Internet tarmog‘ining asosiy xizmatlari (основные услуги
интернета, main servises of the Internet) –
WWW, HTTP, FTP,
Chat, Elektron pochta.
Internet tarmog‘ining ta’lim xizmatlari (образователные
услуги интернета, educational servises of the Internet) –
elektron pochta, izlash tizimlari, elektron konferensiyalar, elektron
entsiklopediyalar, masofaviy o‘qitish tizimi.
Login (логин, login)
– 1. Foydalanuvchining лompyuter yoki
tarmoqdan erkin foydalanish jarayoni. 2. Kompyuterdan erkin
foydalanishga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchi qayd yozuvi nomi.
Maxfiy emas.
Adabiyotlar:
1.
Adilova
S.
O‘zbek
tilini
o‘qitishda
kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish. –T.: TDPU, 2006. - 96 b.
2. Yusupova Sh., G‘ozieva O. Ona tili o‘qitishda interfaol usullar
va komyuter dasturi. – T.: Bayoz, 2013. -134 b.
3.
www.ziyonet.uz
4.www.pedagog.tdpu.uz
102
8- MODUL: TIL VA ADABIYOT TA’LIMIDA VIRTUAL
IMKONIYATLARDAN FOYDALANISH
8.1. Til ta’limida virtual imkoniyatlardan foydalanish
Ta’lim tizimidagi o‘quv va o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda
axborot texnologiyalarining virtual imkoniyatlaridan foydalanish
ommalashib bormoqda. Virtual so‘zining tarixiy, falsafiy lug‘atlarda
berilgan izohlari quyidagicha: lotincha virtus so‘zi kuch, imkoniyat,
kuchli ma’nolarini anglatadi. Fransuzcha "virtuel", inglizcha
"virtual" so‘zlari ana shu so‘z bilan bog‘liq bo‘lib, “salohiyatli”,
“ko‘zda tutilgan”, “faraz qilingan”, “maket shaklida sun’iy
yaratilgan” ma’nolarini anglatadi. D.N.Ushakovning “Rus tilining
izohli lug‘ati”da “yashirin kirib keladigan va shiddatli namoyon
bo‘ladigan; faraz qilinadigan” tarzida izohlangan bo‘lsa, S.I. Ojegov,
N.Y. Shvedovalarning “Rus tilining izohli lug‘ati”da “mavjud
bo‘lmagan, lekin ehtimoli bor, mumkin narsa” deb izoh beriladi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu so‘z keltirilmagan. Hozirgi
kunda texnika atamasi sifatida texnik vositalar yordamida olam
obrazini sun’iy modellashtirish bo‘lib, shu obrazning imitatsiya
orqali
inson
tomonidan
his
qilinishi
tushuniladi.
Bunda
foydalanuvchi mavjud holatga ta’sir qila olish imkoniga ega bo‘lishi
lozim.
Virtual mavjudlik texnologiyasi inson faoliyatining turli
sohalarida,
xususan,
loyihalashtirish
va
dizaynda,
foydali
qazilmalarni izlab topishda, harbiy texnologiyalarda, qurilishda,
marketing va reklamada, ko‘ngilochar o‘yinlar sanoatida keng
qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimida virtual texnologiyalar tatbiqini
informatika, fizika, ximiya, biologiya fanlaridan kompyuter
yordamidagi
elektron
virtual
laboratoriya
shakllaridan
foydalanilishida yaqqol ko‘rish mumkin. Bizningcha, virtual
atamasini tillarni o‘rganish jarayoniga tatbiq qilinayotgan elektron
ta’lim vositalariga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Ona tili ta’limida
mavjud bosma ta’lim vositalari (darslik, o‘quv va metodik
qo‘llanmalar, jadvallar, daftarlar)ning virtual imitatsion modellarini
yaratish (elektron darslik, elektron qo‘llanma, elektron jadvalllar,
elektron daftarlar), video va audio materiallarni tinglash, ko‘rish
orqali fikrlashga, tahlil qilishga yo‘naltirish, real bo‘lmagan,
103
modellashtirilgan elektron daftarlarda interaktiv mashqlarni bajarish
jarayoni virtual mavjudlik deb qaralishi mumkin.
