9- MODUL: O‘ZBEK TILINI MASOFADAN O‘QITISH
MASALALARI
9.1. Masofaviy ta’lim va uning o‘ziga xosliklari
Avvalo, masofadan o‘qitish usuli
va uning tarixi haqida
ma’lumotlarni bermoqchimiz. Bugungi kunda AQSHning Stenford
universiteti, Massachusets Texnologiya instituti (MTI) kabi bir necha
nufuzli oliy o‘quv yurtlari bepul “onlayn” kurslarini taqdim etmoqda.
Tajriba tariqasida ilk bor tashkil etilayotgan mazkur darslar
dunyoning barcha davlatlaridagi talabalar uchun ochiq. Qizig‘i
shundaki, ushbu kurslarda o‘qish mutlaqo bepul va ularni
muvaffaqiyatli tamomlaganlarga diplom (sertifikat)
ham beriladi
(ayrim kurslar tekin sertifikat berishadi lekin ko‘p kurslarda ma’lum
bir to‘lovdan keyin sertifikat olish mumkin). Bu qanday boshlangan
edi? Internet orqali o‘quv materiallarini bepul va erkin tarqatishga
mo‘ljallangan
“Ochiq darsxona” (Open courseware) deya
nomlanuvchi elektron tizim bundan o‘n yilcha muqaddam MTI
tomonidan tashkil etilgan edi. Shundan so‘ng yuzlab boshqa kollej va
universitetlar ham o‘quv materiallarini internetga
barcha uchun bepul
va ochiq qo‘yish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi. Bugunga kelib MTI va
Stenford universiteti ushbu amaliyotni yangi bosqichga ko‘tarishga
qaror qildi. Ular endi nafaqat kursda o‘tiladigan materiallarni, balki
darsning o‘zini ham bepul taqdim etishmoqda.
Stenfordda kompyuter bo‘yicha ikki mutaxassis dastlab “Sun’iy
intellekt faniga kirish” (Introduction to Artificial Intelligence) nomli
bepul “onlayn” kurs tashkil etdi. Dunyoning 190
dan ortiq
mamlakatidan jami 160 mingdan ziyod talaba kursga yozildi.
Ko‘ngillilar yordamida kurs materiallari qisqa muddat ichida
dunyoning 44 tiliga tarjima ham qilindi. Ishtirokchilarning 23 ming
nafari
kurs
materiallarini
to‘liq
tamomlab,
imtihonlardan
muvaffaqiyatli o‘tdi hamda ushbu kursni bitirganlik to‘g‘risidagi
guvohnomaga ega bo‘ldi.
2012-yilda Stenford universiteti yana beshta bepul “onlayn”
kursni tashkil etdi. Ularda o‘qiyotgan talabalar soni yarim millionga
yaqinlashgan. Bu borada Massachusets Texnologiya instituti ham
faollik ko‘rsatmoqda. O‘quv yurti tashabbusi bilan internet orqali
bepul darslar beradigan “MITx” nomli
yangi notijorat tashkiloti
tuzildi. “ MITx ” qoshida ochilgan birinchi kurs – “Sxemalar va
116
elektronika” darsida qatnashish uchun yuz mingdan ziyod talaba
ro‘yxatdan o‘tdi. “MITx” internet sahifasida yozilishicha, ro‘yxatga
yozilganlarning kamida 20 ming nafari dars mashg‘ulotlarida to‘liq
va faol ishtirok etmoqda.
Prinston
universiteti,
Berklidagi Kaliforniya
universiteti,
Michigan An-Arbor hamda Pensilvaniya
universitetlari ham
hamkorlikda bepul “onlayn” kurslarini tashkil etmoqda. Ushbu
kurslar “Coursera” deb nomlangan internet saytida jamlangan.
“Coursera”dan kurslarni nomlari va yo‘nalishi bo‘yicha yoki ularni
taqdim etayotgan universitetlar bo‘yicha qidirib topishingiz mumkin.
Bepul darslarni taqdim etuvchi yana bir sayt “Udacity” bo‘lib, u ham
“Coursera ” bilan birgalikda Stenford universiteti mutaxassislari
tomonidan
bunyod etilgan
1
.
Ommaviy onlayn ochiq kurslarning soni ko‘p bo‘lganligi sababli,
aynan sizga kerak bo‘lgan kursni topish uchun maxsus internet
servislar mavjud bo‘lib, bu servislar orqali siz o‘zingiz uchun
qiziqarli bo‘lgan kurslarni topishingiz mumkin.
Bular quyidagilar:
coursebuffet.com
degreed.com
academicearth.org
mooc.studentadvisor.com
knollop.com
eclass.cc
mooc-list.com
mooctivity.com
Dunyoning nufuzli universitetlari taqdim etayotgan ushbu bepul
“onlayn” kurslari:
Coursera.org – https://www.coursera.org/
EdX – https://www.edx.org/
Udemy – https://www.udemy.com/
LinguaLeo – http://lingualeo.ru/
busuu – http://www.busuu.com/enc/
TED – http://www.ted.com
Soursera. Rasmiy sayti: www.coursera.org.
1
Peter Wallet. Information and communication
technology in education in
Asia. –Montreal: UNESCO UIS. 2014. – 65 p.
117
Ushbu ingliz tilidagi loyiha har xil bilimlar bosqichi bo‘yicha
kurs tizimlarini o‘tkazadigan universitetlar bilan hamkorlik qiladi.
Tinglovchilar faqatgina kurslarni o‘qibgina qolmasdan, kursdoshlari
bilan gaplasha oladilar, Soursera
OOOK testlar va imtihonlar
topshiradilar.