vaziyatda o‘zlariga tegishli bo‘lgan rollarga bo‘linadilar, bunda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
ham
unumli
foydalaniladi. Kursning 1-darsidan oxirgi darsiga qadar bu o‘ylab
topilgan holat va rollar amal qiladi va shular
asosida ishtirokchilar
o‘zlarini aynan o‘zlari o‘rganayotgan tillarida mahalliy gapiruvchilar
singari tasavvur etadilar. Bundan maqsad tilni jonli o‘rganishdir.
Shuning uchun ham ularni nazorat qiluvchi o‘qituvchi so‘z va
iboralarning to‘g‘ri va o‘rinli ishlatilayotgani, ularning talaffuzi va
ma’nolari o‘rinli qo‘llanilayotganini muntazam ravishda nazorat qilib
boradi. Bunday darslar dunyoning ko‘plab universitetlarida tajriba
sifatida olib borildi va muvaffaqiyatli natijalar ko‘rsatdi. Til
o‘rganuvchilar tilni odatiy darslardagidan bir necha marta
samaraliroq hamda tezroq o‘rgandilar.
Global simulation kurslarida 4 muhim omilni qamrab olgan
holda ish olib boriladi:
vaziyatning realligi, vaziyatni to‘liq
gavdalantira oluvchi muhit, darsning tuzilishi, yagona vaziyat va uni
boshqaruvchi yagona g‘oya.
Vaziyatning realligi o‘ylab topilgan ssenariy haqiqat bo‘lmasa
ham ishtirokchilar o‘zlarini xuddi shu vaziyat haqiqatdek va ularning
ham o‘zlari emas, aksincha ijro etayotgan rollaridagi inson deb
tasavvur qila olishlarini nazarda tutadi. Ammo bu teatrda rol o‘ynash
kabi bo‘lmasligi yoki biron bir kundalik o‘yinni o‘ynash hissini
eslatmasligi kerak. Bunday holatda u simulyatsiya emasdir.
Bundan tashqari, vaziyatning realligi talabalarni nazorat qiluvchi
instruktor muammoni yechish, qaror qabul qilish kabi talabalarning
ijodkorligini
oshiruvchi
jarayonlarda
talabalarning
fikrlariga
aralashishining cheklanishini ham nazarda tutadi.
Simulyasiya qilingan muhit eng asosiy omillardan biridir. Bunda
qatnashchilar tashqi dunyo va undagi o‘zlarining real hayotlaridagi
barcha o‘ylarni unutib o‘zlarini
xonadagi tasavvur olamiga
bag‘ishlari lozim. Tashqi dunyodan ularni chalg‘ituvchi hech qanday
vositalar ta’siri bo‘lmasligi zarur.
Bunda tilni o‘rgatuvchi kurs o‘z tuzilishiga ega bo‘lishi zarur.
Kursda tasavvur etilgan holat, undagi belgilangan rollar, kursning
muddati, maqsadi, vazifalari, egallanishi zarur bo‘lgan bilimlar,
kursning so‘ngida kutilayotgan natijalar
kurs avvalidan belgilab
olinadi. Unda yuklangan vazifalarga ko‘ra talabalarning bilimi,
o‘zlashtirishi, fikrlashi muntazam ravishda kuzatib boriladi va
60
ma’lum baholash mezonlariga ko‘ra bahonaladi. Bundan tashqari
kurs bir qancha diskussiyalarni o‘z ichiga olishi lozim. Chunki
xorijiy tilni o‘rta darajada biluvchi talaba uchun guruh muhokamalari
samarali foyda beradi. Diskussiyalar so‘zlovchilarning
nutqining
shakllanishiga va ular o‘z fikrini xorijiy tilda to‘liq ifodalab bera
olishlariga yordam beradi.
Yagona ustuvor holat va uni nazorat qiluvchi g‘oya global
simulation dasturing asosidir. Bunda tasavvur qilingan vaziyat
yagona sohaga tegishli bo‘ladi va yagona g‘oya ssenariyni
boshqaradi. Masalan, bu soha ma’lum bir biznes,
tashkilot yoki
guruh, gazetalar, savdo kompaniyalari, muzey, mehmonxona va
hokazolar bo‘lishi mumkin.
Global simulation
usulidan ko‘proq o‘zbek tilini ikkinchi til
sifatida o‘qitish jarayonida foydalanish mumkin.
Lоyihаlаsh tехnоlоgiyasi jаhоn
pеdаgоgikаsidа yangilik
hisоblаnmаydi
1
, chunki, u 1920-yillаrdа аmеrikаlik fаylаsuf vа
pеdаgоg J.Dyu vа uning shоgirdi V.Х. Kilpаtrik tоmоnidаn ishlаb
chiqilgаn lоyihаlаsh mеtоdi аsоsidа vujudgа kеlgаn. Dj. Dyu
o‘qitishni o‘quvchilаrning qiziqishi vа ehtiyojini hisоbgа оlgаn
hоldа
o‘quvchilаrning muаyyan mаqsаdgа yo‘nаltirilgаn fаоliyatini
fаоllаshtirish оrqаli tаshkil etishni tаklif etgаn. Buning uchun
o‘quvchilаrgа o‘zlаshtirgаn bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini
аmаliyotgа qo‘llаsh, ulаrdаn kеlgusi hаyotdа fоydаlаnish yo‘llаrini
ko‘rsаtish, ya’ni nаzаriy bilimlаrni аmаliyot bilаn bоg‘liq hоldа
o‘qitish lоzimligini uqtirgаn. Bu jаrаyondа o‘quvchilаr tаnish
vаziyatdаgi аhаmiyatgа mоlik muаmmоlаrni аvvаl o‘zlаshtirgаn
bilim, ko‘nikmаlаrini аmаliyotgа qo‘llаb hаl etish оrqаli yangi bilim,
ko‘nikmа vа mаlаkаlаrni o‘zlаshtirаdilаr. O‘quvchilаr muаmmоlаrni
muvаffаqiyatli hаl etishlаri uchun o‘qituvchi ulаrgа tеgishli
ko‘rsаtmаlаr bеrishi, fоydаlаnilаdigаn mаnbаlаrni tаvsiya etishi,
o‘qitishdаn ko‘zlаngаn nаtijаgа erishish yo‘llаrini ko‘rsаtishi, buning
uchun muаmmоni hаl etishdа o‘quvchilаrning fаоliyatini lоyihаlаshi
lоzim
2
.
1
Golish L.V., Fayzullaeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va
rejalashtirish: O’quv uslubiy qo’llanma. Innovatsion ta’lim texnologiyasi seriyasi. –
T.: “Iqtisodiyot”, 2012.
2
D. L. Fried-Booth "Project Work" (OUP, 1986)
61
Lоyihаlаsh tехnоlоgiyasining аsоsiy tеzisi: