‘lgan
jamlanmasi hisoblanadi. EN magnitli (magnit tasmalarda, magnit
disklarda), optik (CD-ROM, CD-I, CDQ, CD-R, CD-RW, DVD)
elektron axborot tashuvchi vositalarida hamda kompyuter tarmog‘ida
taqdim etilishi mumkin:
Elektron o‘quv nashri
– ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlar,
ko‘nikmalar va mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini
ta’minlaydigan ilmiy-amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi
tizimlashtirilgan o‘quv materialga ega bo‘lgan elektron nashr.
Elektron lug‘at
– an’anaviy «qog‘ozli» lug‘atga mos keluvchi
elektron axborot manbasi. Kompyuter versiyada so‘z yoki so‘zlar
1
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 2-avgustdagi 278- sonli
buyrug‘iga 1-ilova. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv
adabiyotlrining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi.7-8 b.
83
guruhiga maxsus ajratilgan ko‘rsatma bilan istalgan dasturdan
chiqarilishi mumkin.
|
| |