II-BOB DUDUQLANUVCHI BOLA NUTQINING LEKSIK TOMONINI RIVOJLANTIRUVCHI O‘YIN TEXNOLOGIYALARI




Download 74,79 Kb.
bet5/9
Sana13.05.2024
Hajmi74,79 Kb.
#228084
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mahliyo kurs ishi tayyor

II-BOB DUDUQLANUVCHI BOLA NUTQINING LEKSIK TOMONINI RIVOJLANTIRUVCHI O‘YIN TEXNOLOGIYALARI
2.1 Duduqlanuvchi bolalar nutqini leksik tomonini tekshirish
Maktabgacha yoshdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarga mo‘ljallangan texnologiyalar tavsiya etiladi. Mazkur texnologiyalar katta guruhlar tomondan ishlab chiqilgan zamonaviy pedagogik texnologiya va didaktik o‘yin texnologiyalari tarbiyachining korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlari davomida tizimli tarzda qo‘llanadi.
Nutq kamchiliklarni korreksiyalash, nutq rivojlanishini yuqoriroq darajaga ko‘tarish maqsadida guruhchali va yakka (individual) mashg‘ulotlar o‘tkazilib, mashg‘ulotlar davomida tanlangan maxsus zamonaviy pedagogik texnologiya va didaktik o‘yin texnologiyalari qo‘llanadi. Bundan tashqari mazkur zamonaviy pedagogik texnologiya va didaktik o‘yin texnologiyalari tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga taqdim etilib, bolalarning bo‘sh vaqtida bajarilishi taklif etiladi. Ta’limiy tadqiqot davomida quyidagi zamonaviy pedagogik texnologiya va didaktik o‘yin texnologiyalari qo‘llanadi:
“Ertaklar” texnologiyasi (Ertakterapiya usullarini qo‘llash bilan) Ertakterapiya – bu ertakdagi voqea-hodisalar va real hayotdagi hulq-atvor o‘rtasida aloqa hosil qilish jarayonidir. Bu ertak mazmuni haqiqiy hayotga bog‘lash jarayoni. Ertakterapiya – bu faollik, mustaqillik, ijod, bolani o‘z hissiy holatini nazorat qilishga yo‘naltirilgan integrativ faoliyat bo‘lib, unda tasavvur etilayotgan vaziyatdagi xatti-harakatlar real hayotdagi muloqot bilan bog‘lanadi.
Mazkur o‘yin texnologiyasi nutqni o‘stirish mashg‘ulotlari davomida o‘tkazildi. Ish bosqichlari 1 bosqich. So`zlarni tushunish va ularni o‘zaro farqlash. Maqsad: ertak syujetini tilning ifoda vositalari yordamida tushunish, musiqiy kompozitsiyani idrok etish, ertak qahramonlarining replikalarini, mimika va xattiharakatlarini intonatsiya va ifoda bilan takrorlash, ularning hissiy holatlarni ritmlashtirish.
O‘yin usullari: so‘zli rejissyorlik o‘yini, psixogimnastik etyudlar, ritmik mashqlar.
2 bosqich. Ertak qahramonlarni ta’riflash va muhokama qilish. Maqsad: yoyiq so‘zli ta’riflar tuzish yordamida o‘z xulq-atvor reaksiyalarini boshqarish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, musiqiy kompozitsiyaning tembri, dinamikasi, ohangini idrok etish davomida ma’lum his-tuyg‘ularga ega bo‘lish, ifodali xatti-harakatlarni bajarish. O‘yin usullari: ta’riflash, pantomimik, ritmik va musiqiy topishmoqlar, relaksatsion mashqlar.
