yillarda bloglar, niklar, ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi, virutal
dunyoda til o‘rganish o‘zgacha tus oldi.
CALLning quyidagi turlari ajratildi: bixevioristik CALL (1950 –
1970-yillar); kommunikativ CALL (1970 – 1980-yillar);
integrativ
CALL (Multimedia va Internetni o‘z ichiga olgan dasturlar, 1990-
yillar).
CALLning asosiy rivojlanish loyihalari insonlar tomonidan
boshqariladi:
1) soha bo‘yicha mutaxassis (kontent-provayder) – u qoidaga ko‘ra
til o‘qituvchisi bo‘ladi – u kontent va
pedagogik materiallar uchun
javob beradi. Juda katta loyihalar uchun birdan ortiq mutaxassis talab
qilinadi; 2) dasturchi, u loyihaning dasturiy tomonini –
instrumentlarini
ishlab chiqadi; 3) grafik dizayner; professional
fotograf
yoki yaxshi fotograf-havaskor; 4) ovoz rejissyori, video
texnika va b.
Demak,
CALL
ko‘p holatlarda o‘qituvchilar uchun til o‘rgatish
jarayonida yordam beruvchi vosita hisoblanadi.
U egallab olingan
bilimlarni yanada mustahkamlash uchun ham foydalaniladi.
Til o‘rgatuvchi yana bir ta’limiy elektron sistema –