|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiBog'liq 2018-yil. s.muhamedova. oquv qollanma 0Mustaqil ish topshiriqlari.
1.
“Language Learning &
Technology” jurnali maqolalari bilan tanishing. 2. Matn muharririda
multimediali dars uchun ssenariy yaratishga, taqdimot tayyorlashga
harakat qiling. Bu ishlaringizni loyiha ishi sifatida rasmiylashtirishni
boshlang.
Asosiy tushunchalar:
O‘quv adabiyotining elektron shakli –
o‘quv adabiyotlari
materiallarini ma’lum bir kompyuter muharririda yoki uning arxivi
shaklida axborotning elektron eltuvchilari (disketa, SD-disk, Flash
Disk va boshq.) da taqdim etilishidir.
Ma’ruzalar matnining elektron versiyasi –
tegishli taqriz va
tasdiqdan o‘tgan, o‘quv adabiyoti maqomiga ega bo‘lgan, portal yoki
serverda joylashtirilgan ma’ruzalarning matnidir.
Elektron darslik –
kompyuter texnologiyalariga asoslangan
o‘qitish metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi
bo‘lib, undan mustaqil ta’lim olishda va o‘quv materiallarini har
tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin.
Elektron test –
tashqaridan qaraganda u oddiy elektron o‘quv
qo‘llanmaga o‘xshaydi. Asosiy qiyinchilikni savollarni yig‘ish va
shakllantirish, savollarga javoblarni moslashtirish tashkil etadi.
Elektron entsiklopediya –
elektron o‘quv qo‘llanmaning ombor
ko‘rinishidir.
Elektron nashr
– bu grafik, matn, raqamli, musiqali, video, foto
va boshqa axborotlarni va yana foydalanuvchilar uchun bosma
hujjatlar yig‘indisi.
Elektron o‘quv nashr –
ilmiy malakaviy bilimlar maydonida
tizimlashtirilgan materiallarda tashkil topgan bo‘lib, bu maydonda
o‘quvchi, talabalarning bilimlarini faol ravishda o‘stirib borish
ta’minlanadi.
Gipermatn –
bu matn elektron shaklda va
belgilangan tizimlar aloqasining ko‘rinishi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
|