O‘quv muassasasi uchun yaratilgan saytlarning ahamiyati
Internet texnologiyalarining imkoniyatlari kengligi va sodda
ekanligi internetdan foydalanuvchilarning
daqiqa sayin ortib
borishiga olib kelmoqda. Bu foydalanuvchilar orasida ko‘pchilik
qismini albatta, talabalar, o‘quvchilar,
ilmiy izlanish bilan band
bo‘lgan xodimlar tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib aytish
mumkinki, ta’lim jarayonida
Internet texnologiyalaridan, xususan,
o‘quv muassasalariga bag‘ishlangan veb – saytlardan foydalanish
ta’lim sifati va samaradorligini sezilarli
darajada yuqori bosqichga
olib chiqishga yordam beradi.
Ta’lim
jarayonida
Internet
saytlaridan
foydalanish
imkoniyatlarini
1
,
uning
samaradorligini
aniqlashda
Internet
xizmatining turlari va ularning xarakterini aniqlab olish nihoyatda
muhimdir. Aynan ana shu aniqlangan ma’lumotlar Internet
tarmog‘ida ishlashning tashkiliy jihatdan shakli va usullarini ajratib
olishga yordam beradi. Klassifikatsiyalashga
asos qilib internetning
ishlash uslubini olish mumkin. Bu holda Internet server xizmatlarini
ikkiga: axborotli va kommunikatsion xizmat turlariga ajratish kerak.
Axborotli xizmatga WWW (ma’lumotlar majmuasi) va G‘TR
(dasturlar majmuasi)lar kiritiladi.
Kommunikatsion xizmatni esa ikkiga:
bevosita
(PC, chat) va
bilvosita
muloqot (elektron pochta, forum, telekonferensiya)
turlariga ajratish mumkin.
Internetdagi barcha “o‘quv muassasa uchun yaratilgan
sayt”larning o‘z navbatida bir necha turlari mavjud:
–
o‘rgatuvchi internet manbalari;
–
maslahat beruvchi internet manbalari;
–
axborotli internet manbalari;
–
baholovchi internet manbalari;
–
taqdimotli internet manbalari;
Quyida ularning har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
1
Руcтамова Н.
“Электрон педагогика
асослари ва педагогнинг шахсий,
касбий ахборот майдонини лойиҳалаш” модулининг ўқув-услубий мажмуаси.
– Тошкент: 2016. 72-бет.
160