O‘quv muassasasida masofaviy ta’lim jarayonini
tashkillashtirishga qo‘yiladigan texnik va dasturiy talablar
Masofaviy ta’lim (MT) jarayonini tashkillashtirishning ilmiy-
pedagogik talablari ko‘p adabiyotlarda bayon qilingan. MT
jarayonini amalga oshirishda quyida ko‘rsatilgan
bosqichlar asosida
amalga oshirish mumkin:
1-bosqich: Tahlil
2-bosqich: Loyihalashtirish
3-bosqich: Joriy qilish
4-bosqich: O‘quv kontentlarini yaratish
5-bosqich: Ishga tushirish
6-bosqich: Rivojlantirish
1-bosqichda o‘quv muassasining masofaviy ta’lim
jarayoniga
bo‘lgan
ehtiyojlari,
ta’lim
jarayonida
qatnashayotgan
foydalanuvchilarning soni, o‘qitish usullari va shakllari,
loyihani
amalga oshirishda kerak bo‘ladigan texnik, dasturiy va inson
resurslari, loyihaning iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi.
2-bosqichda tahlillar natijasida
amalga oshiriladigan ishlar
ko‘lami va texnik topshiriq loyihalashtiriladi.
3-bosqichda esa tanlangan masofaviy ta’lim jarayonini
boshqaruvchi dasturiy majmua tegishli serverda o‘rnatiladi,
tizimga
tegishli domen tanlanadi. Masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi
dasturiy majmuasidan foydalanish va unga texnik qo‘llab-
quvvatlovchi
ishchi-xodimlarni
o‘rgatish
bo‘yicha
o‘quv
mashg‘ulotlar tashkillashtiriladi.
4-bosqichda masofaviy ta’lim jarayonining asosiy elementlaridan
biri bo‘lmish o‘quv kontentlar o‘quv bo‘limi va soha mutaxasislari
bilan hamkorlikda yaratiladi. Yaratilgan o‘quv
kontentlar eskpertlar
tomonidan tekshiriladi.
5-bosqichda masofaviy ta’lim jarayoni ishga tushiriladi. Ta’lim
jarayonida o‘quv jarayoni doiymi nazoratda bo‘lib turadi. Tizimdagi
xavfsizlik choralari monitoring qilib boriladi.
6-bosqichda yuqorida keltirilgan bosqichlarda mavjud bo‘lgan
kamchiliklar to‘g‘irlanadi, yangi o‘quv kurslar yaratiladi,
texnik
imkoniyatlar kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli bo‘lgan
ishlar ko‘lami bajariladi.