Pedagogik vazifaning belgilanishi quyidagilarni qamrab oladi:
ta’lim maqsadlarini tahlil qilish va shu
asosda fanning mazmunini
aniqlash; fan mazmuni tuzilmasini ishlab chiqish va uni o‘quv
elementlari tizimi ko‘rinishida ifodalash; o‘quv elementlarini
o‘zlashtirish darajalarini belgilash; ta’lim oluvchilarning dastlabki
bilim
darajasini aniqlash, bu ko‘rsatkich fanning mazmuni
asoslanadigan o‘quv materialini o‘zlashtirganlik darajasidan kelib
chiqadi; o‘quv-moddiy baza hamda ta’limning tashkiliy shakllariga
qo‘yiladigan chegaralarni belgilash
1
.
Pedagogik vazifaning hal etilishini ta’minlovchi o‘qitish
texnologiyasini loyihalashga qaratilgan ta’lim
beruvchi faoliyati
ta’limning usul, shakl va vositalarini shakllantirish bilan belgilanadi.
Boshqacha qilib aytganda, ta’lim beruvchi faoliyati 3 turga
tasniflanadi.
1.
Boshqarish turi;
2.
Axborot almashinuv jarayoni turi;
3.
Axborotni uzatish vositalari tiplari va bilish faoliyatini
boshqarish.
Hozirda ta’lim muassasalalari zamonaviy kompyuter,
axborot
kommunikatsiya
texnologiyalari
asosida
jihozlanmoqda.
Bu
pedagoglarni o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini
talab etadi. Endi pedagog:
– o‘quv kurslari dizayneri-yaratuvchisi;
– o‘qitish metodlari bo‘yicha maslahatchi;
– kompyuter- o‘quv kurslarini interaktiv taqdim etish bo‘yicha
mutaxassis;
– ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari bo‘yicha mutaxassis
bo‘lishi talab etiladi.
O‘quv kursini yaratishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
– kurslarning maqsadi;
– maqsadga erishish yo‘llari;
– o‘quv materiallarini taqdim etish usullari;
– o‘qitish
metodlari;
– o‘quv topshiriqlarining turlari;
1
Mavliyanov A., Abdalova S., Allambergenova M. Oqitish usullari va
texnologiyalari: yuksak sifat va samaradorlik omili. O`quv-uslubiy qo`llanma. - T.:
2014. -100 bet.
152
– muhokama uchun savollar;
– munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari;
– o‘zaro muloqot.
Pedagoglar
kompyuter
texnologiyalaridan
foydalanish
ko‘nikmasiga ega bo‘lish bilan birga quyidagilarni amaliyotda
qo‘llay olishi lozim:
– yangi o‘quv materiallarini tushuntirishda kompyuterning
namoyish
imkoniyatlaridan foydalanish;
– internet, o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy mahsulotlar
asosida darslarni tashkil etishi;
– darsga metodik tayyorlanish, qo‘shimcha axborotlarni izlash
va
tizimlashtirish, didaktik materiallarni tayyorlash;
– kompyuter texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil
etish va boshqarishda foydalanish malakalari.
Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida
ham berish mumkin. Slaydlarga o‘quvchilar o‘zlarini munosabatini
bildirishi, uni tahlil qilishi mumkin.
Bu orqali o‘quvchilar quyidagi malakalarga ega bo‘ladilar:
grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki aksincha;
muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha xulosalar va
savollarni shakllantirish;
o‘zining o‘quv-biluv faoliyatini rejalashtirish.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
imkoniyatlaridan
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirishda, o‘quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda samarali foydalanish mumkin.
Adabiyot darslarida elektron qo‘llanmalar, videolavhalar,
animatsiyalar, matnlar, ovozli obrazlardan (yozilgan ovoz, musiqa va
boshqalar) foydalanish mumkin.
Adabiyot o‘qituvchilari axborot texnologiyalari vositalari bilan
ishlash uchun quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
– ishchi dastur va texnologik xaritalar tuzish;
– ma’ruza matnlari va amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘liq
topshiriqlarni tayyorlash;
– metodik ko‘rsatmalar va nazorat savollarini tuzish;
– o‘zlashtirish
natijalarini tahlil qilish;