13- MODUL: SHOIR VA YOZUVCHILAR HAYOTI VA
IJODINI O‘RGANISHDA MAXSUS SAYTLARNING
IMKONIYATLARI
Shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini o‘rganishda
O‘zbekiston Milliy internet saytlarining ahamiyati katta.
Aynan
adabiyotga oid maxsus saytlarda o‘zbek adabiyotining barcha
namoyandalari hayoti va ijodi haqidagi batafsil va yangi ma’lumotlar
o‘rin olgan. Bu ma’lumotlarni internetning
qaysi saytidan olib
foydalanish uchun aynan ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan
saytlar
haqida ma’lumotga ega bo‘lish zarur.
Internetdan ma’lumotlarni qidirish
– Internet tarmog‘ida
ma’lumotlar miqdori shu qadar ko‘pki, hatto tasavvur ham qilish
qiyin. Bu ma’lumotlar orasidan o‘zingizga
keragini topib olish esa
ancha murakkab ish bo‘lib hisoblanadi. Ana shu ishni osonlashtirish
maqsadida, maxsus ma’lumotlarni qidirish sistemalari yaratilgan.
Bular orqali bir zumda o‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotni topib
olishingiz mumkin.
Foydalanuvchilar:
ID.UZ tizimidan ro‘yhatdan o‘tgan
foydalanuvchilarga ZiyoNet
portali o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha
sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan:
1.
ZiyoNet portalining kutubxonasiga axborot - ta’limiy
ma’lumotlarni joylashtirish;
2.
Uchinchi darajali «zn.uz» domenida
sayt-satelitlarni yaratish;
3.
ZiyoNet portalining yopiq bo‘limlariga kirish va u yerdan
ma’lumot olish;
4.
ZiyoNet axborot resurs tarmog‘ining turli tanlovlarida
qatnashish.
Ta’lim va tarbiyaga bag‘ishlangan saytlar.
Bunday saytlar
asosan ta’lim muassasasi haqida ma’lumotlar keng ommaga
tanishtirish, ta’lim muassasasida faoliyat
olib boruvchilar hamda
o‘quvchilarni ta’lim muassasasi bilan doimiy aloqasini ta’minlab
turish maqsadida yaratiladi. Shuningdek, ta’lim
va tarbiyaga
bag‘ishlangan bir necha saytlar mazmunan va mantiqan birlashtirilib