Ta’lim portallariga masofali o‘qitish amalga oshiriladigan ta’lim
muassasalari o‘quv jarayonini
tashkil etish va boshqarish, uning
tuzilmalari, moliyaviy-xo‘jalik ishlarini yuritish, o‘quv reja va
dasturlar, o‘quv materiallari, testlar va boshqalar
haqida veb saytlar
majmuasi joylashtiriladi.
O‘quv jarayoni uchun yaratilgan ta’lim portali o‘quv jarayoni
mobaynida namoyish etish vositasi, kompyuter sinflarida tashkil
etiladigan mustaqil ishlash mashg‘ulotlarida repititor, mustaqil ta’lim
olishga vosita, amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish mobaynida
uslubiy yordamchi, o‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirishini
nazoratchisi, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun masala va
mashqlar bilan ta’minlovchidir.
Ta’lim portali o‘quvchilarga axborotni o‘qish, ma’ruzalarni
eshitish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan
vazifalarni bajarish, o‘z bilimlarini tekshirish va zarur hollarda ularni
to‘ldirish, o‘z- o‘zini nazorat qilish kabi
bilim shakllarini tavsiya
etishi mumkin.
Ta’lim portali o‘z ichiga trenajyorlar, amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlari uchun vazifalar, test topshiriqlari, bir vaqtning o‘zida
bilim berish va ularni o‘zlashtirish jarayonini nazorat qiluvchi
dasturiy ta’minotlarni qamrab oladi. Boshqacha aytganda, u o‘quv
predmetlarining asosiy axborotli
qismini bayon etuvchi, olingan
bilimlarni
mustahkamlashga
mo‘ljallangan
mashqlar,
o‘quvchilarning bilimlarini baholash imkoniyatini beradigan test
texnologiyalaridan tashkil topadi.
Ta’lim portalidagi mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari uchun
yaratilgan elektron o‘quv-uslubiy materiallar avtomatlashtirilgan
dasturiy
vositalar
yordamida
faoliyat
olib
boradi.
Avtomatlashtirilgan o‘quv-uslubiy materiallar ta’lim
oluvchilarga
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
imkoniyatlari
orqali
yetkaziladi.
O‘quv jarayonida kafolatlangan natijaga erishish uchun axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish talab
etiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
vositalariga
elektron
darsliklar
va
elektron
o‘quv-uslubiy
majmualarni keltirish mumkin. Ma’lumki, elektron darslik –
kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan
o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid
124
o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador
o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan elektron o‘quv adabiyoti hisoblanadi.
O‘quv materiallarini elektron ko‘rinishda taqdim etganda uning
o‘quvchilar tomonidan tushunish darajasiga alohida e’tibor
berish
kerak. Elektron shaklda taqdim etilayotgan materiallar ta’lim
oluvchilar uchun qulay va yaxshi o‘zlashtira oladigan bo‘lishi,
shuningdek, tavsiya etilayotgan o‘quv materiallarida kerakli ta’riflar,
tayanch iboralar, kalit so‘zlarga murojaat qilish va ulardan samarali
foydalanish imkoniyatlari yaratilishi kerak.
O‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
qo‘llanilsa, ta’lim-tarbiya jarayoni jadallashtiriladi. Ta’lim-tarbiya
jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari qatoriga quyidagilarni
keltirish mumkin:
maqsadga yo‘naltirilganlik;
o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish;
ta’lim mazmunining axborotli hajmini kengaytirish;
o‘quvchilarning o‘quv-bilish
faoliyatini faollashtirish;
o‘quvchilarning o‘quv-amaliy darajasini mustahkamlash va
boshqalar.
O‘quv jarayonini kompyuterlashtirish, masofali o‘qitishning
asosiy vositalaridan biri bo‘lgan o‘quv-uslubiy ta’minotni yaratish va
ularni takomillashtirish muammolarini hal qilish bo‘yicha barcha
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar kabi respublikamizda ham turli
yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.