7.4. Ta’lim portallari
Xususan, o‘zbek tili va adabiyoti ta’limida
Internet saytlaridan
foydalanish imkoniyatlarini, uning samaradorligini aniqlashda avval
internet xizmatining turlari va ularning xarakterini aniqlab olish
nihoyatda muhim. Aynan ana shu aniqlangan ma’lumotlar internet
tarmog‘ida ishlashning tashkiliy jihatdan shakli
va usullarini ajratib
olishga yordam beradi. Bu borada 2 ta portalni ta’kidlab ko‘rsatish
mumkin: 1. ZiyoNet portali. 2. Respublika pedagogika ta’lim
muassasalari portali.
Shuningdek, quyidagi ikki sayt ham juda muhim:
www.uzedu.uz
www.multimedia.uz
Respublikamiz Oliy va O‘rta Maxsus bilim yurtlarida o‘quv
muassasalari uchun yaratilgan saytlarni kataloglashtirish, respublika
ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan elektron o‘quv adabiyotlarini
barcha ta’lim muassasalari orasida targ‘ib qilish muhim va murakkab
vazifa hisoblanadi. Davlatimiz rahbariyati tomonidan ushbu masalani
ijobiy yechimini topish hamda ta’lim muassasalari uchun yaratilgan
elektron o‘quv resurslari va ta’lim muassasalari saytlarini ta’lim
jarayoniga tatbiq etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. ZiyoNet jamoat
axborot ta’lim tarmog‘i 2005-yil 28-sentyabrda O‘zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston
Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini
tashkil etish
to‘g‘risida”gi 2005-yil 28-sentyabrdagi 191-sonli qaroriga muvofiq
tashkil topgan.
ZiyoNet tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika
yoshlari hamda ta’lim oluvchilarni bilim olish jarayonida axborot-
kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
Foydalanuvchilar
ID.UZ
tizimidan
ro‘yxatdan
o‘tgan
foydalanuvchilarga ZiyoNet portali o‘z
imkoniyatlarini namoyon
qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan:
1.
ZiyoNet
portalining
kutubxonasiga
axborot-ta’limiy
ma’lumotlarni joylashtirish.
2. Uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satelitlarni yaratish.
3. ZiyoNet portalining yopiq bo‘limlariga kirish va u yerdan
ma’lumot olish.
4. ZiyoNet axborot resurs tarmog‘ining turli tanlovlarida
qatnashish.
99
ZiyoNet axborot ta’lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni,
shuningdek, aholining turli qatlamini
kerakli axborot bilan
ta’minlash, AT sohasida kerakli ma’lumotlarni berish, muloqot qilish
va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berishni
o‘z zimmasiga oladi. Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng
yo‘l
ochish,
ta’limni
takomillashtirishda
yangi
axborot
texnologiyalardan unumli foydalanish – bugungi kunning talabiga
aylandi.
Vaholanki, ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y
bermoqda. Ta’lim tizimida o‘quv muassasalari uchun yaratilgan
saytlardan foydalanib o‘qitish qo‘llanilmoqda.
Respublika pedagogika ta’lim muassasalarining yagona axborot
muhiti yaratiladi;
•
yagona
kutubxona
muhitini
shakllantiradi
(elekron
kutubxonani yaratilishi, elektron darsliklar va noan’anaviy axborot
tashuvchilar fondining shakllanishi, yagona ma’lumotlar bazasining
yaratilishi va h.k.);
•
pedagogik ta’lim sohasida yagona telekommunikatsiya
tarmog‘i muhiti shakllantiriladi;
•
yangi axborot-ta’lim
muhitini shakllantiradi, ta’limda
axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning
ijtimoiy-psixologik asoslarini yaratadi;
•
yangi axborot madaniyatiga ega pedagogik kadrlarini
shakllantirish orqali pedagogik ta’lim sifatini oshiradi;
•
yangi ta’lim texnologiyalarining ilmiy va metodik ta’minoti
tizimini yaratadi;
•
ta’lim axborotlariga, axborot resurslariga ommaviy tashrifni
ta’minlashi, hujjatlarni uzatish,
hisobga olish mexanizmini
tizimlashtirishi, respublikada pedagogik ta’limning holati bo‘yicha
axborotlarni jamoatchilik uchun ochiqligini amalga oshiriladi
Pedagogika ta’lim muassasalarining yagona axborot makonini
joriy etilishi pedagogik ta’limning sifatini va axborot ta’minotini
rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratadi. Hozirda portalda pedagogika
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari,
o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruzalar matnlari,
nomzodlik,
doktorlik dissertasiyalari, avtoreferatlar, "Pedagogik
ta’lim" jurnalining elektron versiyalari joylashtirilgan elektron
kutubxona va masofaviy kurslar va testlar, elektron konferensiyalar,
har bir pedagogik OTM haqida ma’lumotlar va pedagogika OTMlari
100
bitiruvchilari,
pedagogika
sohasidagi
yangiliklar
haqidagi
ma’lumotlar joylashtirilgan.