– matndan harakatli tasvirlarishlash mumkin bo‘lgan epizodlar tanlab olinadi. Xususan, Adan mamlakatidagi qaroqchi Jobirning
dengizdagi yo‘lto‘sarligi, uning qo‘liga asir tushgan o‘g‘lini
qutqarishga kelayotgan shoh Navdarning gulrang bir ohu ketidan
quvib, pistirmaga tushishi va hokazo.
– lavhalarga oid animatsiyalar yaratishda matematik modellashtirish, o‘rganilayotgan jarayon yoki obyektlarni optimallashtirish va hisob ishlari bajariladi. Bunda xuddi
multiplikatsion filmlardagi kabi tanlangan obyekt xatti- harakatlari,
badiiy detal yoki manzaralar ifodasi belgilanadi. Masalan, Jobirning
yangi oyga o‘xshash tez yurar kemachalari, qaroqchilarning baland
daraxt ustiga chiqib, dengizni kuzatib turishi tasvirlari PDV orqali
loyihalanib, to‘g‘ri yoki egri chiziqlar yordamida turli shakllar
yasash, aylana va yoylar hosil qilinib, tutashmalar bajarilishi orqali
gavdalantiriladi.
Turli burchak ostida chiziqlar chizilib, tahrir qilinishi, detallarga
qirqim va kesimlar berilib, ularning tasvirini ko‘rsatishda rang,
material va teksturalardan ijodiy foydalanish hamda modellarga
o‘lchamlarberish jarayoni sujetni tasavvur qilishni yengillashtiradi.
– adabiy material mohiyatini tushunish, turli muammoli vaziyatlar yechimini hal qilishga doir maxsus virtual ssenariylar tuzish. Mazkur usul orqali animatsiya jarayonidagi uzviylik va
izchillik ta’minlanadi, voqealarning maqsadli va muayan ketma-
ketlikdagi namoyishi ta’minlanadi. Bunda matnning qisqartma
variantiga ehtiyoj sezilsa ham voqelarning rivojlanish dinamikasi
o‘zgarmaydi.
Masalan, agar shoh Navdar maqsadidan chalg‘imay, o‘z yo‘lida
qat’iy davom etganida asarda tasvirlangan vaziyatlarni boshidan
kechirmagan va qiyin ahvolga tushmagan bo‘lar edi. Shuning uchun
qahramon intilayotgan manzil yo‘nalishining to‘g‘ri va maqsadga zid
113
shaklini grafik tarzda taqdim etish va har ikki holatni o‘zaro
qiyoslashni taklif etish orqali o‘quvchida tanqidiy tafakkur, fikrlar
xilma-xilligi, masala mohiyatiga obyektiv yondashish, eng asosiysi,
muallif maqsadini anglash imkoni yuzaga keladi.
Jarayon sxemasini quyidagi tartibda loyihalashtirish mumkin: