maqsadga muvofiq.
Shuningdek, test savollarini universal test
dasturlariga kiritishni osonlashtirish uchun to‘g‘ri
javoblarni
yulduzcha (*) bilan belgilab oling.
Eslatma:
Ssenariy muallifi taqdimot yoki mashq va topshiriqlar
uchun zarur bo‘ladigan tasvir, animatsiya, videomaterial, audiomatn
bilan bog‘liq g‘oyasini ham aks ettirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu xuddi dramatik asarlarda bo‘lgani kabi
remarka
vazifasini
bajaradi.
MASHQLAR
1-mashq.
X.To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”
asaridan
olingan parchani o‘qing. Yig‘iq gaplarni belgilang.
[Faol maydon
(aktivniy oblast)]
–
Papkangni och, –
deyapman!
Boshqa ilojim bo‘lmaganidan papkani ochib,
sekin kundalikni
chiqarib berdim.
–
Bu nima?
– deb so‘radi oyim.
–
Ikki.
–
Bunisi-chi?
–
Uch.
–
Nega yolg‘on gapirding?
–
Kim yolg‘on gapiribdi, – dedim bo‘sh kelmay, – ikkovini
qo‘shsa, besh bo‘ladi, oyijon!
–
Shunaqami?
–
Shunaqa …