3 bosqich. O‘rindosh ehtiyojni ifodalash. Maqsad: ertak asosidagi fantaziya-o‘yinlarda hissiy muammolar va dolzarb kechinma-ehtiyojlarni ifoda etish asosida hissiy xulq-atvor va ta’sirchan jumlalarni muvozanatga keltirish. O‘yin usullari: musiqa asosida fantaziya qilish, so‘zli tasvirlar, pantomimik mashqlar yordamida uyatchanlik, tortinchoqlik, jamoa oldidagi qo‘rquvlarni bartaraf etish. Zamonaviy pedagogik texnologiya va didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanilgan metod va usullar So‘zli rejissyorlik o‘yini bolalarda nutqni rivojlantirish, musiqa asosida ertak qahramonlarining xatti-harakatlari va hissiy holatini tushunish, uni to‘liq tasvirlab berish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratiladi.
Yo‘naltiruvchi savollar usuli ertak qahramonlarining ovozlarini o‘xshatib ifoda etishga, aniqlashtiruvchi savollar usuli esa jumlalarning mazmuniy tomoni, uning mazmuni turli tomondan tahlil etish, ahamiyatini aniqlashtirishga qaratiladi. Psixogimnastika usuli - mimika va xatti-harakatlari yanada ta’sirchan ko‘rsatib berish, badan mushaklaridagi gipertonuslarni bartaraf etish va mushaklarni tinchlantirish uchun katta ahamiyatga ega. Hissiy obrazlarni temp va ritmda aks ettirish, ertak qahramonlarining hissiyotlari, xatti-harakatlarini ritmlashtirish mashqi bola organizmida kechayotgan ritmik jarayonlarni me’yoriy kechishiga ta’sir etadi. Ta’riflash metodi – bolalarga ertakning mazmun-mohiyatini chuqurroq tushunish, unga mos hissiy javob reaksiyasini chaqirish, boshqa ertaklar bilan o‘xshash va farqli tomonlarini o‘zaro bog‘langan jumla va gaplar vositasida taqqoslash, nutqda obrazli jumla va ertakdagi qaytariluvchi “naqorat”larni faol qo‘llashga zamin yaratadi. Hamkorlikdagi so‘zli improvizatsiyalar metodi – logoped bolalarga ertakni ma’lum epizodini sahnalashtirishni taklif etadi va bolalarga bosh rollarni taqsimlab beradi. Sahnalashtirish davomida bolalar ertakni syujeti asosida ertakka yangi elementlarni kiritishadi, ertak qahramonlarini o‘zaro muloqoti asosida bolalar ertak mazmun-mohiyatini chuqur anglashadi. Musiqiy kompozitsiya asosida fantaziya qilish metodi – bolalar ertak asosidagi musiqani bir qismini tinglagandan so‘ng, musiqiy obrazning xarakteri, dinamikasi, ohangi va ritmidan kelib chiqgan tarzda ertak qanday davom etishi mumkinligi haqida mulohazalar yuritishadi, o‘z mulohazalarini sahnalashtirishadi. Ta’limiy eksperimental tadqiqot davomida ertakterapiya o‘yin texnologiyasi asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar namunasi: Olako‘z laqabli sigir Uzoq zamonlarda bir qishloqda chol va kampir yashagan ekan. Ularning Olako‘z laqabli sigiri ham bor ekan. Olako‘z har kuni ko‘p sut berib, “Mu-mu!” deya mo‘rar ekan. Kunlardan bir kuni Olako‘z chuqur uyquga ketibdi. Uxlab-uxlab, hech uyg‘onmasmush. Chol va kampir uni uyg‘atolmay rosa yig‘lashibdi. Kampir sichqonni chaqirib: “Sichqoncha, Olako‘zni uyg‘otib ber, evaziga senga sut beraman” – debdi. Sichqon “Pi, pi, pi uyg‘on! Pi, pi, pi o‘rningdan tur!” deya chiyillabdi. Olako‘z uyg‘onmabdi. Kampir mushukni chaqirib: “Mushukcha, Olako‘zni uyg‘otib ber, evaziga senga sut beraman” – debdi. Mushuk “Myau, myau, myau uyg‘on! Myau, myau, myau o‘rningdan tur!” deya miyovlabdi. Olako‘z uyg‘onmabdi. Olako‘zni osmondagi bulutlar ko‘rib qolibdi. Olako‘zdan jahli chiqib lunjlarini to‘ldirib puf-puf deya puflabdi-yu, portlab ketibdi. Yomg‘ir yog‘a boshlabdi, o‘t-o‘lanlarga, daraxt-u uylarning tomlariga yog‘ibdi. Olako‘z uyg‘onmabdi. Qattiq momaqaldiroq chaqnab, yomg‘ir yana kuchayibdi. Olako‘z uyg‘onib ketib, “Mu-mu!” deya mo‘rabdi. Chol va kampir xursand bo‘lib, hammani chaqirib, sut bilan mehmon qilishibdi.
