10- MODUL: KOMPYUTER VOSITASIDA NAZORAT
ISHLARINI TASHKIL QILISH METODIKASI
10.1. Bilimlarni baholashning elektron shakllari
Test nazoratini kompyuter dasturlari yordamida o‘tkazish
an’anaviy usullarga qaraganda samaraliroqdir. Bunday dasturlar
o‘quvchining fanni bilishi yoki bilmasligini tez va obyektiv aniqlab
beradi. Bu usul o‘quv jarayonini tashkil qilish uchun qulay va
oddiydir
1
. Kompyuter texnologiyalari asosida interaktiv testlar
yaratish
va
ularni
dastur
sifatida
foydalanish
jarayonida
o‘quvchilarda testlar bilan ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi. Aytish
mumkinki, o‘quvchining bilim olish va o‘z bilimini oshirish,
natijalarini ko‘tarishga mas’uliyatini orttiradi. Ularga qo‘yiladigan
talablar quyidagicha
2
:
tizimning oddiy bo‘lishi;
qo‘llanilish jarayonida test savollarini to‘ldirib borish
imkoniyatiga egalik;
amaliy jihatdan qo‘llanishning qulayligi;
baholash uchun kam kuch va vaqt sarflash imkonini berishi.
Test dasturlari o‘zida o‘quvchi bajarishi lozim bo‘lgan nazorat
vazifalarining
katta
qismini
mujassamlaydi.
O‘qituvchi
o‘quvchilarning bilimidagi kuchsiz tomonlarni kompyuter orqali
aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bunday dasturlarning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi vaqtning
tejalishi, o‘quvchilarning individual ishlashi ta’minlanishi, nazariy
bilimlarning amaliy vazifalarni bajarish orqali mustahkamlanishi,
kompyuterda ishlash malakasining oshishi kabi afzalliklarga ega.