Kommunikativ kompetentlikka erishishda autentik (elektron)
materiallar
Ona tili ta’limi oldiga ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan,
mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan
savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yilgan bo‘lib, bu
maqsadga erishish masalasi umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim
standartlari takomillashtirilishiga uzviy bog‘langan. Xorij ta’lim
tizimida
bo‘lgani
kabi
mamlakatimizda
o‘quvchilarning
kompetentliligini shakllantirish yuzasidan tayanch kompetentsiyalar
va fanga oid kompetentsiyalar ishlab chiqildi. Unga ko‘ra ta’lim
tizimining bitiruvchisi ta’limning ma’lum bosqichini bitirganidan
so‘ng ma’lum kompetentsiyalarga ega bo‘lishi belgilab berildi.
Tayanch kompetentsiyalar:
1. Kommunikativ kompetentsiya;
2. Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi;
3. Shaxs sifatida o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi;
4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi;
5. Umummadaniy kompetentsiya;
6. Matematik savodxonlik, fan texnika yangiliklaridan xabardor
bo‘lish kompetentsiyasi.
Tayanch
kompetentsiyalar
qatorida
kommunikativ
kompetentsiyaga erishishda ona tili fanining muhim ahamiyat kasb
etishini ta’kidlash zarur, chunki kommunikativ kompetentlikda
quyidagilar ko‘zda tutiladi:
– Jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va
birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda
samarali foydalana olish;
140
– o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon
qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya
olish va javob berish;
– ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala
madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
– muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z
pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish;
– turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish,
muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv)
bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.
O‘quvchilarda kommunikativ kompetentlikni shakllantirish va
rivojlantirishda autentik materiallarga alohida e’tibor qaratish lozim.
Biroq til o‘qitish metodikasida autentik materiallardan foydalanish
va eng so‘nggi axborot kommunikatsion vositalarining til ta’limida
qo‘llanilishi ilmiy-nazariy yoritib berilgan adabiyotlar yetarli
darajada deb aytolmaymiz. Chet tillarini o‘qitish tajribasiga ko‘ra
o‘quvchilarni gapirishga o‘rgatishning asosiy talablaridan biri
autentik materiallarni foydalanishdir. Shuning uchun ham bu sohada
ilmiy-uslubiy adabiyotlar nihoyat darajada ko‘p bo‘lib, ona tilini
o‘qitish bo‘yicha audiovizual materiallarni yaratishda ana shu
adabiyotlarga tayanish mumkin.
Aynan audiomateriallar va tinglab tushunish mashqlari og‘zaki
talaffuzni
va
yozma
nutqni
yaxshilash
imkonini
beradi.
Videolavhalar esa nafaqat nutqiy, balki til o‘rganuvchilarning
sotsiolingvistik
va
pragmatik
kompetensiyalarini
ham
shakllantirishga xizmat qiladi. Videomateriallar vositasida turli
nutqiy mavzular va vaziyatlarga oid voqea-hodisalar bilan kengroq
tanishtirish nafaqat o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, balki ko‘rilgan
lavhalar asosida o‘z fikrini mustaqil bayon qilishga ham sharoit
yaratadi. O‘zbek tilini ekran orqali o‘rgatish, avvalo, ta’lim
oluvchining fanga qiziqishini uyg‘otish, har taraflama bilim olish,
dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. Biroq videolavhalarni
ko‘rsatishdan maqsad faqat film tomosha qilishdan iborat bo‘lib
qolmasligi
kerak.
Xadicha
Muxitdinova,
“Til
ta’limiga
videomateriallar
qanday
uyg‘unlashadi?”
1
maqolasida
1
X. Muxitdinova. Til ta’limiga videomateriallar qanday uyg‘unlashadi? // Til
va adabiyot ta’limi. – 2015. 8-son. – 15-16-b.
141
videodarslarning ta’limiy samaradorligini oshirish o‘quv dasturiga
mos maxsus videomateriallar tizimini hamda har bir videomaterialni
taqdim etish yuzasidan maxsus metodik ko‘rsatmalar, ya’ni darsning
ta’limiy maqsadiga mos keladigan topshiriqlar tizimini ishlab
chiqishni talab etadi. Maqola muallifi rus metodistlarining
tadqiqotlariga tayangan holda videomateriallar bilan ishlashning
kengaytirilgan 6 bosqichli tizimini tavsiya etadi
1
:
1. Tayyorgarlik bosqichi.Bu mavzu yuzasidan qisqa kirish
suhbati o‘tkazish yoki berilgan matnni o‘qitishdan iborat bo‘ladi.
O‘quvchilarga avvaldan ushbu mavzuga tayyorgarlik ko‘rib kelish
uy vazifasi sifatida topshirilishi ham mumkin.
2. Videolavhani namoyish qilish.Bu bosqichda videomaterial
diqqat bilan kuzatiladi, berilgan savollar asnosida qisqa savol-javob
o‘tkaziladi.
3. Lavhani yana bir bor ko‘rish.Bu jarayonda ko‘rilgan matn
mazmunini eslab qolish, ayrim tayanch so‘z va birikmalarni yozib
olish amali bajartiriladi.
4. Tayanch so‘z va birikmalar asosida matnni tiklash yoki ijodiy
matn tuzish.
5. Tuzilgan matnlarni o‘qish, berilgan savollarga javob berish.
6. Tasvirlardagi milliy-madaniy xususiyatlarni aniqlash va tahlil
qilish. Ushbu bosqich o‘quvchilarda sotsiolingvistik va pragmatik
kompetensiyani shakllantirishga, o‘quvchilarning o‘rganilayotgan til
madaniyati bilan kengroq tanishishiga yordam beradi. So‘nggi
bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarni ko‘zda tutilgan maqsad tomon
yo‘naltirib turishi, ayrim noto‘g‘ri izohlarni to‘g‘rilab borishi lozim.
Shuningdek, o‘quvchilarni yangi tayanch so‘zlar bilan tanishtirish,
xususan, milliy-madaniy leksikaga oid so‘zlarni alohida sharhlab
borishi kerak bo‘ladi. Olimaning fikricha, ta’lim jarayonidan kelib
chiqib, yuqoridagi bosqichlarni qisqartirish mumkin. Biroq bunda 1-,
2- va so‘nggi 6-bosqichlar, albatta, saqlab qolinishi kerak.
Muallif 2009–2010 o‘quv yilida Moskva davlat lingvistik
universitetida o‘zbek tilini xorijliklarga o‘qitish jarayonida
“Toshkentim – onam”, “Namanganning olmasi” qo‘shiqlari bosqichli
1
О.П.Быкова. Учебные модули для работы с видеоматериалом // Русский
язык за рубежом, 2009, №2, С. 34.
142
ketma-ketlik asosida o‘rgatilib samarali natijaga erishilganligi
ta’kidlangan.
Maqolada keltirilishicha, o‘zbek tili darslari samaradorligini
oshirish maqsadida 2011-yilda ilk tajriba sifatida uzviylashtirilgan
o‘quv dasturidagi 5-sinf mavzularining 40 foizi uchun audiomatnlar
va videolavhalar ishlab chiqilgan, 2013-yilda 6-sinf va 7-sinf
“O‘zbek tili” darsliklaridagi mavzularning 70 foizi uchun
videolavhalar majmuasi tayyorlangan. O‘zbek tili fanidan birinchi
marta 6–7-sinflar uchun “O‘zbek tili” darsliklarida bevosita
darslikdagi mavzular va topshiriqqa mos ravishda 17 ta
videolavhadan iborat videodisk majmuasi yaratilgan.
X.Muhiddinovaning mehnatlari natijasida mavjud metodik
adabiyotlardan farqli ravishda 6–7-sinflar uchun o‘zbek tilidan
metodik
qo‘llanmalardagi
dars
ishlanmalarida
audio
va
videomateriallardan darsning qaysi bosqichida va qay tarzda
foydalanish yo‘l-yo‘riqlari ham bayon etilgan.
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida audiovizual materiallardan
foydalanishda Power Point dasturidan foydalanilmoqda, ammo
animatsiyalar,
gif.
formatdagi
rasmlardan
foydalanishda
o‘qituvchilar didaktik, ergonomik, psixologik talablarga rioya
qilmayaptilar, shriftlarga qo‘yiladigan talablarni e’tiborga olmaslik,
shuningdek, grammatik va orfografik xatolar, imlo qoidalarining
buzilishi, stilistik kamchiliklar, ranglarning uyg‘unligiga rioya
qilinmasligi, ya’ni ranglar balansining buzilishi, dinamik vizual
ma’lumotlarning ortiqcha joylashtirilishi, fonning noto‘g‘ri tanlanishi
kabi holatlar kuzatiladi. Ko‘p hollarda o‘quvchilarning e’tibori
chalg‘ituvchi animatsiyalarga qaratilib, asosiy nazariy ma’lumotlar
ikkalamchi bo‘lib qolmoqda. Shu bois autentik materiallarni
tayyorlash va foydalanishda fan o‘qituvchilari metodistlarning
ko‘rsatmalari bilan tanishishlari va ularga amal qilishlari zarur.
|