1 bosqich. So`zlarni tushunish va ularni o‘zaro farqlash Maqsad: 1. So‘zli rejissyorlik o‘yini: . Musiqaning xususiyatlari asosida qahramonlarning xattiharakatlari va hissiy holatini sezish ko‘nikmalarini shakllantirish; . Bolani hayvonlar nomini erkalash-kichraytirish shakllari bilan tanishtirish (sichqoncha, mushukcha); . Fe’lning buyruq mayli bilan tanishtirish (uyg‘on, tur); . Hayvonlar ovozini turli intonatsiya (xursandchilik, iltimos) va balandlik (baland, past, shivirlab) bilan ifodali imitatsiyalashga o‘rgatish;
2. Psixogimnastika: . Tabiat hodisalarini ritmitizatsiya asosida tasvirlab berishga o‘rgatish (yomg‘ir, momaqaldiroq); . Hissiy holatlarni mimika va xatti-harakatlarda ta’sirchanlik bilan ifoda etishga o‘rgatish (g‘am, iltimos, xursandchilik); . Badan mushaklarini ixtiyoriy tarzda kuchlantirish va bo‘shashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish (bulut - yomg‘ir). Mashg‘ulotning borishi Logoped: (bolalarga “Olako‘z laqabli sigir” ertagini 1 va 2 gaplarini o‘qib beradi, so‘ng ) “Bolalar, Olako‘z xushchaqchaq sigir-mi yoki g‘amgin sigir-mi? Hozir men boshlayman, sizlar esa davom ettirasizlar. Olako‘zning ovozi g‘amgin emas, uning ovozi ...” Bolalar: Xushchaqchaq Logoped: Ovozi past emas, ... Bolalar: Baland Logoped: Olako‘zga o‘xshab baland, xushchaqchaq ovozda uzoq mo‘rab ko‘ring-chi: “Mu-mu-mu!” Bolalar logoped topshirig‘ini bajarishadi. Logoped: (Ertakning 3-5 gap larni o‘qib beradi) Chol va kampir qanday yig‘lashini qanday ko‘rsatib berish mumkin? Chol va kampirning chehrasi xushchaqchaq emas, ... Bolalar: g‘amgin Logoped: chol va kampir qanday yig‘lashayotgani ko‘rsatib bering. “G‘am” pantomimik etyudi Bolalar chol va kampirning yig‘lashini ko‘rsatib berishadi: boshlarini chayqab, ko‘z yoshlarini artishadi, qoshlari bir-biriga yaqinlashtirilgan. Logoped: (ertakning 6-11 gaplarni o‘qiydi) Kampir Olako‘z uyg‘onishini juda qattiq hohlaganmi? U mushuk va sichqondan Olako‘ni uyg‘otib berishni qanday so‘ragan? Bolalar: Iltimos qilib, erkalab chaqirib so‘ragan. Logoped: Kimning ovozi pastroq, mushuknikimi yoki sichqonnikimi? Bolalar: Sichqonniki Logoped: To‘g‘ri. Demak sichqon Olako‘zni past ovoz bilan emas, shivirlab uyg‘otishga uringan. Logoped: Olako‘zni sichqon va mushukka o‘xshab uyg‘otib ko‘ring. Bolalar topshiriqni bajarishadi. Logoped: (ertakning 12-15 gaplarni o‘qiydi). Endi musiqani diqqat bilan tinglasangiz ertakdagi Olako‘z nima eshitgani eslaysizlar. Bolalar M.I.Glinkaning «Chernomor marshi» kompozitsiyasining bir parchasini tinglashadi. Logoped: Bu qanday musiqa sokinmi yoki qo‘rqinchlimi? Balandmi yoki pastmi? Bolalar: Qo‘rqinchli va baland. Logoped: To‘g‘ri bu musiqa qo‘rqinchli va baland. Bu yomg‘ir yog‘ish ovozimi yoki momaqaldiroq chaqnashimi? Bolalar: Momaqaldiroq chaqnashi. Logoped: (ertakning 