Keng ma’noda uning predmeti – adabiy matnlardir, ularni mualliflar
tarmoqlar jurnallari va nashrlarida joylashtirib boradilar. Setevaya
literatura (seteratura) — bu tushuncha hozirda Internet tarmog‘ida
mavjud bo‘lgan badiiy asarlarga ham ishlatilmoqda. Internet bosma
nashrlarda mavjud bo‘lmagan bir nechta imkoniyatlarni muallifga
taqdim qiladi, bular:
Matnning bir chiziqli emasligi: giperssilkalar sababli
o‘quvchi matn bo‘yicha o‘z harakat traektoriyasini chizishi mumkin
bo‘ladi;
Matnning interaktivligi: muallif o‘quvchilarga
mavjud
matnga o‘zgarishlar kiritish imkonini berishi mumkin;
Matnning multimedialigi: internetdagi matnga ovozli
fayllarni, animatsiyali tasvirlarni osonlik bilan qo‘yish mumkin.
Internetda bugungi kunda eng keng va ko‘p tarqalgan janrlar
bo‘lib prozaik miniatyura, esse va adabiy kundaliklar hisoblanadi.
Seteratura haqida “Vikipediya”da Dirdina A.A., Kuranova A.O.
««Сетевая литература: потенциал и тенденции развития»
maqolasi,
shuningdek,
A.L.Tarankov,
V.Solenskiy,
I.S.Skoropanovalarning maqolalari yozilgan.
Adabiyot va informasion texnologiyalarning o‘zaro aloqasi
tufayli quyidagi “mahsulotlar”ga ega bo‘lish mumkin:
1)
elektron kitoblar ( Word, Pdf formatida saqlangan);
2)
elektron
ensiklopediyalar
(masalan,
Кругосвет,
Википедия);
3)
elektron kutubxonalar (Максим Мошков);
4)
yosh mualliflar uchun elektron portal (masalan, proza.ru,
poeziya.ru va b.);
5)
seteratura.
Seteratura bugungi kunda keng tarqalgan bo‘lib,
uning tarixi
1994- yilga borib taqaladi. Birinchi rus adabiy veb-jurnali 1994-
yilda Leonid Delitsin tomonidan tashkil qilingan edi. Ammo rus tilli
seteraturaning
boshlanishi
sifatida
1995-yilning
10-oktabri
hisoblanadi, bunda Roman Leybov o‘zining “Roman” gipertekstli
loyihasiga start bergan edi. Seterator Aleksey Andreev Internetda
«Cетера. Манифест Сетевой литературы, или личный опыт
поэтической независимости» maqolasini e’lon qildi,
bunda u
seteraturaning asosiy janr va uslubiy xususiyatlarini ochib berishga
harakat qilgan. Ulardan ayrimlari:
97
1.
Tarmoqdagi muallif erkin ravishda o‘z asarini nashr qilishi
mumkin, bunda u bosma nashr bilan bog‘liq harajatlarni chetlab
o‘tadi.
2.
Anonimlikni saqlashi mumkin.
3.
Eng muhimi, aniq va tezkor qayta aloqaning mavjudligi.
4.
Tarmoq seminarini tashkil qilish, unda asar haqidagi fikrlarni
o‘rtoqlashish mumkin. Dunyoning har bir chekkasidan fikr keladi.
5.
Nihoyat, tarmoqqa xos spesifik xususiyatlar:
–
gipertekstuallik, ya’ni elektron matnlarni gipermurojaatlar
orqali bir-biri bilan ulash, shuningdek, ularni noverbal ma’lumotlar -
rasmlar, rang, ovoz bilan to‘ldirish;
–
kollektiv ijod – dastlabki matnni
palimpsestga aylantirish
imkoni, unda ko‘plab syujet va obraz chiziqlari bo‘ladi;
–
ishning dinamikligi, uning o‘yin xarakteriga egaligi.
Ayniqsa, buni «Живой журнал» saytida kuzatish mumkin. Yaqinda
bu kabi saytlarning reytingi tekshirib ko‘rilgan. Tarmoqda va bosma
nashrlarda mashhur adabiyotshunos Maks Fray Runet mualliflarining
ommaviyligi reytingini tuzdi, birinchisi – o‘ziniki, ikkinchisi – ovoz
berish orqali. Reytingi yuqorilari sifatida: Nikolay Baytov, Roma
Voronejskiy, Danila Davidov, Maksim Kononenko,
Anton Nikitin,
Oleg Postnov, Vladimir Puziy, Aleksandr Romadanov, Kira
Tenisheva, Konstantin Shapovalov, Meri i Persi Shelli,
Bayan
Shiryanov, Linor Goralik, Aleksroma, Valeriy Segal, Aleksey
Andreev, Sanches,
Mixail Berezin, Dmitriy Kovalenin, Olga
Rodionovalar qayd etildilar. Ularning ismi ko‘proq «Русский
журнал»da ham tilga olinadi, yoki ukrainalik adabyotshunos Yuriy
Andruxovich tomonidan tashkil qilingan “Потяг” veb-almanaxida
ham bu ismlar juda mashhur.
Kiberatur asarlar mualliflari multimedia
imkoniyatlaridan keng
foydalanishadi, matn, grafika, ovoz, animatsiya, videoni bir
butunlikka aylantirishadi. Kiberaturaning eng muhim elementi
sifatida o‘quvchi bilan interaktiv hisoblanadi. Bu borada internet-
portal «Сетевая словесность»da
juda qiziqarli materiallar
to‘plangan. Seteraturaning rivojida ривожида «Роман», «Буриме»,
«Сонетник», «Пекарня лимериков», «Сад расходящихся хокку»,
«Ренга» ва «Стихи.ру» и «Проза.ру» saytlarining faoliyati muhim
ahamiyat kasb etdi.