- MODUL: O‘ZBEK TILI MULTIMEDIA DARSLIKLARI




Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/185
Sana18.05.2024
Hajmi3,18 Mb.
#241922
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   185
Bog'liq
2018-yil. s.muhamedova. oquv qollanma 0

6- MODUL: O‘ZBEK TILI MULTIMEDIA DARSLIKLARI 
 
6.1. O‘quv adabiyotining elektron shakli 
O‘quv adabiyotlarini yaratish konsepsiyasida
1
ko‘rsatilganidek, 
o‘quv adabiyotlari – muayyan ta’lim turi (yo‘nalishi yoki 
mutaxassisligi) o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha tegishli 
o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, 
o‘zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy 
tarjimalar) manba bo‘lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi: 

An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar - ta’lim oluvchilarning 
yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, 
qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan 
holda qog‘ozda chop etiladigan manba; 

Elektron 
o‘quv adabiyotlar – zamonaviy axborot 
texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, 
saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish 
imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba. 
Darslik o‘quvchi uchun bilim manbasi bo‘lsa, o‘qituvchi uchun 
o‘quv qo‘llanmasidir. Chunki ko‘p hollarda dars darslik qolipi 
asosida quriladi. Shuni unutmaslik kerakki, darslik o‘quvchi bilishi 
va ustida ishlashi uchun lozim bo‘lgan o‘quv materialining faqat 
ma’lum bir qisminigina beradi. Darsni darslik qolipi asosida qurish 
faqat darslikda berilgan o‘quv topshiriqlaridan foydalanish emas, 
albatta. 
Ona 
tili 
ta’limi 
tizimida 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalaridan foydalanish sirasiga o‘quv adabiyotlarining yangi 
avlodlari: elektron o‘quv qo‘llanmalari, elektron darsliklar, qisqa 
interaktiv dasturlar, audiovideo almanaxlar, multimedia o‘quv 
dasturlari, elektron nazorat testlari, masofaviy ta’lim kabilarni 
kiritish mumkin. Aksariyat hollarda o‘qituvchilar kompyuterdan 
faqat test yechish, nazorat yoki tanlov jarayonlarida reyting ballarni 
aniqlashda foydalanmoqdalar. Lekin kompyuterning ta’lim tizimida 
keng imkoniyatlarga ega ekanligini, xusasan, o‘quvchi so‘z boyligini 
oshirish, fikrni og‘zaki va yozma to‘g‘ri, ravon ifodalash mahoratini 
shakllantirish 
va 
rivojlantirishda 
o‘qituvchining 
beqiyos 
1
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 2-avgustdagi 278-sonli 
buyrug‘iga 1-ilova. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv 
adabiyotlrining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi. 4 – 5 b. 
82


yordamchisiga aylanadi. O‘qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli 
axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish 
vazifasi turibdi. Yana bir muhim jihat barcha maktablarning biz 
yuqorida sanab o‘tgan ta’lim vositalari bilan ta’minlanishi talab 
darajasida deb ayta olmaymiz.

Download 3,18 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   185




Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- MODUL: O‘ZBEK TILI MULTIMEDIA DARSLIKLARI

Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish