3.4. Namoyish etuvchi dasturlar va boshqalar
Taqdimot yaratish
– har xil mavzuda namoyish va taqdimot
yaratish, ularga jadval, rasm, audio, video va multimedia
ma’lumotlarni tatbiq etish imkoniyatlariga ega bo‘lgan dastur:
MS
PowerPoint, Macromedia Director
va h.k.
PowerPoint dasturini yaratish g‘oyasini
Bob Gaskins Berkli
universitetida talabalik davrida ilgari surgan. U grafik interaktiv
materiallar asri kelayotganini tasavvur qila olgan. 1984-yilda Bob
Gaskins Forethought bilan hamkorlik qiladi va Dennis Austin ismli
dasturchi bilan birga Presenter dasturini yaratishdi. Bob Gaskins
Presenter dasturi nomini PowerPoint deb o‘zartirishga qaror qiladi.
1987- yili PowerPoint 1.0 mahsuloti
oq-qora rangda foydalanila
boshlagan. Ko‘p o‘tmay rangli Macintosh va PowerPointning yangi
varianti paydo bo‘ladi. 1987-yilda Forethought va uning mahsuloti
Microsoft tomonidan 14 mln. dollarga sotib olinadi. 1990-yildan
e’tiboran PowerPoint Microsoft Officening standart dasturi qatoridan
o‘rin oladi
1
.
Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali
material sifatida foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv
materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi
ko‘rgazmalilikni oshiradi va o‘tilayotgan
mavzuni tushunishni
yengillashtiradi. Biroq buni amalga oshirish ham alohida bir
san’atdir.
Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida
ham berish mumkin. Slaydlarga nisbatan o‘quvchilar o‘z fikrlarini
yozadi va bu orqali ular axborotlar
bilan ishlashning quyidagi
malakalariga ega bo‘ladilar:
• grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi;
• muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha xulosalar va savollarni
shakllantirish;
• o‘zining o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish.
Bunday metodika o‘qituvchiga yangi axborotlarni ko‘paytirib
borish, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi o‘zgarishi bilan ma’lum
1
Трошина А.В. Учебное пособие по дисциплине "Информационные
технологии в лингвистике". – СПб.: Изд-во СПбГЭУ, 2013.– 103 с. Размещено
на http://www.allbest.ru/
51
bir mavzuga mo‘ljallangan slaydlarni takomillashtirib borish
imkoniyatini beradi.
Metodik jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti
ikki turdagi ta’sirdan iborat. Birinchisi – o‘qitishning ma’lum
bosqichida o‘quvchiga shu bosqichdagi
masalani tushunishga
yordam beruvchi yo‘naltiruvchi savollari. Ikkinchisi - masalani
aniqlashtiruvchi fikrlar va harakatlar usulini ko‘rsatish.
Savollar va ko‘rsatmalar soni nazariy va amaliy materiallarning
o‘quvchi
tomonidan
o‘zlashtirilishi
hamda
malakaning
shakllanishiga bog‘liq ravishda beriladi.
EAT resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy
ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi
1
.
Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat
hollarda Microsoft Power Point dasturiy ta’minotidan foydalaniladi.
Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina
bo‘lishi
mumkin
(PPT,
PPTX).
Hozirgi
vaqtda
internet
texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z
navbatida, masofali ta’lim
turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet
brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun
flash (swf) formatida yoki HTML5 texnologiyasi asosida yaratilgan
fayl
bo‘lishi
kerak.
Hozirga
kelib,
PowerPoint
dasturida
tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini
beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot
ISpring deb nomlanadi va
ISpring QuizMarker, iSpring PRO va Spring Kinetics kabi
variantlarga ega.
1.
Pedagogik dasturiy vositalarning turlarini sanab bering.
2.
O‘rgatuvchi dasturlarning muhim xususiyatlari nimalardan
iborat?
3.
Test dasturlarining qaysi jihatlari Sizda ma’qul
keladi yoki
aksincha?
4.
Mashq dasturlari qanday bo‘lishini xohlaysiz?
5.
Virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar ona tili
ta’limi uchun zarur deb hisoblaysizmi? Nima uchun?
6.
Matn muharrirlaridan foydalanish bo‘yicha BMKlaringizni
baholang.
1
http://www.ispringsolutions.com
52
7.
Elektron jadvallarning til ta’limi uchun zaruriyatini misollar
bilan asoslab berishga harakat qiling.
8.
Namoyish etuvchi dasturlardan foydalana olish bo‘yicha
BMKlaringizni baholang.