|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiBog'liq 2018-yil. s.muhamedova. oquv qollanma 0nimanidir o‘rganishga
yo‘naltirilgan. Keys texnologiyasi esa
nimagadir o‘rgatishga
yo‘naltirilgan, ya’ni u nafaqat ma’lum bir bilimlar to‘plamini uzatish,
berish uchun mo‘ljallangan, balki maktab o‘quvchilarida mustaqil
qarorlar qabul qilish va muammoli savollarga to‘g‘ri va original
javoblar topish malakasini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan.
An’anaviy uslublardan foydalanganda sabab-oqibat aloqalarini tahlil
qilishga urg‘u beriladi, keys texnologiyasida esa o‘quvchi tomonidan
yaratuvchanlik, ijodiy yondashuv nazarda tutiladi.
Keysning tayyorgarlik bosqichi.
Bu bosqichda o‘qituvchi keys tuzadi, ya’ni uning mavzusini
o‘ylab ko‘radi va zarur axborotlarni yig‘adi. Axborot manbalari
sifatida gazeta va jurnallardagi maqolalar, statistik ma’lumotlar,
audio va video yozuvlar, tarixiy ma’lumotlar va h.k., umuman,
o‘quvchilarga vaziyatni tasavvur qilish va muammoni yoki qator
muammolarni topishga imkon beradigan hamma narsa bo‘lishi
mumkin. Keyslar har qanday turda – bosma, video, audio,
multimedia ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin.
Keysni tuzishga talablar:
– keysda yaqqol yoki bir qiymatli yechimga ega bo‘lmagan
dolzarb muammo qo‘yilgan bo‘lishi kerak;
– keys qaysi sinf doirasida havola etilayotgan bo‘lsa, shu sinf
mavzulariga va qo‘yilayotgan ta’limiy vazifalarga mos kelishi kerak;
– keys o‘zida tavsiflangan tadqiqot muammosini tahlil qilish
va yechimini topish uchun yetarli miqdorda axborotni o‘z ichiga
olgan bo‘lishi lozim. Biroq uni ahamiyatsiz bo‘lgan detal bilan
ortiqcha to‘ldirib yubormaslik muhim;
– keysda muammoning muallif tomonidan berilgan bahosi
qatnashmasligi kerak;
– keysda bir-biriga zid axborotlar ham bo‘lishi mumkin. Bu
o‘quvchilar o‘rtasida munozarani keltirib chiqaradi. O‘z nuqtayi
nazarini isbotlash, o‘z pozitsiyasini himoya qilish zarurati paydo
bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
|