16-17 gaplarni o‘qiydi). Qo‘lingizni stol ustiga qo‘yib, barmoqlaringiz bilan stolni tukillatib, avval yomg‘ir yog‘ishini, so‘ng momaqaldiroq gumburlab yomg‘ir yog‘ishini tasvirlab bering. “Tabiat xodisalari” ritmitizatsiya mashqlari Bolalar qo‘lini stol ustiga qo‘yib, logoped bilan birgalikda yomg‘ir tomchilarini ritmini aks ettirishadi: barmoqlarni yengil va sekin harakati – kichik yomg‘ir, qattiq va tez-tez tukillatish – momaqaldiroq chaqnashi. Logoped: (ertakning 18-19 gaplarni o‘qiydi). Keling musiqa asosida bulut lunjlarini ishirib puflab-puflab, so‘ng portlab ketib, yomg‘ir yog‘ishini boshlagani ko‘rsatib beramiz. Badan mushaklarini ixtiyoriy tarzda kuchlantirish va bo‘shashtirish mashqi F. Shopenning Skerzo № 1 musiqasi ostida bolalar aylana bo‘lib turib, qo‘l, oyoq mushaklarini kuchlantirishadi, lunjlarini ishirishadi.
D.D.Shostakovichning “Bayram uvertyurasi” musiqasi ostida lunjlaridagi havoni puflab chiqarishadi, badan mushaklarini bo‘shashtirishadi, joyida turib “yomg‘ir tomchilari” kabi sakrashadi.
2 bosqich. Ertak qahramonlarni ta’riflash va muhokama qilish Maqsad: 1. Psixogimnastika: Ertak qahramonlari va ularning affektiv holatini ta’sirchan ifoda asosida aniqlashga o‘rgatish (g‘am, taklif, uyqu); . Tabiat hodisalarini ritmitizatsiya asosida tasvirlab berishga o‘rgatish (momaqaldiroq chaqnashi, yomg‘ir); . Badan mushaklarini ixtiyoriy tarzda kuchlantirish va bo‘shashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish (bulut - yomg‘ir). 2. Muhokama qilish: . Bolalarga ertakning tub mazmun-mohiyatini tushuntirish (do‘stlar doim yordamga kelishadi); . Bolalarni egallagan multisensor tajriba asosida hamkorlikda yoyiq ta’riflar tuzishga o‘rgatish; . Bolalar nutqida hayvonlar nomini erkalash-kichraytirish shakllarini (sichqon – sichqoncha, mushuk – mushukcha) va fe’lning buyruq-istak maylini (uyg‘on, tur) qo‘llashni faollashtirish; . Oddiy jumlalarni to‘liq gap ohangi bilan so‘zlashga o‘rgatish. Logoped (bolalarga avvalga darsda so‘zlab berilgan “Olako‘z laqabli sigir” ertagini hikoya qilib, so‘ng bolalarga murojaat qiladi). Demak, do‘stlar doimo bir-biriga qiyinchiliklarni engishga ko‘maklashishadi. Do‘sting qancha ko‘p bo‘lsa, shunchalik yaxshi ekan. Eslang, kampir kimlarni yordamga chaqirgan edi? Bolalar: Kampir mushuk, sichqon, bulutni yordamga chaqirgan. Logoped. Kampirga o‘xshab: “Sichqoncha (mushukcha, bulutcha) Olako‘zni uyg‘otib ber” va mushukga o‘xshab: “Myau, myau, myau uyg‘on! Myau, myau, myau o‘rningdan tur!” deya javob berib ko‘ring. Bolalar logoped topshirig‘ini bajarishadi. “Xatti-harakatidan kimligini top!” o‘yini dastlab bolalar aylana shaklida turib, logoped bilan birgalikda turli ertak qaxramonlarini xatti-harakati, mimikasi va holatini tasvirlashadi. So‘ng bolalar stullarga o‘tirishadi, logoped har bir bolani chaqirib ma’lum ertak qaxramoni va uning ma’lum vaziyatdagi holatini ko‘rsatib berishni taklif etadi (boshqa bolalarga aytmagan holda). Tomoshabinlar ertak qaxramonlarini topishadi va uni turli vaziyatlarda ta’riflab berishadi. Logoped bolalarga yo‘naltiruvchi savollar orqali ta’riflar tuzishga yordam beradi. Logoped. Azizaga diqqat bilan qarang. U qaysi ertak qaxramoni ko‘rsatib beryapti? Bolalar: Aziza kampirni ko‘rsatib beryapti. Logoped: To‘g‘ri, buni qanday aniqladingiz? Azizaning ko‘zlari g‘amgin-mi yoki xushchaqchaqmi? Bolalar: Azizaning ko‘zlari xushchaqchaq. Logoped. Azizaning qo‘llari ko‘ksidami yoki pastga tushirilganmi? Bolalar: Azizaning qo‘llari ko‘ksida. Logoped. Aziza tez yuryaptimi yoki sekinmi? Bolalar: Aziza sekin yuryapti. Logoped. Aziza qaysi vaziyatdagi kampirni ko‘rsatyapti: kampir yig‘lab, hayvonlardan Olako‘zni uyg‘otishni so‘rayaptimi yoki xursand bo‘lib, hammani sut bilan mehmon qilyaptimi? Bolalar: Aziza hammani sut bilan mehmon qilayotgan kampirni ko‘rsatyapti. Logoped: Kampirning qaysi harakatlari sizga uni xushchaqchaq, mehmonga chaqirayotgani tushunishingizga yordam berdi? Bolalar: Kampir xursand, qo‘lini ko‘ksida, hammani mehmonga chaqiryapti. “Bu nimaning ritmi?” o‘yini Dastlab bolalar qo‘llarini stolga qo‘yib, logoped bilan birga tabiat hodisalarni ritmlashni esga tushirishadi. So‘ng logoped ertakdagi ma’lum hodisani ritmini tasvirlab berishni istagan taklif etadi. Tinglovchilar uni qaysi hodisaga xosligini aniqlab, uni ritmi dinamikasini ta’riflab berishadi. Bolalar logoped yordamida ritmik rasmni ta’riflovchi ikki-uchta gap tuzishadi. Logoped: Bolalar bu ritm nimaga o‘xshaydi? Yomg‘ir tomchilariga-mi, momaqaldiroq chaqnashigami? Uni qanday ajrata oldingiz? Kamola barmoqlari bilan stolga qattiq tukillattimi yoki sekin-mi? Tez tukillattimi yoki sekinmi? Bolalar javob berishadi: Kamola barmoqlari bilan engil va tez tukillatdi, demak, bu momaqaldiroq emas, yomg‘ir. “Musiqani tinglab, javobni top!” o‘yini Bolalar musiqiy parchalarni tinglab, ularni ertakning qaysi epizodiga oidligini aniqlashadi va muhokama qilishadi: momaqaldiroq chaqnashi (M.I. Glinka. «Chernomor marshi»), yomg‘ir yog‘ishi (F.Shopen, Skerzo № 1). Bolalar logoped yordamida musiqiy parchani va ertak epizodi dinamikasi va kayfiyatini tasvirlovchi ikki-uchta gap tuzishadi. Logoped. Musiqa qanday kayfiyatga ega: qo‘rqinchlimi yoki xushchaqchaqmi? Bu musiqaning maromi tez-mi, sekin-mi? Og‘irmi, yengilmi? Bolalar javob berishadi. Bu musiqa yengil, sho‘x va tez, demak bu momaqaldiroq emas, yomg‘ir tomchilashidir. Badan mushaklarini ixtiyoriy tarzda kuchlantirish va bo‘shashtirish mashqi F. Shopenning Skerzo № 1 musiqasi ostida bolalar aylana bo‘lib turib, qo‘l, oyoq mushaklarini kuchlantirishadi, lunjlarini ishirishadi. D.D.Shostakovichning “Bayram uvertyurasi” musiqasi ostida lunjlaridagi havoni puflab chiqarishadi, badan mushaklarini bo‘shashtirishadi, joyida turib “yomg‘ir tomchilari” kabi sakrashadi. 