3.3. Elektron jadvallar
Elektron jadvallar –
jadvalga matn, raqam va formula kabi
ma’lumotlar kiritib, ular ustida hisob-kitoblar bajarish, diagrammalar
yaratish imkonini beradigan dastur. Misollar:
Lotus, MS Excel
va
boshqalar. Til ta’limidagi elektron jadvallar esa interaktiv doska yoki
videoprektor orqali maktab grammatikasining
barcha sathlari uchun
tayyorlangan elektron-o‘quv jadvallardir.
http://nsportal.ru saytida “Boshlang‘ich sinflar uchun rus
tilidan elektron jadvallar”
(“Электронный таблицы по русскому
языку для начальной школы”) mavjud. http://www.softkey.ru
saytida “Rus tilidan elektron-o‘quv jadvallari. 5-9-sinflar”
(“
Электронные учебные таблицы по русскому языку. 5-9
классы”)
o‘rin olgan. Bunday jadvallarda nazariy ma’lumotlar
qisqa shaklda jadvallarga joylashtirilgan va mos misollar keltirilgan.
Sxema, jadvallar elektron tarzda tayyorlansa,
yangi mavzuni bayon
qilish uchun vaqtni tejaydi (sinf doskasida bo‘r bilan chizishga
qancha vaqt sarflanishini yaxshi bilamiz), o‘quv materialini estetik
jihatdan qulay taqdim qilishga yordam beradi.
Agar sxema va
jadvallarni mashq va topshiriqlar uchun xizmat qildirsak, o‘quvchilar
bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilish va baholashda foydalansak,
darslarning samaradorligi yana ham ortadi.
O‘zbek tilida til sathlarining har biri uchun xos bo‘lgan jadvallar
yaratilgan va ular asosan bosma ko‘rinishda mavjud. Mutaxassislar,
metodistlar va talabalar bu jadvallarni elektron shaklda yaratish
ishiga hissa qo‘shishlari lozim. Ayniqsa,
darslarni zamonaviy
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda grafik organayzerlar
muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. “T” sxemalari, “Toifalash”,
“Konseptual xarita” va ”Insert” jadvallari yaxlit muammoni aniqlash,
tahlil qilish va rejalashtirishga olib keladi. Dars jarayonida o‘qituvchi
grafik organayzerlarning tahliliy ma’lumotlarini ko‘rgazmali taqdim
etish usul va vositalaridan foydalanishni o‘z oldiga maqsad qilib
quyib, so‘ngra ulardan samarali
va unumli foydalanishni
rejalashtirsa, har bir dars mazmunli, sifatli, xotiraga muhrlanib
qoladigan darajada mavzularni oson o‘zlashtirishga
xizmat qilishi
mumkin. Bularni elektron jadval tarzida taqdim etish MS Excel
dasturida yaratish qulaydir.
MS Excel
dasturi orqali testlarni tayyorlash, lug‘at
yaratishni
tashkil qilish ham mumkin.
49
3.1.-jadval.
T
T.
r.
Savol
А
B
С
D
To‘g‘ri
javob
1
Yoyiq
gap
…
Faqat
kesimdan
iborat gap
Ega va
kesim-
dan
iborat
gap
Hol va
kesim-
dan
iborat
gap
Kesim
ning
boshqa
bo‘lak-
lar
bilan
kengay
ishidan
hosil
bo‘l-
gan
gap
D
Elektron lug‘at yaratish jarayonida
MS Exceldan foydalanilsa
qulaylikka ega bo‘ladi:
3.2.-jadval.