Rossiyada virtual va virtuallik, uning falsafiy mohiyati, virtuallik
va ta’lim masalasi ilmiy-nazariy jihatdan N.A.Nosov, S.S.Xorujiy,
R.A.Nurullin,
L.P.TSelenko,
Y.V.Paraxnevich,
K.A.Suvorov,
N.N.Koroleva, D.V.Makarov, Y.VMatrosov, A. Z. SHakirova, Y.E.
Turutina I.D.Lobankov, I.D.Kiryushin, A.N.Samuxin, A.Xoseevich,
Y.Y.Gavronskaya, V.V.Alekseev, A.Yu.Avdeev, I.M.Krasilnikov,
V.V.Selivanov, L.N.Selivanova, T.V.Popovalar tomonidan ishlab
chiqilgan.
O‘zbekistonda
A.Abduqodirov,
N.Taylaqov,
U.Begimqulov,
F.Zokirova,
M.Fayzieva,
V.Xamidovlarning
tadqiqotlarida virtuallik va ta’lim masalasi, aniq va tabiiy fanlar
doirasida virtual elektron o‘quv kontentlarni yaratish tajribalari
yoritilgan.
Xorij ta’lim tizimida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham o‘qitish
metodikasida yangi yo‘nalish – innovatsion kompyuter didaktikasi
(elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi) yuzaga keldiki, bu bejiz
emas. Bu o‘quvchilarni faqat bilimlarni egallashga o‘rgatishni emas,
balki ta’lim oluvchilarga darsda va darsdan tashqari jarayonda
mustaqil ta’lim olishga, axborotlarni tahlil qilishga yo‘naltirish, zarur
axborotlar muhitiga olib kirish uchun yangi axborot texnologiyalarini
tatbiq qilish zaruriyatining oshganligi bilan bog‘lanadi.
Ona tilimizning Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin
egallashini ta’minlash, uning kompyuter uslubini, o‘zbek tili va
dunyodagi yetakchi xorijiy tillar asosida tarjima dasturlari va
elektron lug‘atlar, virtual o‘quv majmualar yaratish bilan bog‘liq
ilmiy-metodik qo‘llanmalar, amaliy tavsiyalar tayyorlash va bu
borada erishilgan natijalarni amaliyotga keng tatbiq etish kabi
vazifalar ijrosini ta’minlash soha mutaxassislaridan katta shijoat
talab qilmoqda.
Xalqaro internet tarmog‘ida bevosita til ta’limi bo‘yicha
yaratilgan elektron darsliklar, xususan, Rossiya federatsiyasida
tayyorlangan elektron adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki,
elektron adabiyotlar yordamida o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida
hamda mustaqil faoliyat yuritadi. Rossiya Federatsiyasi umumiy
o‘rta ta’lim maktablari uchun 2015-yilda yaratilgan elektron
qo‘llanmalar aynan amaldagi darsliklarning bosma nashrlariga
muvofiq keladi. 2015 – 2016-yillar davomida o‘tkazilayotgan
104
sinovlarda o‘quvchi rolini fan o‘qituvchilari, pedagogika institutlari
talabalari bajarmoqda va elektron qo‘llanmalarning imkoniyatlari
namoyish qilinmoqda. Ana shu jarayonda ularni takomillashtirish va
elektron adabiyotlar bilan ishlash mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.
Bu borada ingliz tili ta’limidagi “Homebook”, “Workbook”
(“Uyda ish kitoblari”i), rus tilini o‘qitishda amalda bo‘lgan “Рабочая
тетрадь” (“Ish daftari”), “Электронная тетрадь”lar qator
afzalliklarga ega. Qayta ko‘chirib yozish talab qilinmaydigan
reproduktiv va qisman izlanuvchanlikka asoslangan mashqlar
kafolatli natijalarga erishish jarayonini jadallashtirishi mumkin.
