Elektron
uslubiy
qo‘llanma
–
pedagogik
tajribani
umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim faoliyatining yangi
modellarini shakllantirish va tarqatish shakli. Elektron uslubiy
qo‘llanmada pedagogik tajriba mashg‘ulotlarning raqamlashtirilgan
video-lavhalari, elektron yoki unga o‘girilgan shaklda yaratilgan
o‘quvchilar ishlarini darslar bo‘yicha rejalashtirilgan shaklida
ko‘rsatiladi.
Elektron o‘quv qo‘llanma
– fanning o‘quv hajmini qisman yoki
to‘liq qamragan va axborotning adaptatsiya blokini o‘z ichiga olgan
bo‘lib,
masofaviy
o‘qitish va mustaqil o‘rganish uchun
mo‘ljallangan.
Elektron ma’ruza
– interaktiv elementlar va giperuzatishlarni
qo‘llab, o‘quv fani ma’ruza materialini namoyish qiluvchi
multimedik tizim.
6.3. O‘zbek tili darslarida multimedia darsliklaridan
foydalanishning metodik imkoniyatlari
Elektron darsliklar ko‘pgina iqtisodiy sarf-xarajatlarni tejash
imkonini beradi.
Elektron darsliklar yaratish uchun tajribali o‘qituvchi, dasturchi,
kompyuter grafikasidan rassom, muharrirdan iborat jamoa faoliyati
amalga oshiriladi.
Elektron darslik mavzuni eng qulay ko‘rinishda taqdim qila
oladi. Mualliflar jamoasi qaysi mavzuni kompyuterning qanday
imkoniyatidan, pedagogik texnologiyaning qaysi turidan foydalangan
holda taqdim qilishini oldindan rejalashtiradi, ssenariy yaratadi.
Elektron
darsliklardan
foydalanishning
afzallik
jihatlari
shundaki, birinchidan, internetdagi ma’lumotdan bir vaqtning o‘zida
ko‘plab o‘quvchi foydalanishi mumkin; ikkinchidan, o‘quvchilar
animatsiyali dasturlardan kitobga qaraganda ko‘proq va qiziqarliroq
ma’lumot oladilar
1
.
1
Usmonova Z. Adabiyot o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish
imkoniyatlari. // Til va adabiyot ta’limi. -2005. 3-son. – B.20-22.
84
Elektron darslik yaratish texnologiyasini loyihalashtirish 7
bosqichni o‘z ichiga oladi
1
:
1)
konsepsiyasini ishlab chiqish (fan standarti va mashg‘ulot
o‘tkazish metodikasiga tayanuvchi elektron darslik yaratishning
asosiy g‘oyasini ishlab chiqish, darslikning mazmunli qismini
tuzish);
2)
loyihalashtirish (ko‘rinishida ishchi namunasini, axborot
bloklari va ekran shakllari andozalari to‘plamini, murojaatlar
interfaolligini ta’minlovchi giperilovalar tuzilmasining tartibli
sxemasini ishlab chiqish);
3) ekran shakli va axborot bloklari dizayni (aniq o‘quv jarayoni,
psixologik-pedagogik xususiyatlari, ergonomika talablari, o‘quv
materiallari tuzilishi va mazmuniga mos ravishda dizayn tuzilishini
qurish);
4) o‘quv materiallarini elektron shaklda tayyorlash va ularni
bo‘limlar bo‘yicha bir ish seansi, ya’ni bir dars uchun mo‘ljallangan
elementar qismlarga – modullarga ajratish;
5) ilova tuzilmasi elementlarini to‘ldirish (tayyorlangan
materiallarni ishlab chiqilgan andozalar va ekran shakllariga
joylashtirish, ilovalar tizimini to‘ldirish hamda foydalanuvchi bilan
qayta aloqa tashkil qilish);
6) test sinovlari va sozlash (har bir ilova, aloqa ishlari
to‘g‘riligini va foydalanuvchi harakatiga dasturning javobini
to‘g‘riligini tekshirish);
7) o‘quv jarayoniga tatbiq etish (albatta, ta’lim beruvchilar va
o‘quvchilar refleksiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash bilan
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida elektron darslikni qo‘llash).
Elektron darsliklar quyidagi asosiy xossalari bilan ajralib turadi:
• ta’limni va o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori sifatli darajada
olib borilishini ta’minlashi;
• mustaqil ta’lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil
baholash imkoniyatining berilishi;
• ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unligi;
1
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 2-avgustdagi 278- sonli
buyrug‘iga 1-ilova. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv
adabiyotlrining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi.
85
• axborot-ta’lim resurslarini rivojlantirish va tezkor yangilab
borish imkoniyatining mavjudligi;
• matn, shuningdek, boshqa axborot materiallarini maxsus
navigatsiya (gipermatn) va illyustratsiya (multimedia vositalari,
rasmlar, diagrammalar va jadvallar) orqali taqdim etilishi.
