2.
Abduqodirov A., Xayitov A.
Axborot texnologiyasiga oid
atamalarning izohli lug‘ati. – T.: TDPU, 2002. – 27 b.
3.
Peter Wallet. Information and communication technology in
education in Asia. –Montreal: UNESCO UIS. 2014. – 65 p.
Internet saytlari:
1. http://ru.wikipedia.org/wiki/Microsoft_Word
2.http://nsportal.ru
3.http://www.softkey.ru
4.http://www.ispringsolutions.com
54
4- MODUL: JAHON MIQYOSIDA TIL TA’LIMIDA
QO‘LLANADIGAN TA’LIMIY RESURSLAR
4.1.
“CALL” (Computer Assisted Language Learning) va “Byki”
tizimlari haqida
Rossiyalaik rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari kompyuterlar bilan
jihozlangan
rus
tili
kabinetlarida
darslarni
tashkil
qilish
o‘quvchilarning ichki motivatsiyasini yuzaga keltirishini, ularda
bilim olishga
ehtiyoj paydo qilishini, ichki motivatsiyadan fanni
o‘rganishga qiziqish o‘sib chiqishini alohida ta’kidlaydilar. Biroq
axborot texnologiyalaridan foydalanishni tizimli olib borish zarur,
vaqti-vaqti bilan, rejalashtirilmasdan yo‘lga qo‘yish
samara
bermaydi, shu bilan birga an’anaviy metod va usullarni to‘liq axborot
texnologiyalari almashtirish ham mumkin emas, – deb hisoblaydilar.
https://intolimp.org
va
https://videouroki.net
saytlarida
videodarslarga alohida e’tibor qaratilgan. Videodarslar o‘qitishning
zamonaviy ko‘rgazmali instumenti ekanligiga urg‘u berilib,
boshlang‘ich va yuqori sinflar uchun rus tilidan videodarslar va
mashqildirgichlar komplekti yaratilib fan o‘qituvchilari
va ota-
onalarning yuklab olishlari (to‘lovli) uchun havolalar ko‘rsatilgan.
Bu komplektlarda:
o‘quv materiali o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga
olib taqdim qilingan;
o‘quvchilarni zavqlantiradigan rasm va komkslar bilan
bezatilgan;
qiziqarli hazil she’rlar va hikoyalar o‘rin olgan.
Ma’lumki, yangi mavzu bayonida sinf doskasida yozib
tushuntirish imkoni bo‘lmaydigan jihatlar bor. Sanab o‘tilgan
komplektlar bilan dars o‘tish ana shu imkoniyatni yaratadi: mavzuni
tushuntirish jarayonida fan o‘qituvchilari ko‘p
kuch sarflamaydi va
asablarini charchatmaydi.
Mabodo fan o‘qituvchisi biron uzrli sabab bilan o‘z darsiga kela
olmaganda
boshqa
o‘qituvchi
ham
yuqorida
sanalgan
komplektlardan foydalanib o‘quvchilarni boshqarib tura oladi, ya’ni
hamkasbini almashtirib tura oladi.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayonida
qo‘llashni o‘rganish, rivojlantirish hamda keng ko‘lamda qo‘llash
masalasi turli olimlarning o‘quv qo‘llanmalarida, dissertatsiya
55
ishlarida dolzarb mavzu bo‘lib kelmoqda.
Jumladan, T.A.Maxarov,
А.S.Kucherov,
A.V.Troshina,
Е.Alinicheva,
N.Monastirev,
G.R.Kozayeva,
D.G.Parasteyeva,
A.Abduqodirov,
U.Sh.Begimqulov,
A.G.Hayitov,
R.R.Shodiyev,
M.Aripov,
B.Begalov, M.Mamarajabov, S.Qosimov, S.S.Gulomov, X.Alimov,
X.S.Lutfullayev, A.Shermuhammedov, Sh.Qurbonboyevlar ta’lim
tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydala-
nishning samarali usullarini aniqlaganlar va tavsiya qilganlar. Bu
tadqiqotlar natijalari muayyan darajada til ta’limiga ham tatbiq
qilinmoqda.
Shunisi muhimki, jahon tajribalari hali chuqur tekshirishlarsiz,
faqat tanishish uchun o‘rganib chiqilganidayoq
ularning qator
afzalliklari namoyon bo‘ladi. Jumladan, til ta’limida axborot
texnologiyalaridan foydalanishning jahon miqyosidagi tajribalarini
CALL (computer Assisted Language Learning) va “Byki”
tizimlari
misolida
ko‘rishimiz
mumkin.
Ma’lumotlar
o‘zbek
tili
o‘qituvchilariga ham, talabalar va tadqiqotchilarga ham birdek
foydali bo‘lishi mumkin. Mazkur resurslardan eng yirigi -