“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” har bir ta’lim beruvchining
oldiga dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan, uddabron,
ishning
ko‘zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va
yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash vazifasini qo‘ydi.
Bunday ulkan vazifalarni amalga oshirishda o‘qitish
amaliyotiga
zamonaviy va jahonning ilg‘or ta’lim texnologiyalarini qo‘llashni
davr taqozo etmoqda
1
.
“O‘zbekiston Respublikasining Axborotlashtirish dasturi”da
respublikamizda axborot texnologiyalarini rivojantirishning 6ta
ustivor yo‘nalishi ko‘rsatib berildi.
1.
Davlat statistika tizimi, moliya-kredit va bank tizimlari;
2.
Elektron ma’lumotlar bazasi;
3.
Fan-texnika axborot tarmog‘i;
4.
Ta’lim, kadrlar
tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy
muhofaza va sog‘liqni saqlash sohalari axborot tizimlari;
5.
Ma’lumotlarni uzatish
va aloqa tizimlari;
6.
Favqulodda holatlarning oldini olish va xabar berish aloqa
tizimlari.
Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta’limni
rivojlantiruvchi yangi tamoyillarga asoslangan bo‘lib, u ta’lim
oluvchi shaxsini shallantirishga yo‘naltirilmog‘i kerak. Zamonaviy
pedagogik texnologiya markazida ta’lim jarayonining rahbari hamda
shu jarayonining sub’ekti va ob’ekti bo‘lgan ta’lim
beruvchi va
ta’lim oluvchi turadi. Bugungi kunda adabiyot o‘qitishda innovatsion
texnologiyalar va axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi ta’lim
oluvchilarni o‘quv jarayoniga faol jalb etish imkonini bermoqda.