tashkil qilishning bir usuli taklif qilinadi. Mazkur maqoladan 5-
sinfda “Fonetika”dan undoshlarni o‘rganishda,
takrorlash darslarini
tashkil
qilishda,
shuningdek,
yuqori
sinflarda
undoshlarni
takrorlashda foydalanish mumkin. Albatta, qaysi darsda maqola
materialini to‘liq, qaysi darsda qisman foydalanishni o‘qituvchi o‘zi
belgilab olishi zarur. Maqola muallifi tilshunos olimlar ko‘p
qo‘llaydigan “Grammatika – ikkinchi matematika”
degan tashbehga
tayanib, muayyan lisoniy hodisalarni o‘rganishda turli matematik
usullardan foydalanishga ahamiyat qaratadi.
tilshuNoslikning
tovushlar tizmini o‘rganuvchi fonetika bo‘limini o‘rganayotganda,
unga aloqador undosh tovushlar tasnifi masalasini matematik usulda
o‘rgatish juda samarali kechishini, faol va muammoli o‘qitish
usuli
sifatida o‘quv mashg‘ulotining qiziqarli o‘tishini ta’minlashi
mumkinligini alohida ta’kidlaydi
1
. Ana shu maqola materialini
AKTni tatbiq qilib, yordamchi vosita sifatida foydalanish esa yanada
samaraliroq bo‘ladi. Agar yangi mavzu
bayoni uchun foydalanilsa,
taqdimot texnologiyasiga murojaat qilish mumkin. Agar mavzuni
mustahkamlash
uchun tatbiq qilinsa, iSpring Suit orqali mashqlar
yaratish, o‘quvchilar BMKlarini baholash
uchun elektron testlar
tuzish va shu asosda baholashni amalga oshirish imkoniyati mavjud.