qayta ishlash hamda internetdan ma’lumotlarni olish bo‘yicha
malakali insonlarni tarbiyalashdir.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
«O‘zbekiston Respublikasida «Elektron ta’lim»
milliy tizimini
yaratish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» 2012-yil 16-apreldagi PQ–1740-son qarori ta’lim
sohasida
axborotlashtirishning
milliy
tizimini
shakllantirish,
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan
foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni
kengaytirishga zamin yaratadi. Ta’lim tizimiga elektron ta’limni
joriy etish birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga,
jumladan, ta’lim sohasining axborotlashuviga, axborot ta’lim
resurslarini ishlab chiqishga bog‘liq. O‘quv
jarayonini elektron
ta’lim asosida tashkil etish, shu jumladan, o‘quv materiallarini bayon
etishni takomillashtirish tamoyillariga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish
zarur bo‘ladi. Bunda ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot
texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga
erishishdagi eng samarali yo‘l hisoblanadi.
Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar
davomida o‘zgarmay kelgan holatlarni o‘zgartirib yubordi. Bu
odatdagi xat yozishmalari elektron pochta bilan,
kutubxonalar esa
web-saytlar bilan almashinishida namoyon bo‘ldi. Endilikda esa
ta’lim tizimida ta’lim olishning an’anaviy shakllari o‘rniga
masofaviy ta’lim elementlari kirib keldi.
Hammamizga ma’lumki, har bir universitet yoki ta’lim muassasi
o‘z ta’lim jarayonini boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalardan
kelib chiqqan holda, o‘zining virtual axborot ta’lim muhitini
yaratishga harakat qiladi. Hozirgi vaqtga kelib, virtual axborot ta’lim
muhitini yaratishning hojati qolmagan,
chunki Web muhitiga
moslashgan har hil turdagi dasturiy majmualar jonkuyar dasturchi va
ta’lim sohasida ishlab kelayotgan xodimlarning hamkorlikda
ishlashlari shuningdek, ta’limga yo‘naltirilgan fondlar tomonidan
qo‘llab-quvvatlanishi natijasida, erkin
va ochiq kodli dasturiy
ta’minotlar yaratilgan.