Elektron darsliklarning quyidagi belgilariga ko‘ra o‘zaro farqlash
mumkin:
I. Foydalanish maqsadlariga ko‘ra: jamoa bo‘lib va individual
foydalaniladigan elektron darsliklar.
Jamoa bo‘lib foydalaniladigan elektron darsliklar kompyuterning
katta tizim resurslarini talab qilmaydigan bo‘lishi maqsadga muvofiq
bo‘lib, ular server kompyuterga joylashtiriladi va ulardan kompyuter
tarmoqlari (Internet yoki Intranet) orqali foydalanish mumkin.
Individual
foydalaniladigan
elektron
darsliklar
o‘quv
materiallarini o‘qituvchining ishtirokisiz o‘rganishga mo‘ljallangan
bo‘ladi.
Elektron
darsliklarning
bu
ikki
turidan
auditoriya
mashg‘ulotlarida ham foydalanish mumkin.
II. O‘quv materiallarini taqdim etishi bo‘yicha: tartibli va
ixtiyoriy. Tartibli elektron darsliklar ma’lum bir bo‘lim o‘quv
materiallarini o‘zlashtirmasdan keyingi bo‘limga o‘tishga imkoniyat
bermaydi.
III. O‘quv materiallari va axborotlarni yangilash bo‘yicha:
uzluksiz va davriy yangilanuvchi.
Uzluksiz ravishda yangilanadigan elektron darsliklar odatda
elektron o‘quv bazalar (portallar, veb-saytlar va boshqalar)ga va
elektron kutubxonalarga joylashtiriladi. Davriy yangilanadigan
elektron darsliklar asosan elektron axborot eltuvchilar (disketa, CD-
disk va boshqa) kabilar bilan taqdim etiladi.
5 – 9-sinflarda ona tilini o‘qitish jarayoni uchun electron
resurslar
yaratish
ishlari
jadallashmoqda.
Jumladan,
p.f.n.Sh.Sh.Yuldasheva, O.Zaripov, M.Bekjanova, D.Smaylova,
Q.Gulmanova, G.Yangiboeva, D.Urazboevalar hammuallifligidagi
umumta’lim maktablarining 5-sinflari uchun “Ona tili” elektron
o‘quv-metodik majmua (1-qism)da bir qancha amaliy dasturlardan
Microsoft Word, Microsoft Power Point, iSpring, Microsoft Office
Publisher, Hot Potatoes, Adobe Photoshop, CorelDraw, AutoPlay
Media va b. amaliy va mualliflik dasturlaridan foydalanishgan. 5-sinf
86
ona tili ta’limi uchun o‘quv-me’yoriy hujjatlarga (DTS, o‘quv
dasturi, taqvim-rejaga) tayangan holda 1 va 2-choraklar darslari
uchun
taqdimotlar,
videodarslar,
interaktiv
mashqlar
test
topshiriqlari, lug‘atlardan namunalar tayyorlangan va elektron o‘quv
metodik majmuaga jamlangan.
Majmua quyidagi tuzilishga ega:
titul;
mundarija;
me’yoriy-huquqiy hujjatlar (DTS, fan dasturi, taqvim-reja va
b.);
ta’lim mazmunini belgilovchi komponent (nazariy qism
uchun videodarslar, taqdimotlar, amaliy qism uchun mashq va
topshiriqlar;
testlar;
elektron lug‘atlar;
metodik
komponent
(o‘qituvchi
va
o‘quvchilarga
mo‘ljallangan metodik komponent);
foydalanilgan adabiyotlar.
Elektron
o‘quv-metodik majmuada o‘quv materialining
multimedia, ya’ni ma’lumot berishning vizual, gipermatn, ovoz
shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi; turli o‘quv
adabiyotlari – darslik, lug‘at, mashq va topshiriqlarning bir joyda
jamlanganligi; o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi o‘rtasida o‘zaro bevosita
aloqa o‘rnatilishi (interaktivlik); o‘qituvchining o‘quv jarayonini
boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha vazifalarning ma’lum qismini
kompyuterli o‘quv vositalari zimmasiga yuklatilganligi; o‘quvchi
tomonidan qabul qilinadigan – maslahat, tushuntirish, ma’lumotni
izlash bo‘yicha savol-javob va bilimni o‘zlashtirish darajasini
nazorat qilishning tezkor uslubiga o‘tish imkoniyatining mavjudligi;
kompyuter vizualizatsiyasi orqali o‘rganilayotgan obyektning
kompyuterdagi imitatsiya modellaridan foydalanilganligi; o‘quv
materialiga
nisbatan
yengil
o‘zgartirishlar
kiritilishi
va
takomillashtirish imkoniyatlarining yaratilganligi; an’anaviy o‘quv
adabiyotlari (masalan, bosma) bilan birgalikda kompleks holda
foydalanish imkoniyatining mavjudligini alohida e’tirof etish zarur.
87
Elektron o‘quv-metodik majmuada “Elektron darslik va elektron
o‘quv qo‘llanmalari elementlariga texnik, gigienik va ergonometrik
talablar”ga muayyan darajada e’tiborga olingan.
