12-MODUL: KIRISH. ADABIYOT NAZARIYASIGA OID
MAVZULARNI O‘QITISHDA SLAYDLARDAN
FOYDALANISH
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov
o‘zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitobida adabiyot
haqida shunday yozadi: “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf
etadigan
yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati,
badiiy adabiyotdir. Adabiyotni insonshunoslik deb, shoir va
yozuvchilarning esa
inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi
bejiz emas, albatta… Adabiyot-ma’naviyatni yuksaltirish vositasi
sanaladi. Adabiyot, so‘z san’ati azaldan
xalq qalbining ifodachisi,
haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi. Agar biz O‘zbekistonimizni
dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘
kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi
bo‘lsak, avvalambor,
buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk
ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak.
Nega deganda, ulug‘ adib
Cho‘lpon aytganidek, adabiyot yashasa-millat yashaydi”
1
.
Darhaqiqat, adabiyot zamon bilan hamnafas taraqqiy etmog‘i
kerak. Buning uchun Adabiyotni umumiy o‘rta ta‘lim, akademik-
litsey va kasb- hunar kollejlarida
yangicha ruhda zamonaviy
pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish eng muhim va dolzarb
masalalardan biridir.