3 bosqich. O‘rindosh ehtiyojni ifodalash Maqsad: 1. Psixogimnastika: . Bolalarni o‘z affektiv holatlarini xatti-harakat, mimika va nutqda to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatish (qo‘rquv, xafa bo‘lish); . Motor xulq-atvor va nutqiy reaksiyalarni dinamik muvozanatini koordinatsiyalash ko‘nikmalarin rivojlantirish; Badan mushaklarini ixtiyoriy tarzda kuchlantirish va bo‘shashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish (bulut - yomg‘ir). 1. Hamkorlikdagi nutqiy improvizatsiya: . Bolalarni ertak qaxramonlarini muammoli vaziyatdagi hissiy holatini ta’rifini kengaytiruvchi gaplarni logoped ketidan davom ettirishga o‘rgatish (bolalar Olako‘zni uyg‘otadi). Jihozlar: Surnaycha, qo‘ng‘iroqcha. Logoped (bolalarga avvalgi darsda so‘zlab berilgan “Olako‘z laqabli sigir” ertagini hikoya qilib, so‘ng bolalarga murojaat qiladi). Bolalar eslang, ertakda kampir Olako‘z laqabli sigirni uyg‘otib berishni kimlardan so‘ragan? Bolalar: Kampir sichqonni va mushukni uyg‘otib berishni iltimos qilgan . Logoped: Tasavvur qiling-ki sichqon va mushuk uyda yo‘q ekan, shuning uchun kampir sizdan sigirni uyg‘otishni iltimos qildi. Keling ertakni boshqatdan aytib beramiz, men sigirni kim uyg‘otishini galma-galdan aytaman, siz esa uni uyg‘otishga harakat qilasiz. Sizga bu ishda surnaycha va qo‘ng‘iroqcha “Du-du-du uyg‘on! Du-du-du o‘rningdan tur! Din-din-din uyg‘on! Din-din-din o‘rningdan tur!” yordam beradi. Bolalar sigirni qo‘rqitvormaslik uchun uni qanday ovoz bilan uyg‘otamiz? Qo‘pol emas, ... Bolalar: mayin, muloyim uyg‘otamiz. Logoped. Hozir biz kampirga Olako‘z laqabli sigirni uyg‘otishga yordam bergan bolalar haqidagi ertakni aytib beramiz. “Improvizatsiya” o‘yini Logoped muallif so‘zlarini o‘qiydi va kampir rolini o‘ynaydi. Bolalar galma-gal sigirni uyg‘otishadi, uni silab, o‘z nutqida ertak qahramoni dialogini hissiy ta’sirchanlik bilan ifoda etishadi. Logoped. Kampir Kamronni chaqirib (har bir bolaga navbatma-navbat murojaat qilib): “Kamronjon, Olako‘zni uyg‘otib ber. Seni sut bilan mehmon qilaman” – deb iltimos qildi. Kamron surnayni chalib, ashula ayta boshladi: “Du-du-du uyg‘on! Du-du-du o‘rningdan tur!”. Olako‘z esa uxlab, uyg‘onmayapti. So‘ng logoped faqat muallif nomidan hikoya qilib, kampir rolini bolalardan biri o‘ynaydi. “Improvizatsiya” o‘yini davom etadi. Yuqorida keltirilgan namuna o‘yinterapiya texnologiyasining dastlabki, nisbatan sodda material asosidagi ish tizimini aks ettirib, eksperimental tadqiqotning keyin bosqichlarida “Sholg‘om”, “Mushukchaning uyi”, “Qo‘ziqorin”, “Tulkicha-singilcha va bo‘ri” ertaklari “Agarda