Filologik ta’limda bir qator kompyuter programmalari qo‘llanadi,
ularni quyidagicha tasnif qilish mumkin:
Tasnif asosi
:
1.
Ta’lim jarayonidagi funksional belgisiga ko‘ra, ya’ni bunda
uning o‘quv jarayonidagi ahamiyati va o‘rni hisobga olinadi.
2.
Tuzilishga ko‘ra.
3.
Matnning tuzilishiga ko‘ra.
4.
Taqdim qilinayotgan informatsiyaning xarakteriga ko‘ra.
5.
Bayon qilish shakliga ko‘ra.
6.
Maqsadiga ko‘ra.
7.
Bosma ekvivalentning mavjudligiga ko‘ra.
8.
Asosiy informatsiyaning tabiatiga ko‘ra.
9.
Tarqalish texnologiyasiga ko‘ra.
10.
Foydalanuvchi va elektron nashrning o‘zaro aloqa qilish
xarakteriga ko‘ra.
1) Ta’lim jarayonidagi funksional belgisiga ko‘ra, uning o‘quv
jarayonidagi ahamiyati va o‘rniga ko‘ra ular quyidagilarga bo‘linadi:
Dasturiy -metodik (o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar);
O‘quv-metodik (metodik ko‘rsatmalar, ularda o‘quv
fanini
o‘qitish bo‘yicha materiallar, kurs ishlari va diplom ishlarini bajarish
bo‘yicha ko‘rsatmalar bo‘ladi);
Ta’lim beruvchi (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza
matnlari, ma’ruza konspektlari);
Yordamchi vositalar (praktikumlar, masala va mashqlar
to‘plami, xrestomatiyalar, o‘qish kitoblari).
Nazorat qiluvchi (test dasturlari, ma’lumotlar bazasi)