Ta’limda erkin va ochiq kodli dasturiy
ta’minotlar tahlili
Elektron ta’lim – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
asosidagi ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi keng
tushunchadir.
Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko‘pgina
manbalari
orasidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools);
Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning
Management Systems);
Ichki kontentni boshqaruv tizimlari CMS (Content Management
Systems).
1
LMS tizimlarining asosiy funksiyalari
LMS/LCMS tizimlari elektron ta’limni (masofaviy ta’lim
jarayonini) tashkil etishning asosiy funksiyalarini o‘z ichiga oladi.
Bunday funksiyalarga o‘quvchilarning (o‘qituvchilarning, kurs
yaratuvchi pedagoglarni va boshqa roldagilarni) ro‘yxatga olishi,
foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan chetlashtirish, o‘quvchilarning
mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish, o‘quvchi va o‘qituvchilarning
o‘zaro individual yoki/ guruh bo‘lib hamkorlikda ishlashini (Web2
elementlarini ishlatish orqali)
tashkil etish, guruhlar yaratish va
ularni
boshqarish,
oraliq,
joriy
va
yakuniy
nazoratlarni
tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron
nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat,
moslikni
topishga oid, ketma-ketlikni to‘g‘ri joylashtirish, bo‘sh qoldirilgan
joyni to‘ldirish va boshqa turlari kiradi), har xil turdagi ijtimoiy
so‘rovlar
tashkillashtirish,
o‘quvchilarning
bilim darajasini
monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati,
elektron
axborot
resurslarini
(elektron
kutubxonalar)
tashkillashtirish, elektron o‘quv resurslarini eksport/import qilish
imkoniyatlari,
tizim
foydalanuvchilarining
(o‘quvchilar,
o‘qituvchilar (tyutorlar), kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga
qachon, qancha vaqt davomida o‘quv
kontentlar bilan tanishganligi,
qaysi IP adres orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga
1
Peter Wallet. Information and communication technology in education in
Asia. –Montreal: UNESCO UIS. 2014. – 65 p.
121
kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion
tizim
orqali kirganligi, tizimda mavjud fodalanuvchilarning
aktivligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati,
o‘qituvchi (tyutor) (yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar)
tomonidan elektron o‘quv resurslarni yaratishi, Authoring toolslarda
SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron
o‘quv resurslarini yuklashi, o‘quvchilarning boshqa o‘quvchilar/
o‘qituvchilar bilan (Chat, Forum,
videokonferensiya, umumiy
elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish
moduli orqali) muloqotini tashkillashtirish, o‘quv
jarayonida
bo‘ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar
yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga
oid operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o‘tish
mumkin.