5- MODUL:TAQDIMOT TEXNOLOGIYASI VA UNI O‘ZBEK
TILI DARSLARIDA QO‘LLASH METODIKASI
5.1. MS PowerPoint dasturi
Power Point
prezentatsion (taqdimot) grafikli dasturlar qatoriga
kiradi
1
. Bunday dasturlar o‘zida matnlar, rasmlar,
sxemalar,
grafiklar, annimatsiya effektlari, ovozli videokliplar va boshqalardan
iborat bo‘lgan slaydlar hosil qilish imkonini beradi. Slaydlar ketma-
ketligidan hosil bo‘lgan prezentatsiyani (taqdimotni) kompyuter
ekranida, videomonitorlar va katta
ekranlarda namoyish qilish
mumkin. Bu dastur bilan ishlashdan avval prezentatsiya, slayd,
animatsiya tushunchalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish lozim.
PowerPointni yaratish g‘oyasi dastlab Berkli universiteti talabasi
bo‘lgan Bob Gaskins (Bob Gaskins)da paydo bo‘lgan.
U grafik
interaktiv materiallar asri boshlanayapti,
deb hisoblagan holda
PowerPointni yaratishga kirishgan.
1984-yilda B.Gaskins Forethoughtga qo‘shildi va dasturchi
Dennis Ostin (Dennis Austin)ni yolladi.
Ular birgalashib ishlab
Presenter dasturini ishlab chiqishdi. Keyinchalik B.Gaskins dastur
nomini PowerPointga o‘zgartirdi, bu
nom dasturning oxirgi nomi
sifatida dunyoda shuhrat qozondi.
1987-yilda PowerPoint 1.0 ning Apple Macintosh uchun maxsus
versiyasi chiqdi. U oq-qora rangda ishlar edi. Tez orada rangli
Macintoshlar paydo bo‘ldi va PowerPoint
ning yangi versiyasi
ommalashdi.
1987-yilda Forethought va uning mahsulotlari Microsoft
tomonidan 14 mln. dollarga sotib olindi. 1990-yilda Windows uchun
yangi versiya chiqarildi. 1990 - yildan boshlab PowerPoint Microsoft
Office standart dasturlar paketida ishlatila boshlandi.
2002-yilda PowerPointning yangi versiyasi e’lon qilindi, u
nafaqat
Microsoft Office XR paketi, balki alohida mahsulot sifatida
tarqatildi. Bu versiyaga juda ko‘p imkoniyatlar qo‘shib berildi.
1
Mavzuni yoritishda rus metodistlarining tadqiqotlariga tayandik. Qarang:
Трошина А.В. Учебное пособие по дисциплине "Информационные технологии
в лингвистике". – СПб.:
Изд-во СПбГЭУ, 2013.– 103 с. Размещено на
http://www.allbest.ru/
71
2007-yildagi Versiyasida dastur interfeysiga o‘zgartirishlar
kiritildi va uning grafik imkoniyatlari kengaytirildi. Yaqinda 2016-
yil versiyasi chiqarildi, uning ham imkoniyatlari juda ko‘p.