Power Point dasturida taqdimot yaratish va o‘tkazishning asosiy tamoyillari mavjud 2 : Birinchi sahifada taqdimot nomi, ijrochining familiyasi, guruh
haqida ma’lumot joylashtiriladi.
Oxirgi sahifada “E’tiboringiz uchun rahmat!” yozuvi bo‘lishi
kerak.
Sahifada minimum matn joylashtirilishi kerak. Sahifa 5-6
qatordan ko‘p bo‘lmasligi kerak (har bir qatorda 5-7 so‘zdan ko‘p
bo‘lmasin). Agar taqdimot vaqtida katta axborot joylashtirish taqozo
qilinsa, ularni bitta sarlavha ostida bir necha sahifaga joylashtirish
kerak bo‘ladi.
Sahifada axborot va unga aloqador elementlarni shunday
joylashtirish kerakki, ekran maydonining yuqori qismi foydalanilsin.
Chunki uzoq masofada o‘tirganlar uchun taqdimotning pastki qismi
ko‘rinmasdan qoladi.
Shrift kattaligi — 24 pt bo‘lsa, tinglovchilarning eng orqada
o‘tirganlari uchun ham ko‘rinarli va qulay bo‘ladi.
Ranglarni tanlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan holat
shundaki, siz taqdimotni o‘z kompyuteringizda emas, balki elektron
doska yoki boshqa ekranda namoyish qilasiz, siz tanlagan ranglar
boshqa ekranda o‘zgarib ketishi mumkin.
Taqdimot rasmiylashtirilishida bir xillikni ta’minlashga, ya’ni
masalan
barcha
sahifalar
sarlavhalarida
bir
xil
shriftdan
foydalanishga harakat qiling.
Taqdimot sahifalariga quyidagilar kiritilishi zarur:
ma’ruzangizdagi muhim qismlar;
misollar, sitatalar (tinglovchilar sizdan takrorlashingizni
iltimos qilmasdan yozib olishlariga qulay bo‘lishi kerak);
1
Najmiddinova M. Ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda
vizuallashtirishning ahamiyati // Talim texnologiyalari.-Toshkent: 2006. -№ 1. – B.
18-21.
2
Трошина А.В. Учебное пособие по дисциплине "Информационные
технологии в лингвистике". – СПб.: Изд-во СПбГЭУ, 2013.– 103 с. Размещено
на http://www.allbest.ru/
74
ma’ruzangizning tinglovchilar xotirasida yaxshi saqlanib
qolishiga yordam beruvchi rasm va boshqa elementlar;