11- MODUL: TIL TA’LIMIDA INTEGRATIV
YONDASHUVNI TA’MINLASHDA AKTNING O‘RNI
11.1.
Til ta’limida integrativ yondashuv
Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan
islohotlarda ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi tez-tez tilga
olinmoqda. Ta’limning hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, bozor
iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bilan uzviy hamkorlikda rivojlanishi
zarurligi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
ham ahamiyatli
g‘oyalardan biridir. Shuning uchun ham ta’limni rivojlantirishda
integratsiyadan unumli foydalanish dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini tashkil etish bo‘yicha
tajribalarni to‘plash, ularni amalda qo‘llash borasida o‘qituvchilar
faoliyatini tahlil qilish, AKT imkoniyatlaridan foydalangan holda
integratsiyali darslarni tashkil qilish va ta’lim
samaradorligini
oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish bugunning dolzarb
vazifalaridandir. Integratsiyali darslar tashkil qilish tushunchasi
fanlararo aloqa tushunchasi bilan yaqin ma’noga ega. Fanlararo
aloqa masalalari pedagogika tarixida barcha
davrlarda ham dolzarb
bo‘lib kelgan. XX asr oxirida bu masala doirasi kengaydi va muqobil
ravishda integratsiya atamasi faollashdi
1
.
Integratsiya – ayrim bo‘laklarning yoki elementlarning bir-biriga
qo‘shilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir
2
.
Integratsiya
Farididdin Attorning quyidagi fikrlariga hamohangdir: bu ro‘yi
zaminda mayda narsaning o‘zi yo‘q, hamma narsa bir-biriga bog‘liq
va bir-birini to‘ldiradi
3
. “Integratsiya” tushunchasi XVIII asrdayoq
Spenser tomonidan izohlangan edi. Biz ham integratsiyani tafakkur
o‘stirish omili sifatida qarab, uni fanlararo aloqa hamda ta’lim
1
O‘quv qo‘llanmaning mazkur qismida muallif – Sh.Adilova va Sh.
Yuldasheva hammuallifligidagi “Til ta’limida integarativ yondashuv” nomli tezisdan
foydalanildi. Qarang: Adilova Sh., Yuldasheva Sh. Til ta’limida integarativ
yondashuv. // O‘zbek filologiyasining ilmiy-nazariy masalalari va o‘qitish
texnologiyalari(respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari). – Nukus:
Nukus
DPI, 2017. – B. 88-90.
2
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I жилд. – M..: Русский язык, 1981. – B.
380.
3
Qarang: Ro‘zimuhammad B. Buyuk shaxslar silsilasi // Ma’rifat. - 2002. -
№26. -B.6.
138
sathlarini sintezlash tarzida talqin etishga harakat qildik. Bu borada
R.Jo‘rayev, A.Zunnunovlarning ta’lim jarayonida o‘quv fanlari
integratsiyalanishiga bag‘ishlangan qo‘llanmasi
barcha fanlar uchun
dasturulamal bo‘la oladi
1
. P.f.d. Sh.Yusupova: “Integratsiya
fanlarning mexanik birlashishi emas, bu sintez, yangi narsaning kelib
chiqishi,
kashfiyotdir.
Alohida
sistemalarning
yaqinlashishi,
bog‘lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir”,–deb
ta’riflaydi. Olima integratsiyani differentsiatsiyaning aksi ekanligini
ta’kidlaydi hamda uni quyidagi yo‘nalishlarda tatbiq etish maqsadga
muvofiq deb hisoblaydi:
a) o‘quv predmetlari va fanlar doirasidagi mazmunni
integratsiyalab o‘rganish;
b) turli o‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning
faoliyatlarini integratsiyalash;
v) ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllari yoki o‘quv kunini
integratsiyalash.
Olima nazarda tutgan birinchi yo‘nalish – o‘quv
predmetlari va
fanlar doirasidagi mazmunni integratsiyalab o‘rganish masalasi
metodikada an’anaviy “Fanlararo aloqa”ni ta’minlash deb qaralishi
mumkin.
“Ona tili o‘qitish metodikasi”da fanlararo aloqa masalasiga
alohida e’tibor qaratilgan. Biroq bu atamani nisbatan tor doira uchun
qo‘llash mumkin, ya’ni ona tili fanining
faqatgina boshqa fanlar
bilan bog‘liqligi, fanlarning bir-birini to‘ldirishi.... kabilar.
Integratsiya tushunchasi esa nisbatan keng bo‘lib, u fanlarning o‘zaro
aloqasini ham, shuningdek fanlarning bo‘limlari, sathlari bo‘yicha
bir butunlik tushunchasini ham anglatmoqda.
A.G‘ulomov hamda H.Ne’matovlar ta’kidlashicha, boshqa
fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanib, o‘quvchilarni nutq
uslublari bilan tanishtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoq lozim.
O‘quvchilar badiiy uslubni adabiyot, ilmiy uslubni biologiya, kimyo,
fizika, matematika, ish qog‘ozlari uslubini huquq asoslari fanlaridan
olingan materiallar asosida o‘rganishlari zarur
2
.
1
Jo‘rayev R., Zunnunov A. Ta’lim jarayonida o‘quv fanlarini integratsiyalash.–
Toshkent: Sharq, 2005.
2
G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tili ta’limi mazmuni. – Toshkent: O‘qituvchi,
1995. – B. 38.
139
Integratsiya go‘yoki bilim berishda zarur emasga o‘xshaydi,
biroq u insonning dunyoni kengroq tushunishi uchun bir yo‘l bo‘lib,
u orqali o‘quvchilar dunyoqarashi kengayadi: til, san’at, tarix,
musiqa, adabiyotning qonuniyatlarini chuqur anglaydi, aloqadorlikni
bilib oladi. O‘quvchilarni ijod qilishga o‘rgatish, izlanishga
yo‘naltirish, tasavvur, fantaziyani hosil qilish o‘qitishning zamonaviy
usullariga kiradi.