107
8.2. Adabiyot darslarida virtual
imkoniyatlardan foydalanish
Adabiyot darslarida ham virtuallik imkoniyatlaridan foydalanish
mumkin
1
.
Jamiyat hayotiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarining
jadal sur’atlar bilan kirib kelishi ta’lim, tibbiyot, iqtisod, noshirlik
yoki sayyohlik kabi turli sohalardagi tub islohotlarga sabab bo‘ldi.
AKTning o‘quv jarayoniga uyg‘unlashuvi esa yangi imkoniyatlarni
yuzaga keltirishi barobarida pedagog xodimlar zimmasiga ulkan
mas’uliyat yuklab, dolzarb vazifalarni ko‘ndalang qo‘ymoqda.
Adabiyotning inson hissiyotlari, tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishi
nazarda tutilsa, o‘quvchi asarni
o‘qish
jarayonida hayotiy va badiiy
haqiqatni
tushunish
, uqqanlarini boshqalarga
tushuntirish
va sujet,
obraz, xarakter kabilarni
tahlil
qilish kabi xususiy kompetensiyalarni
shakllantirish maqsadi amalga oshiriladi. Binobarin, o‘quvchi uchun
bilimlar va mazmunning yuqoridagi darajalari mutanosib bo‘lishi
murakkab jarayon hisoblanadi.
Adabiy ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilarga yosh
xususiyatlaridan kelib chiqib mavzuga oid grafik tasvirlar namoyish
etilishi, voqea-hodisalar, qahramonlar portretiga xos xususiyatlar,
nazariy tushunchalarni virtual shaklda uzatish asar mazmuni,
g‘oyaviy-badiiy maqsadini anglash, egallangan bilimlarni hayotga
tatbiq etishga yordam beradi. Bunday jarayonga xos tajribalarni
modellashtirish o‘quvchilarga real maktab laboratoriyasida amalga
oshirish muammo bo‘ladigan murakkab tajribalarni boshqarish va
o‘tkazishga sharoit yaratadi.
Ma’lumki, AKT axborotlarni uzatish, qabul qilish, muayyan
ma’lumot yoki obyekt tasvirini ifodalashda samarli va ta’sirchan
vositadir.
Kompyuter
animatsiyasiva
modellashtirish
sujet
elementlari yoki portret, peyzaj, detal kabi kompozitsion qurilishni
idrok qilish uchun universal vositadir.
1
O‘quv qo‘llanmaning mazkur qismida muallif – S.Qambarova roziligi bilan
uning “Adabiyot fanini o‘qitishda virtual laboratoriya tashkil etish masalalari” nomli
maqolasidan foydalanildi. Qarang: Qambarova S. Adabiyot fanini o‘qitishda virtual
laboratoriya tashkil etish masalalari // O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari
(Respublika ilmiy -nazariy anjuman materiallari). –Toshkent, ToshDO‘TAU, 2016.
–B.147-152.
108
Animatsiyalarda muayyan ketma-ketlikda asar mavzusi va
g‘oyasiga oid turli diagrammalar, ramziy tasvirlar, strukturalar
hamda qahramonlar va personajlar orasida kechadigan dialoglar,
kolliziyalar, muloqotlar jarayoni namoyish etilishi e’tiborga olinadi.
Muammo xorijda F.Amari, S.Wong, S.Demetiadis, A.Barbas,
A.Molohides, G.Palaigeorgiou, D.Psillos, I.Tsoukalas kabi olimlar
tomonidan o‘rganilganini qayd etish mumkin.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida esa R.Jo‘rayev, Y.Taylakov,
A.Ibraymov,
U.Nasritdinova,
N.Kamolova,
M.Nosirov,
Z.Sherdonov, Z.Sangirova kabi qator olim va tadqiqotchilar ilmiy
izlanishlarida turli fanlar doirasida kuzatilmoqda.
Laboratoriyalarda virtual tajribalarni amalga oshirishga vaqtdan,
tegishli resurslardan unumli foydalaniladi, natijalar kafolatlanadi,
obyekt bilan islashda xatoliklarning oldi olinishiga muvaffaq
bo‘linadi.
Virtual tajribalar uchun dasturiy ta’minotga o‘qituvchi obrazli
tafakkur va badiiy to‘qimani ochib berishga qaratilgan g‘oyalarini
taqdim etishi mumkin bo‘ladi. Shu yo‘l bilan o‘quvchilarning
badiiylik,
obrazlilik
va
obrazni
tushunish
kabi
xususiy
kompetensiyalarni rivojlantirish vazifalari hal qilinishi ko‘zda
tutiladi.
Dastur animatsiya shaklidagi voqea-sujet, xarakterni ochib
beruvchi vosita, konflikt, sujet elementlari, detal hamda badiiy
mahorat kabilarni ifodalash xususiyatiga ega.
Virtual laboratoriya mashg‘ulotlarida, masalan, biologiyadan
tirik organizmlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularda sodir
bo‘ladigan hayotiy jarayonlar, kimyoda reaksiyalar, fizikada
jismlarning hajmi yoki zichligini ma’lum sharoitda tahlil qilish
imkoni mavjud.
Virtual laboratoriya bo‘yicha dasturiy ta’minot – bu ta’lim
oluvchilar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan, adabiy hodisalar mazmun-
mohiyatini aks ettirishga qaratilgan jarayon, zarur narsa-buyum va
jihozlar tanloviga nisbatan qaror qabul qilishga imkon beradigan
dasturdir.
Virtual laboratoriyaning afzalligi shundaki, uning yordamida
o‘qituvchi va o‘quvchi belgilangan maqsad va vazifalarni amalga
oshirishi, AKTni ishlatish, shart-sharoitlarni hisobga olgan holda eng
samarali tajribalarni tanlashga qulaylik yaratilishidadir. Bu kabi
109
rejalashtirish mustaqil tadqiq qilish asosida kreativ va kognitiv
xususiyatlarni yanada rivojlantirishni nazarda tutadi.
