• Ekranda test natijasini bildiruvchi indikatorni namoyish
qilish;
• Ixtiyoriy tilli interfeys;
• Natijalarni bayonlashtirish va umumiy bazada jamlanishi
ta’minlash;
• Bayonnoma va qaydnomani matnga chiqarish;
• Savollarni taxrir kilishda eksport va import qilish, xususan:
• Flash formatida;
• LMS tizimlari uchun SCORM standartiga mos keluvchi
formatida;
• HTML sahifa orqali ochiladigan formatda;
Shaxsiy kompyuterlarda ishlaydigan exe formatiga ugirishi
mumkin.
Shuningdek, elektron ko‘rinishda yaratilgan testlarni MS Word
va Excel formatlariga eskport qilish imkoniyati ham mavjud.
Talabalar test topshiriqlarini topshirish vaqtida ular savollarni
yodlab qolishlari va ulardan keyin topshiradigan talabalarga tushgan
savollarni aytishlari mumkin. Umumiy test savollariga bitta vaqtni
bilgilash, masalan: 20 ta testning hammasi javob berish uchun 30
minut ajratish mumkin.
Har bir test savoliga alohida- alohida vaqtni belgilash mumkin,
masalan
1- savolga 30 sekund, 2- savolga (agar qiyin savol bo‘lsa) 60 sekund
ajratish mumkin.
Wondershare QuizCreator dasturi orqali o‘qituvchi test
jarayonni modellashtirish imkoniyatiga ega. Ya’ni fan o‘qituvchsi
test bo‘lish vaqtidagi ssenariyasini yaratishi mumkin, boshqacha
aytganda adaptivlashgan test oluvchi dasturni yaratishi mumkin.
Saytdan Wondershare QuizCreator dasturini yuklab olib, 30 kun
davomida bepul ishlatish imkoniyati mavjud. Bu vaqt ichida bemalol
o‘zingizning
faningizdan
elektron
nazorat
turlarini
tashkillashtirishingiz mumkin bo‘ladi.