Axborot texnologiyalarini qo‘llash o‘quvchilarning til ta’limi
uchun taqozo qilinadigan kompetensiyalarini shakllantirish va
rivojlantirishda alohida qimmatga egadir. Ana shu muammoning hal
qilinishida til ta’limi uchun yaratilgan kompyuter dasturlarining
ahamiyati juda kattadir. Xorijda bu borada katta tajriba to‘plangan.
Bizning vazifamiz ana shu tajribalarni o‘rganish va o‘zbek tilini ona
til va davlat tili sifatida o‘qitish jarayoni uchun sifatli kompyuter
dasturlarini yaratishdan iborat.