o‘yin” texnologiyasi Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari davomida hamda tarbiyachi mashg‘ulotlarida qo‘llandi. Maqsad: bolalarda bog‘langan nutqni, tasavvur, tafakkur operatsiyalarini rivojlantirish. Ko‘rsatma: Logoped quyidagi mavzularda hayol surishni taklif etadi: “Agar men shifokor bo‘lsam ...” “Agar hech qachon bahor kelmasa ... ” Sentyabrning 3-xaftasida o‘tkazilgan ta’kidlovchi eksperimental tadqiqot natijalari hamda mavzuga oid adabiyotlar tahlili asosida eksperimental ta’limiy tadqiqot texnologiya tuzildi. 3oy (oktyabr noyabr, dekabr) mobaynida o‘tkazilgan ta’limiy tadqiqot samaradorligini aniqlash maqsadida takroriy ta’kidlovchi eksperimental tadqiqot o‘tkazildi. Bolalar kunning birinchi yarmida asosiy mashg‘ulotlardan keyin tekshiruvdan o‘tkazildi. Bolalar tekshiruv davomida topshiriqlarni qiziqish bilan bajarishdi. “Predmetni jonlantir” texnologiya Guruhli tarzla nutq o‘stirish, savodga o‘rgatish mashg‘ulotlari davomida o‘tkazildi. Insonlashtirilgan ob’ektlar nomidan nutqiy jumlalar tuzish. Maqsad: rasmdagi ob’ektlarga inson hissiyotlari, fikr va xarakterini berish orqali bolalarda empatiyani rivojlantirish, lug‘atni boyitish va leksik-grammatik tomoni rivojlantirish. Ko‘rsatma: bolalarga o‘zaro muhokama uchun rasmdagi biron predmetni tanlab, uni “xarakteri”, “imkoniyatlari”, “fikr-mulohazalari” haqida so‘zlab berishadi. Masalan, peyzajni kuzatish vaqtida bolalar ma’lum daraxtni tanlab uni quyidagicha tasvirlashadi: u sekin nafas oladi, muloyim, u hozir uxlayapti46. “Ular nima haqida suhbatlashyapti?” texnologiya mashqi Guruhli tarzda nutq o‘stirish, savodga o‘rgatish mashg‘ulotlari davomida o‘tkazildi. Maqsad: rasmdagi ob’ektlarga inson hissiyotlari, fikr va xarakterini berib, bolalarni o‘sha “shaxs” suhbatlashish nomidan o‘zaro suhbatlashish orqali dialogik nutqni rivojlantirish, lug‘atni boyitish va leksik-grammatik tomoni rivojlantirish. Ko‘rsatma: Logoped rasmdagi predmetlarni tanlab, ular nima haqida o‘ylashi yoki suhbatlashishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishni taklif etadi. So‘ng bolalar o‘sha “shaxs” nomidan suhbatlashadilar. “Hayvonot bog`i” texnologiya Maqsad: yovvoyi hayvon rasmini quyida berilgan reja asosida tavsiflash orqali ekspressiv lug‘at boyligini, bog‘langan nutqni shakllanganlik darajasini aniqlash. Jihoz: turli yovvoyi hayvonlar tasvirlangan predmetli rasmlar. Ko‘rsatma: Tekshiruvchi bolaga rasmga diqqat bilan qarab, quyidagi reja asosida uni tavsiflab berishni taklif etadi: A) Tashqi qiyofasi. B) Nima bilan oziqlanishi. “Predmetlarni taqqoslash” texnologiya Maqsad: kuzatuvchanlik, predmetlarni detallari, qismlari va sifatlarini aniq tasvirlay olish malakalarini tekshirish. Jihoz: nomi bir, lekin bir-biridan bir necha belgi va detallar bilan farqlanuvchi buyum va o‘yinchoqlar. Masalan, ikkita