Ingliz tili ta’limida “True-false” (“To‘g‘ri-noto‘g‘ri”), Mini-TEST,
“Moslikni aniqlash”, “Qiyoslash” mashqlari, algoritmga asoslangan
mashqlar, shuningdek, grammatik tahlil turlari takomillashtirilgan
mashqlarni amaliy dasturlarda elektron mashqlarga aylantirish
imkoniyatlari mavjud. Bu ona tili ta’limi uchun ham muvofiq keladi.
Bunday tajribalar 90-yillar oxirida Rossiyada keng miqyosda
boshlangan edi
1
. Jumladan, I.A.Yegorovning ,,Интерактивный
диктант” maqolasida audiodasturlar yaratish bo‘yicha barcha
jarayonlarning batafsil bayoni bilan tanishish mumkin.
2
Maqolada XX asr oxirlarida internetdagi ta’limiy saytlardan
gramota.ru. saytida joylashtirilgan on-line interaktiv diktantga
alohida e’tibor qaratilib, sayt mualliflari g‘oyasi qo‘llab-
quvvatlanadi
3
. Mazkur «Интерактивный диктант» o‘rgatuvhi
dasturini yaratish Borland Delphi 7.0 kompyuter dasturida amalga
oshirilgan, dizayni Adobe Photoshop CS5 grafik muharririda
bajarilgan.
Muallifning ta’kidlashicha, har yili rus tilidan barcha talabalar va
o‘quvchilar nazorat diktanlarini yozadilar, biroq ularni tekshirish
jarayoni o‘qituvchilar uchun nihoyatda mashaqqatlidir. Shuning
1
O‘quv qo‘llanmaning mazkur qismida Q.Gulmanovaning “Ona tili ta’limi
uchun audiodasturlar yaratish va foydalanish texnologiyalari” tezisidan foydalanildi.
Qarang: Gulmanova Q. Ona tili ta’limi uchun audiodasturlar yaratish va foydalanish
texnologiyalari//O‘zbek filologiyasining ilmiy-nazariy masalalari va o‘qitish
texnologiyalari(respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari). – Nukus: Nukus
DPI, 2017. – B. 78-80.
2
https://www.scienceforum.ru/
3
http://www.gramota.ru/class/coach/idictation/
105
uchun ham interaktiv diktantlar o‘qituvchilarning mashaqqatli
mehnatini yengillashtirishda alohida ahamiyatga egadir.
Rossiyada
yaratilgan
audiodasturlar
va
ular
haqidagi
tadqiqotlardan shuni aniqladikki, bunday dasturlarni yaratish uning
loyihasini ishlab chiqishdan boshlanadi.
Murakkablik darajasiga ko‘ra diktant matnlari tayyorlanadi,
alohida fayllarda saqlanadi. Javoblar esa matn muharririda alohida
fayllarda taqdim qilinadi. Barcha fayllar qobiq dasturda qulay
interfeysda yig‘iladi. Biroq dasturlash tillaridan bexabar bo‘lgan
kishi uchun bunday dasturni yaratish jarayoni nihoyatda
murakkabdir.
Fan
o‘qituvchilari muallifligida yaratiladigan
audiodasturlar uchun nisbatan sodda instrumentlarni tavsiya qilish
zarur. Bizningcha, interaktiv diktant audiodasturini yaratish uchun
qulay va ancha oson hisoblanuvchi iSpring Suit instrumentidan
foydalanish maqbuldir
1
.
Mazkur instrument vositasida audiodasturlarni ishlab chiqishda
ketma-ket amalga oshirilishi zarur bo‘lgan jarayonlar bor:
1.
Diktant matni tanlanadi. U matn muharririda tayyorlanadi.
2.
iSpring Suitning Quezmaker blogidan foydalanishda dastlab
ixtiyoriy til interfeysini yaratish imkoniyati mavjudligi uchun
yozuvlar o‘zbek tiliga tarjima qilinadi.