Elektron o‘quv majmua pedagogik talablarga (amaldagi davlat
ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga to‘la muvofiq),
psixofiziologik talablarga (foydalanuvchi uchun qulay, sodda, aniq,
intuitiv va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab
chiqilgan), metodik talablarga (ta’lim beruvchiga darsni mustaqil
dars ko‘rinishida o‘tkazishga sharoit mavjud, bu holatda ta’lim
beruvchi maslahatchi rolida ishtirok etishini ta’minlash, darslarga
tayyorgarlikni o‘qituvchiga qulay usulda amalga oshirishga
imkoniyat
yaratilgan
(dialog,
videomateriallar
mavjud),
o‘rganiladigan o‘quv materiali sistemali, mantiqiy ketma-ketlikda,
modullilik va ular orasida uzviy bog‘liklik ta’minlangan holda
taqdim qilingan, ta’lim oluvchilar o‘zlashtirgan bilim darajasini turli
xil murakkablikdagi (murakkablik darajasi shakllantiriladigan)
nazorat dasturlari yordamida nazorat tashkil qilish imkoniyati
yaratilgan) javob bera oladi.
Elektron o‘quv-metodik majmua quyidagi qismlardan iborat:
1. O‘rgatuvchi qism – taqdimotlar, videodarslar iborat.
2. Mashq qildiruvchi qism – xatolarni ko‘rsatib beruvchi to‘g‘ri
xulosaga olib keluvchi qism mavjud.
3. Nazorat qildiruvchi – testlar orqali nazorat qiluvchi tizim
asosida shakllangan.
Elektron
o‘quv-metodik
majmua
elektron
resurslarga
qo‘yiladigan umumiy gigienik talablarni hisobga olgan holda
yaratilgan. Qulay interfeysga ega. Bezak berish talablariga javob
beradi. Shrift turi va o‘lchovi talab darajasida, ya’ni Verdana, kegl
12 dan kam emas. Fon rangi, grafikaga qo‘yiladigan talablar
inobatga olingan.
Ekranning faol qismida interaktiv elementlar ko‘zga tashlanib
turadigan tarzda joylashtirilgan. ETRning navigatsiya tizimi asosiy
bo‘limlar tuzilmasiga to‘g‘ri keladi va foydalanuvchining minimal
harakati orqali istalgan axborot resursga o‘tish imkoniyatini beradi.
Foydalanuvchilar dasturning menyusi yordamida ixtiyoriy dars
mavzusini tanlash va unga tezkor o‘tish, oldingi va navbatdagi
mavzularga o‘tish, mavzuga doir mashqlar va testlarni yechish orqali
o‘z-o‘zini baholash shu jarayonda lug‘atlar, shuningdek qo‘shimcha
88
adabiyotlarga tezkor o‘tish, dasturdan chiqish kabi bir qator
harakatlarni oson bajarishlari mumkin. Interfeys ETRni sozlash
elementlariga ega, ya’ni musiqiy fonni tanlash, videotasvirni, tovush
jo‘rligini yoqish/o‘chirish, tasvirlarning hajmini o‘zgartirish va
h.k.lar nazarda tutilgan. Matndagi belgilar va fon rangining
uyg‘unligi ta’minlangan. Elektron o‘quv-majmuaga bezak berishda
fan xususiyatlari e’tiborga olingan. Taqdimot nutqi va slaydlar
mutanosibligiga erishilgan.
Mualliflar pedagogik dasturiy vositalar va mualliflik dasturlari
imkoniyatlarini o‘rganishgan va uni elektron o‘quv-metodik
majmuani yaratish jarayoniga tatbiq qila olishgan, fan mazmuniga
muvofiq mashq va topshiriqlar, test topshiriqlari, esse topshiriqlari
yaratishgan, taqdimotlar yaratish va ularni videodarslarga aylantirish
vazifasini talab darajasida uddalashgan.
Aksariyat elektron adabiyotlarda imlo, punktuatsion va uslubiy
xatolarning ko‘p uchrayotganligi har qanday ziyoli kishini
tashvishlantiradi.
Mulohaza o‘rnida aytish o‘rinliki, biz umumjahon elektron
tizimiga, butun dunyo virtual universitetlariga kirib borish va
birgalikda faoliyat ko‘rsatishni ko‘zlayotgan ekanmiz, O‘zbekistonda
yaratilgan elektron adabiyotlar butun dunyo ahliga tanishtirilishi,
yoyilishini hisobga olishimiz, o‘zimizning savodxonligimizni ham
namoyon qilishimizni e’tiborda tutishimiz lozim. Ulkan mehnatlar
evaziga yaratilgan adabiyot matni tilida nuqsonlar bo‘lsa, bu
adabiyotning bahosini pasaytirishi shubhasiz. Elektron adabiyotga
bezak berilishidan oldin va bezak berilishi jarayonida tilshunos
mutaxassislar tomonidan tahrir qilinishiga alohida e’tibor berish
zarur.
|