Matematika fani:
―
Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan
ko‘p ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan edi.
U nihoyatda ziyrak, idrokli,
keng mushohadali, o‘ta
qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq
mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi.
Savol:
Ushbu matnda nechta yordamchi so‘z qo‘llangan?
O‘quvchilar quydagicha javob berishlari kerak. Ushbu matnda 4
ta yordamchi so‘z qo‘llangan: ham – yuklama, kabi – ko‘makchi, va
– bog‘lovchi, bilan – ko‘makchi.
Adabiyot fani:
Erib ketmagandim sevgingdan,
Bo‘lmaslik-chun baxtingdan judo.
Birga
qolish uchun sen bilan,
Kuyaman-u bo‘lmayman ado. (Zulfiya)
Savol:
Ushbu she’rda ifodalangan yordamchi so‘zlarni toping?
Javob: -chun, uchun, bilan ko‘makchilari, -u yuklamasi.