3.
O‘quvchi yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda “Kirish”
va “Natija” slaydlarining dizayni ishlab chiqiladi, ya’ni bezak
beriladi.
Audiodastur uchun bir necha turdagi diktantlarni yaratish
imkoniyati bor: “Вопрос теста” qismidan ,,Вложенные ответы”,
“Пропуски” (javob kiritish) va “Анкетный вопрос” qismidan esa
“Ессе” bandlaridan foydalanib 3 xildagi diktant tayyorlash mumkin.
Jumladan, biz 6-sinf uchun amaldagi “Ona tili” darsligida nazarda
tutilgan nazorat ishlari uchun interaktiv diktantning “Tanlash” turi
bo‘yicha bir nechta matnlarga ovoz yozdirib audiodasturga
joylashtirdik
2
.
iSpring Suitning Quezmaker blogining “Вoпрос” qismidan
,,Вложенные ответы” savol turi tanlanadi. “Вопрос с вложенными
1
www.ispring.ru.
2
Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V. Ona tili. Umumiy o‘rta
ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. – Toshkent: Ma’naviyat, 2013.
106
ответами” qismiga diktant talabi yoziladi. “Текст с пропусками”
qismiga matn muharriridan nusxa ko‘chirish orqali diktant matni
kiritiladi. Asosan, o‘quvchilar yozma ishlarida ko‘p xatolikka yo‘l
qo‘yiladigan holatlar: a va o, i va u, o‘ va u unlilari; jarangli
undoshlarning jarangsizlashishi, x va h, x va q, m va n kabi
undoshlar; tutuq belgisi hamda tinish belgilarining ishlatilish
o‘rinlarga e’tibor bergan holda ro‘yxatlar tuziladi. Oynaning
“Слайды” qismiga bir marta chertilib, uskunalar panelidagi
“Дизайн”dan shrift turi va kegli belgilanadi.
4. Diktant matniga ovoz beriladi. Bu ikki usulda amalga
oshiriladi. Dasturning o‘zida ,,Данные” qismi chertiladi, oynaning
o‘ng tomonida “Звук” qismiga audio yozdiriladi yoki avvaldan
yozdirilgan tayyor audio joylashtiriladi.
5. Keyin ushbu ketma-ketlik bajariladi: “Главная”, “Свойства”,
“Настройке по умолчанию”dan kerakli bandlar
belgilanadi. Barcha
amallar bajarilgach, “Главная” bo‘limidagi “Просмотр” orqali
natija ko‘riladi va “Публикация” bo‘limi chertilib, jarayon
yakunlanadi, html faylga o‘zgartiriladi.
”Ona tili” fani doirasida audiodasturlarni yaratish va undan
foydalanish bo‘yicha metodik adabiyotlar respublikamizda yetarli
darajada mavjud emas. Xorijiy tajribalarni o‘rganishdan ma’lum
bo‘ladiki, AKTni ta’lim tizimida foydalanish bo‘yicha katta tajriba
to‘plangan. Tan olish kerak, audiomateriallarni tayyorlash va
amaliyotda qo‘llash borasida ta’lim tizimimiz 20 – 30 yil orqada.
Ammo bu tafovutni qisqartirish mumkin. Shunisi muhimki, ona tili
uchun yaratish va foydalanishda qulay, bir qator afzalliklarga ega
bo‘lgan audiodasturlar zamonaviy vositalar qatoridan joy olishi
mumkin.
Rus tili bo‘yicha “Interaktiv diktantlar” on-line foydalanish
uchun mo‘ljallangan. Biz tavsiya qilayotgan audiodasturlarda esa of-
line shug‘ullanish imkoniyati bor. Shuningdek, bunday diktantlarni
fan o‘qituvchisining o‘zi mustaqil ravishda, kompyuter muhandisi
ishtirokisiz yarata oladi. Faqat mualliflik dasturlarining ayrimlari
bilan yaqindan tanishish taqozo qilinadi.
|