Bugungi kunda adabiyot oqitish metodikasi sohasida dolzarb va
real muammo ta’lim oluvchilarning so‘z san’ati qudratini ongli
tarzda tushunishi, badiiy so‘zning ta’sir kuchini teran his qilishi, asar
mazmun-mohiyatini anglashi, qahramon muammolari misolida
hayotiy masalalarga javob topishga harakat qilishi, yozuvchi
ifodalamoqchi fikr va ramziy darajalarni tushunishini osonlashtirish
hisoblanadi.
Animatsiyalarni adabiy jarayonga tatbiq etish esa idrok, anglash
va bilish jarayonini yengillashtiradi, adabiy hodisalarni aniq va
ko‘rgazmali tarzda jonlantiradi.
Agar tabiiy fanlar, xususan, fizikadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan
virtual laboratoriya mashg‘ulotlari tahlil qilinsa,jarayon dastlab
kompyuter sichqonchasi kursorini harakatga keltirish orqali
boshlanib, so‘ngra monitorda tanlangan mavzuga oid modellar,
ularni o‘lchash tasvirlari belgilangan tartib va yo‘nalishda uzluksiz
jonlana boshlaydi.
O‘lchash jarayoni nihoyasida natijalar muayyan geometrik
shaklga ega jism hajmini hisoblash formulasi bilan avtomatik tarzda
bajariladi. Navbatdagi ish tanlangan jismlarning massalarini topish
va yuqoridagi kabi muayyan formulaga asoslanib, tegishli jadvalga
qayd qilish asosida nihoyasiga yetkaziladi.
Tadqiqotchi A.Ibraymov ta’kidlaganidek, virtual laboratoriya
uskunalarning
funksionalligi,
universalligi,
foydalanuvchi
interfeysining ko‘rgazmaliligi va qulayligi, dasturiy ta’minotning
moslashuvchanligi, eng muhimi, mashg‘ulotlarni masofadan turib
olib borish, uzoqda joylashgan ta’lim muassasalaridan turib bevosita
laboratoriya asbob-uskunalarini harakatga keltirish, natijalarni
o‘lchash
va
baholash
imkoniyatlari
mavjudligi
bilan
an’anaviymashg‘ulotlardan farq qiladi.
Adabiy ta’limda nazariy tushunchalarga oid ma’lumotlarni
virtual tarzda berish imkoni mavjud bo‘lsa ham, qahramonlar tabiati,
personajlarning ichki kechinmalari, o‘y-xayollari bilan bog‘liq
epizodlarni visual tarzda yetkazish qiyin hodisa hisoblanadi.
Obrazlarning xarakter xususiyatlari yoki ruhiyat manzaralarini
o‘lchash imkoniyati mavjud emasligi nazarda tutilsa, bu turdagi
mashg‘ulot dasturi qanday tuziladi, jarayon qanday rejalashtiriladi va
110
amalga oshiriladi, nimalardan qay tartibda foydalaniladi, degan qator
savollar tug‘ilishi tabiiy.
Ma’lumki, multimediali elektron-pedagogik dasturiy vositalardan
foydalanish orqali avtomatlashtirilgan grafik va murakkab loyihalash
ishlari olib boriladi. Pedagogik dasturiy vositalar o‘qituvchilaring
o‘qitish g‘oyalarini dasturda shakllantirish, uni tahlil qilish, qo‘llash
va baholash orqali takomillashtirishga xizmat qiladi.
PDМlar kompyuterning multimedia imkoniyatlaridan unumli
foydalangan holda ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy ta’lim jarayoni
mohiyatini o‘zida kompleks mujassam etadigan dasturiy vosita
bo‘lishi zarur.
Manbalarda dasturiy pedagogik vositalar tarkiban o‘qitishning
kompyuter dasturlari, avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlari, elektron
darsliklar,
texnologik
jihozlarning
kompyuter
imitatorlari,
demonstratsion va modellashtiruvchi dasturlar, kompyuter o‘quv
muhitlari,
kasbiy-dasturiy
vositalar paketlarining ma’lumot
bo‘limlari, instrumental dasturiy vositalar, dasturlashtirish tillari,
ma’lumot va bilimlar bazasi, masofaviy ta’limdagi kompyuter va
telekommunikatsion vositalardan iborat bo‘lishiga alohida urg‘u
beriladi.
Multimedia tizimlarini yaratishda kompyuterlar, audio-video
axborotlarni uzatish vositalari imkoniyatlari uyg‘unligiga erishish
muhim hisoblanadi. Bunday tizim dasturiy vositalar va asboblar
majmuasini shakllantirib, axborotning matn, grafika, ovoz, tasvir
kabi turli ko‘rinishlarini o‘zida mujassam etadi. Natijada
foydalanuvchi bilan interaktiv muloqot vujudga keladi.
Animatsiya va rasmlarni FLASH, Free Hand, Dream weaver kabi
dasturiy
ta’minotlar,
shuningdek,
Java,
C++
dasturlash
texnologiyalari vositasida yaratish mumkin.
Virtual laboratoriya tajribalarini o‘tkazishda:
a) asosiy grafik dasturning buyruqlaridan foydalanishni
o‘rganish;
b) mavzu yuzasidan bajariladigan topshiriqlarning bajarilish
ketma-ketligini ifodalovchi o‘rgatuvchi harakatli tasvirlar hamda
maxsus ssenariylar tuzish zarur bo‘ladi.
Adabiyotdan virtual laboratoriyani quyidagicha rejalashtirish
maqsadga muvofiq:
111
|