chelak, ikkita ko‘ylak, ikkita qoshiq va h.k. Ko‘rsatma: Tekshiriluvchi bolaga bir-biridan ba’zi belgi va detallar bilan farqlanuvchi ikkita predmetlarni ko‘rsatib: “Men biri haqida hikoya qilaman, sen esa ikkinchisi haqida so‘zlab berasan. Biz navbatma-navbat ular haqida hikoya qilamiz”. Masalan, tekshiruvchi: “Meni chelagim katta”, bola: “meni chelagim kichkina”. Tekshiriluvchi: “Meni chelagim yashil rangda, ushlagichi esa oq rangda”, bola: “Meni chelagim qizil rang, ushlagichi sariq rangda” va h.k. “Topishmoqlar tuzish” texnologiya Maqsad: bolalarning kuzatuvchanlik, ekspressiv lug‘at boyligini, bog‘langan nutqni shakllanganlik darajasini aniqlash. Jihoz: bir necha predmetli rasmlar. Ko‘rsatma: A) Bolaga ma’lum predmet rasmi berilib, quyidagi reja asosida topishmoq matni tuzish taklif etiladi: - Shakl qanday? - Rangi qanday? - Ovozi qanday? - Ta’mi qanday? - Hidi qanday? B) Bolaga ma’lum predmet rasmi berilib, 3 elementlardan iborat topishmoq tuzish taklif etiladi: birinchi tasvirlovchi qism, vositachi (“o‘xshashlik”) va qarama-qarshi (“farqli”) qismlar. “Syujetli rasmlar” texnologiya Maqsadi: og‘zaki bog‘langan nutq rivojlanganlik darajasini, ob’ektlar va vaziyat sabab-oqibat, fazo-vaqt aloqa va munosabatlarini aniqlash xususiyatlari, fikrlash, mushohada qilish, xulosalash va mulohazalarni asoslash, yashirin mazmunga ega syujetlarni tahlil etishni rivojlanish darajasini tekshirish. Jihoz: topshiriqni olti varianti uchun rasmlar:
A) yaqqol mazmunli syujetli rasm.
B) yashirin mazmunli syujetli rasm.
V) yaqqol mazmunli syujetli rasmlar seriyasi.
G) yashirin mazmunli syujetli rasmlar seriyasi.
D) xatti-harakatlar yakunlanmagan syujetli rasmlar seriyasi. “Geometrik o‘yinlar” texnologiya
Maqsadi: mayda qo‘l motorikasini, konstruksiyalash ko‘nikmalarini tekshirish, fazoda mo‘ljal olish ko‘nikmasini tekshirish. Jihoz: 6 ta sanoq tayoqchalari. Ko‘rsatma: Tekshiruvchi bolaga 6ta sanoqli tayoqcha hamda xuddi shunday 6 ta tayoqchadan yasalgan uycha namuna sifatida ko‘rsatadi. So‘ng namunadagi kabi uycha yasab berishni taklif etadi. Agar bola qiyinchiliklarga duch kelsa, unga yo‘naltiruvchi savol va ko‘rsatmalar beriladi. Ushbu texlogiyalar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqidagi kamchiliklar oqibatida bolalarda yuzaga keladigan , ulardagi psixik, motorika va bilish jarayonlarida yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etishda tavsiya etilgan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali, bolalardagi kamchiliklarni samarali bartaraf etishdagi natijalarga erishish mumkin.


Download 74,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 74,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB DUDUQLANUVCHI BOLA NUTQINING LEKSIK TOMONINI RIVOJLANTIRUVCHI O‘YIN TEXNOLOGIYALARI

Download 74,79 Kb.