tayyorgarlik darajalari hisobga olingan holda ikki xil yo‘ldan
foydalaniladi:
1. Badiiy asarlardan (Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Abdulla
Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, T.Adashboev,
A.Obidjon ...) parchalar tanlanadi.
2. Shu sinfga tegishli bo‘lgan boshqa o‘quv predmetlariga oid
darsliklar (matematika, botanika,
geografiya, kimyo ...)dan
foydalaniladi.
Buning real natijasi:
• o‘quvchilar turli nutq uslublari bilan amalda tanishadilar;
• so‘zlarning qo‘llanish imkoniyatini amaliy jihatdan
kuzatishadi;
• fanlararo aloqa ta’minlanadi, ya’ni integrativ darslar tashkil
qilinadi.
Fikrimiz
dalili
sifatida
pedagogika
fanlari
doktori
Sh.Yusupovaning bir vaqtning o‘zida ona tili, adabiyot,
tasviriy
san’at, biologiya fanlarini bog‘lab o‘qitishga doir tahlillarini
keltiramiz. Olima rahbarligida o‘tkazilgan sinov darslaridan birida
o‘qituvchi o‘quvchilardan behi guli haqida ma’lumotlar berishni
so‘raydi, javob olingandan keyin behi gulining tasvirini chizish
ularga topshiriq sifatida beriladi. T.Yusupovaning “Behi guli” she’ri
o‘quvchilarga ifodali o‘qitilib, she’rda berilgan ot va fe’l so‘z
turkumidagi
so‘zlarni
sinonimlari
bilan
almashtirib
yozish
topshiriladi.
Shuningdek, olima botanika va ona tili fanlarini bog‘lashda
maqollardan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Bu usul
o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga,
qissadan hissa chiqarishga, o‘z
maqsadlarini bayon etishga undashi, maqollarda keltirilgan o‘simlik
yoki daraxtlarni ta’riflab berish esa ularning nutqiy malakalarini
yanada rivojlantirishi ta’kidlanadi
1
.
Mutaxassislar
integratsiyalangan
darslar
o‘quvchilarning
charchog‘ini oladi, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o‘tishi
hisobidan ziyraklik va hozirjavoblikka o‘rgatadi, deb hisoblaydilar.
Agar integratsiyali darslar jarayoniga zamonaviy vositalarni
foydalanish yo‘lga qo‘yilsa, samaradorlik yanada ortadi. Bu borada
1
Yusupova Sh. Ona tili va botanika fanlarini uyg‘un holda tashkil qilish
mumkin(mi?)//Til va adabiyot ta’limi. 2015. 7-son. 13-14 b.
144
muayyan tajribalar ham to‘plangan. Jumladan, “Ona tili. 5-sinf
uchun elektron o‘quv-metodik majmua”siga
1
jamlangan mashq va
topshiriqlarning aksariyati 5-sinfda o‘rganiladigan fanlar bilan uzviy
bog‘langan. Foydalanuvchilar “Botanika”, “Tarixdan hikoyalar”,
“Geografiya”, “Musiqa”, “Jismoniy tarbiya”, “Rus tili”, “Ingliz tili”,
“Tasviriy san’at”, “Adabiyot” fanlari bilan integratsiyalashgan 10
dan ortiq turdagi mashq va topshiriqlar; esse, krossvord, test savollari
orqali
bilimlarini
oshiradilar,
asosiy
materiallarni
mustahkamlaydilar. Elektron majmua yordamida esse topshiriqlari
uchun botanika fani materiallari video va rasmlar yordamida taqdim
qilingan.
Tasviriy san’at
asarlarini ularning turlariga, janrlariga ko‘ra,
shuningdek aks etgan sujetga ko‘ra ona tilining qaysi sathi uchun
muvofiq kelishini aniqlab, foydalanish kutilgan natijani beradi.
Harakatlar tasvirlangan rasmlarga qarab gaplar tuzganda sifatlar
kamroq, fe’llar, bog‘lovchilar ko‘proq ishlatiladi. Demak, bunday
tasviriy san’at asarlari fe’l, fe’l shakllari, ravish, bog‘lovchi bilan
bog‘liq mavzularni o‘tish jarayonida ko‘proq tanlanishi kerak.
1
Yuldasheva Sh., Zaripov O., Bekjanova M., Smaylova D., Gulmanova Q.,
Yangiboeva G., Urazboeva D. 5-sinf uchun “Ona tili” fanidan elektron o'quv-
metodik majmua. – Nukus, 2016. (guvohnoma: DGU 04136)
145
Tilni boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘qitish bilan qator til sathlari
integratsiyasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi.
Ta’lim samaradorligini oshirish uchun integratsiya holatidagi dastur
va darsliklar yaratilishi lozim. Pedagog U.Musaev integratsiyaning
mavzularni ketma-ket taqdim etish asosidagi integratsiyaga ahamiyat
qaratishi bejiz emas. Bunda o‘quv materiallarini bayon qilishda
konsentrizm prinsipiga amal qilinadi, ya’ni oldingi o‘quv materiali
keyingisini to‘ldiradi
1
.
Til sathlarini tashkil qilgan unsurlarning har biri o‘ziga xos
xususiyatga ega bo‘lishi
bilan birga, ular o‘zaro uzviy bog‘langan.
Maktabda fonetikani o‘zlashtirmasdan orfografiyani bilish mumkin
emas. Fonetika va orfografiya, leksikologiya (so‘zshunoslik) va
morfologiya (so‘z turkumlari) o‘zaro chambarchas bog‘langan.
Shuning uchun o‘rta maktabda til sathlarini o‘zaro bog‘lab o‘rganish
kutilgan natijalarni beradi.
Demak, ona tili ta’limidagi integratsiya haqida so‘z ketganda
faqat, fanlararo aloqa emas, balki til sathlarining uzviyligiga erishish
masalasiga ham alohida e’tibor qaratilishi zarur.