beradi
1
. Maktab o‘quvchilari ham bu dastur imkoniyatlarini yaxshi
bilishadi. Oliy ta’lim muassasasi talabasi esa bu dasturda ilmiy
ishlar: maqola, referat, ma’ruzalar, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishini
yozishi, shuningdek, elektron resurslar yaratish
uchun ssenariylarni
matn muharririda bajara olishlari lozim. Biz fanimizning
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda elektron resurs, ya’ni muayyan
bir dars uchun ssenariy yozish va uni matn muharriri orqali
rasmiylashtirish tartibini namuna sifatida keltiramiz:
Ssenariy MS Word 95 – 2003, 2007, 2010, 2013, 2016
formatida, Times New Roman shriftida, 14
hajm kattalikda, 1,5
intervalda yoziladi. Abzas – xatboshi 1,25.
Qog‘oz hajmi A4 (210 x 297 mm), tepadan, pastdan 2 sm.,
chapdan 3 sm., o‘ngdan 1,5 sm. doirasida yoziladi.
Birinchi qatorda mavzuning nomi, sahifaning o‘rtasida bosh va
qalin harflarda, 2-qatorda
muallifning familiyasi, ismi va otasining
ismi, 3-qatorda muallifning ish (o‘qish) joyi va lavozimi, 4-qatordan
matn yoziladi.
Ssenariy tuzilishi quyidagicha bo‘ladi:
Nazariy qism.
Bu qismda taqdimot tayyorlash uchun zarur
ma’lumotlar aks etadi. Bunda mavzu materialini minimallashtirishga
intiling. Reproduktiv tarzda, tayyor faktlarni berishdan qoching.
“Aqlni charxlovchi” topishmoq xarakteridagi
yoki induktiv usulda
misollardan qoidaga tomon yo‘naltiruvchi tushuntirish usulini
tanlash samaraliroq. Ekran otriqcha ko‘rgazmalilik, animatsiya,
effektlar bilan to‘lib ketmasligi zarur. Ssenariy yaratishda buni
albatta hisobga oling.
Amaliy qism.
Mashq va topshiriqlar beriladi.
Mashq turi qayd
qilinishi, to‘g‘ri javoblar keltirilishi shart. Unutmang, mashq shartida
bajarilishi lozim bo‘lgan ish qisqa bayon qilinishi kerak va bunda
buyruq fe’llaridan foydalaning: