• KURS ISHI Mavzu: Duduqlanuvchi bolalar nutqining leksik tomonini rivojlantirishda o‘yin texnologiyalarining ahamiyati
  • ________________2024 Bajardi: TOSHKENT 2024 Mundarija Kirish……………………………………………………………………………...3
  • II-BOB DUDUQLANUVCHI BOLA NUTQINING LEKSIK TOMONINI RIVOJLANTIRUVCHI O‘YIN TEXNOLOGIYALARI
  • Xulosa…………………………………………………………………………….41 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………44 Kirish
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat




    Download 74,79 Kb.
    bet1/9
    Sana13.05.2024
    Hajmi74,79 Kb.
    #228084
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Mahliyo kurs ishi tayyor


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
    PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

    ________ “TASDIQLAYMAN”


    Maxsus pedagogika va inklyuziv
    ta’lim” fakulteti dekani ______________D.A.Nurkeldiyeva
    ______” _______________ 2024

    KURS ISHI
    Mavzu: Duduqlanuvchi bolalar nutqining leksik tomonini rivojlantirishda o‘yin texnologiyalarining ahamiyati

    Himoyaga tavsiya etaman
    Kafedra mudiri: PhD. N.Z.Abidova
    ____” ______________2024

    Ilmiy rahbar:
    ________________2024


    Bajardi:

    TOSHKENT 2024
    Mundarija
    Kirish……………………………………………………………………………...3
    II-BOB. DUDUQLANUVCHI BOLALAR NUTQINI LEKSIK TOMONINI ILMIY-PEDOGOGIK ADABIYOTLARDA YORITILISHI.
    1.1 Duduqlanuvchi bolalar nutqidagi leksik muammoni òrganilishi……………..7
    1.2 Duduqlanuvchi bolalar nutqini leksik tomonining òziga xos hususiyatlari…..14
    II-BOB DUDUQLANUVCHI BOLA NUTQINING LEKSIK TOMONINI RIVOJLANTIRUVCHI O‘YIN TEXNOLOGIYALARI
    2.1 Duduqlanuvchi bolalar nutqini leksik tomonini tekshirish……………………21
    2.2 Duduqlanuvchi bolalar nutqini leksik tomonini rivojlantirishda o‘yin texnologiyalari…………………………………………………………………….32
    Xulosa…………………………………………………………………………….41
    Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………44

    Kirish
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yilni ,,Yoshlarni qo‘llab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili’’ deb e’lon qilinishi ham yosh avlodni har tomonlama sog‘lom voyaga yetkazish davlat dasturiga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 20-moddasida. Inklyuziv ta’lim.
    -Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilmma- xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchlar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan.
    -Jismoniy , aqliy, sensor, (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.-Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
    Rivojlanayotgan axborot texnalogiyasi davrida yashar ekanmiz mamlakatimiz O‘zbekistonda ham yangicha texnologiya so‘ngi turdagi kompyuter texnologiyalari kirib kelmoqda. Bunday tashabbuslar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yosh avlodni ilm-fan sohasida, sport sohasida har tomonlama barkamol shaxslarni o‘stirish maqsadida ta’lim jarayonida yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda yuqori saviyadagi mutaxassis kadrlarni tayyorlash oliy maqasad qilib belgilangan.-Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
    Rivojlanayotgan axborot texnalogiyasi davrida yashar ekanmiz mamlakatimiz O‘zbekistonda ham yangicha texnologiya so‘ngi turdagi kompyuter texnologiyalari kirib kelmoqda. Bunday tashabbuslar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yosh avlodni ilm-fan sohasida, sport sohasida har tomonlama barkamol shaxslarni o‘stirish maqsadida ta’lim jarayonida yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda yuqori saviyadagi mutaxassis kadrlarni tayyorlash oliy maqasad qilib belgilangan.Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan .
    Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish moddiy texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnalogiyalarini tadbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy –estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida farmonlar qonunlar ishlab chiqilgan. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
    UNICEF inklyuziv ta’limni O‘zbekiston ta’lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug‘ullanadi. Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.

    Download 74,79 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 74,79 Kb.