Nizomiy nomidagi toshkent davlat




Download 74,79 Kb.
bet3/9
Sana13.05.2024
Hajmi74,79 Kb.
#228084
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mahliyo kurs ishi tayyor

Kurs ishining metodi: suhbat, kuzatish, o‘yin
Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


II-BOB. DUDUQLANUVCHI BOLALAR NUTQINI LEKSIK TOMONINI ILMIY-PEDOGOGIK ADABIYOTLARDA YORITILISHI.

    1. Duduqlanuvchi bolalar nutqidagi leksik muammoni òrganilishi

Duduqlanish nutq nuqsonida nutq sur‘ati, maromi va ravonligi buzilishi bilan ta‘riflanadi. Bundanutqning kommunikativ funksiyasi izdan chiqadi, ya‘ni aloqa vositasi bo‘lmay qoladi.Duduqlanishda asosan nutq apparati muskullarining ravon ishlay olmasligi paylartolalarning tortishib qolishi sabab bo‘ladi. Chet el va rus olimlarining ta‘kidlashichadunyo bolalarining 2% da duduqlanish nuqsoni kuzatiladi. Bola tiliningGrammatik tuzilishini kattalarga taqlid etish yo‘li bilan asta-sekin o‘zlashtirib boradi, so‘zlarima‘lum tartibda joylashgan gaplarni o‘rganadi. O‘z fikrlarini atrofdagilarga ma‘nolinutq orqali ifodalay boshlaydilar. Bolaning o‘zlashtirish qobiliyati bu davrdanihoyatda kuchli bo‘ladi, ma‘suliyat o‘z-o‘ziga talabchanlik ortib boradi. Biroq, ba‘zibolalarning nutq sur‘ati, maromi, ravonligi buziladi. Ular duduqlanib (tutilib) tovushbo‘g‘in so‘zlarini qayta-qayta takrorlab, yoki aksincha to‘xtab qolib, so‘ngra zo‘rkuch bilan qiynalib talaffuz etadilar.Duduqlanadigan bolalarning hayajonli nutqida fonetik - fonematik va leksik grammatik buzilishlar kо’zga tashlanadi.
Chunonchi, duduqlanadigan bolalardagi fonetik-fonematik buzilishlar 66,7%ni tashkil qiladi, 34%ni lug‘at boyligi kam, grammatik tuzilishi shakllanmagan bolalar tashkil etadi. Nutq asoslanmagan pauzalar, qaytariqlar bilan uzilib - uzilib chiqadi, jarangdorlik,talaffuz sur‘ati, tovush balandligi duduqlanuvchining emotsional holati bilan bog‘liqligi tadqiqotchilar tomonidan kо’rsatilgan, shuningdek, о’z nuqsoniga bо’lgan e‘tibori nuqsonni kuchaytirishda omil bо’lishini qayd qilishgan. Nutqida bolalarda zaiflik, qo‘rqoqlik,tortinchoqlik, ta‘sirchanlik va shu kabilar vujudga keladi. Hozirgi vaqtda duduqlanish sabablarni 2 guruhga: moyillik sabab (negizga) va keltirib chiqaruvchi sabab (turtkiga) ajratish mumkin .
Moyillik sabablariga quyidagilar kiradi:

  • Ota – onalarning nevropatik kasallanishi;

  • Duduqlanuvchining о’zidagi nevropatik xususiyatlar (tunggi qо’rquv, enurez, kuchli qо’zgaluvchanlik, xis hayajonli zо’riqish);

  • Konstitusional moyillik (oliy nerv faoliyagining juda ham nozikligi, vegetativ nerv sistemasining juda ham nozikligi);

  • Nasliy buzilish (nutq apparatining tug‘ma zaifligi);

Bosh miyaning ona qornida va tug‘ilish vaqtidagi jarohatlanishi, asfiksiya, yuqumli kasalliklar hamda boshqa jarohatli buzilishlar. Ushbu kо’rsatilgan sabablar bolaning jismoniy va ruhiy tomondan rivojlanishida turli xil nuqsonlarni keltirib chiqarishga, nutq rivojlanishining zaiflashuviga va duduqlanishni kelib chiqishiga imkon beradi. Duduqlanishni keltirib chiqaruvchi sabablarga:

  • Anatomik fiziologik sabablar (ensefalit, miyaning chayqalishi, zaharlanish, qizamiq, kо’kyo‘tal, nutq apparatining to‘liq rivojlanmaganligi);

  • Ruhiy va ijtimoiy sabablar, birlahzalik ruhiy shikast (qо’rquv, vahimaga tushish), notо’g‘ri tarbiya (tantiqlik, qattiqqо’llik, tez gapirish, ota onalarning notekis nutqi, kichik yoshli bolalarni haddan ortiq nutq materiallari bilan zo‘riqtirish).

XIX asr boshlarida qator fransuz tadqiqotchilari duduqlanishni kelib chiqishiniuning nutq apparatining va markaziy bo‘limlari faoliyatidagi turli og‘ishlar bilanbog‘lab tushuntiradilar. XX asrning 30 va keyingi 50- 60 yillarida duduqlanishmexanizmini I.P. Pavlovning inson oliy nerv faoliyati va qisman nevroz mexanizmihaqidagi ta‘limotlariga suyangan holda ko‘ra chiqa boshlangan. Bunda tadqiqotchilarduduqlanishni nevroz alomati tarzida (Y.A. Florenskaya, Y.A.Povorinskiy vaboshqalar) duduqlanishni boshqa formalarini (V.A. Gilyarovsiy, M.B.Xvatsev, I.P.Povarnin, N.I. Jinkin, V.S. Kachergina va boshqalar) talqin qilganlar.Duduqlangan bolalarda xulq atvorida ham umumiy holatida ham ma‘lumo‘zgarishlar kuzatiladi. Arzimagan narsalardan xafa bo‘lish, injiqlik, qo‘rqishalomatlari paydo bo‘ladi. Bunday ruhiy hodisalar duduqlanishni kuchaytiradi. Ba‘zibolalarning kamgap bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Buni shifokorlar nevroz so‘zi bilanyuritadilar.
Duduqlanish muammosini nutq buzilishlari haqidagi ta’lim otningrivojlanishi tarixida eng qadimiylaridan biri deb hisoblash mumkin. U ningm ohiyatini turlicha talqin qilish fanning rivojlanishi va m ualliflarning bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtayi nazardan yondashganliklariva yondashayotganligi darajasi bilan bog‘liqdir. Qadimgi davrlarda duduqlanishni ko‘proq bosh miyada namlikning to‘planib qolishi (Gippokrat) yoki artikulatsion apparat qismlarining o‘zaro noto‘g‘ri munosabati (Aristolel) bilan bog‘liq holdagi kasallik debqarashgan. Duduqlanish paytida nutq apparatining markaziy yoki periferik(sirtqi) bo‘lim larida buzilish bolishi mumkinligini Galen, Sels va IbnSino e’tirof etdilar.X V I 1—X V III asrlar arafasida duduqlanishni tashqi nutq apparatining yetilmaganligi oqibati sifatida talqin etishga urinishgandi. Masalan, Santorimining ta’kidlashicha,, duduqlanish qattiq tanglayning yorilganpaytida vujudga keladi va go‘yo shu yoriq orqali tilga suyuqlik tushadi hamda nutqni qiyinlashtiradi. Vutser esa buni pastki jagkning noto‘g‘ri chuqurlashuvi va unda kichik tilcha borligi bilan; Erve-de-Sheguan — tiluzunligi va og‘iz bo‘shlig‘ining hajmi orasidagi o‘zaro munosabat yoki uning kalta yuganchaga nihoyatda zich yopishib turishi bilan bog‘liq holda, deb tushuntirdi. Boshqa tadqiqotchilar duduqlanishni nutq a’zolari harakatlarining buzilishi: ovoz kovagining g‘ayri ixtiyoriy yopilishi (Arnot, Shultess);haddan tashqari tez nafas chiqarish (Bekkeral); muskullarning tilni og‘izbo‘shlig‘ida ushlab qoladigan darajada spazmatik qisqarishi (Itar, Li,Diffenbax); tafakkur va nutq jarayonining nom uvofiqligi (Blyume); kishi irodasining nutq harakati mexanizmi muskullari kuchiga ta’sir etadigandarajada mukammal emasligi (Merkel) va boshqalar bilan bog‘laydilar. Tadqiqotchilarning bir qismi esa duduqlanishni ruhiy jarayonlarning borishi davomidagi buzilishlar bilan bog‘lashdi. M isol uchun, Blyumening fikriga ko‘ra, duduqlanish shunday paydo bo‘ladiki, kishi yo tez fikrlaydi,natijada nutq a ’zolari to‘liq harakatga kirishishga ulgurmaydi va shu bois tutiladi yoki aksincha, nutqiy harakatlar "fikrlash jarayonidan o‘zib ketadi". Natijada nutq apparati muskullari ana shu nomuvofiqlikni to‘g‘rilashga harakat qilib, "changak bo‘lib qolish singari holatga" keladi.XIX asr boshlarida qator fransuz tadqiqotchilari duduqlanishni ko‘rib chiqib, uni nutq apparatining periferik (sirtqi) va markaziy bo‘limlari faoliyatidagi turli xil og‘ishlar bilan bog‘lab tushuntirdilar. Jumladan, shifokor Vuazen (1821) duduqlanish mexanizmini nutq organlari muskul sistemasiga keladigan Serebral ta’sirlarning yetishmasligi, ya’ni markaziy asab sistemasi bilan bog‘laydi. Shifokor Delo (1829) duduqlanishni tovush talaffuzining buzilib chiqishi (rotatsizm, lambdatsizm, sigmatizm), tovush apparatining organik shikastlanishi yoki bosh miyaning to‘liq ishlamasligi deb tushuntirdi. U duduqlanuvchi shaxsning o‘z nutqiga nisbatan akustik diqqat-e’tibor bilan qarashini birinchi bo‘lib ta’kidladi. Shifokor Kolombade duduqlanishni vokal apparat muskullarining yetarlicha innervatsiyalanmaganligi oqibatida paydo bo‘ladigan alohida kontraktura deb hisobladi. Rossiyada ko‘pchilik tadqiqotchilar duduqlanishni nutq sohasidagi funksional buzilish, nutq nevrozi (l.A. Sikorskiy, 1889; I.K. Xmelevskiy,1897; E. Anders, 1894 va boshqalar) deb qaradilar yoki uni nutq apparatidagi g‘ayri ixtiyoriy harakatda ifodalanadigan sof ruhiy xastalik deb (Xr. Laguzen, 1883; G .R . Netkachev, 1909, 1913), psixoz deb (Gr.Kamenka, 1900) belgiladilar. XX asr boshlariga kelib duduqlanish mexanizmlari haqidagi barcha tushunchalarni uchta nazariy yo‘nalishga ajratish mumkinligi aniqlandi:
1) duduqlanish nutq markazlarini muvofiqlashtiruvchi apparatning qo‘zg‘aluvchanligi zaiflashuvi oqibatida sodir bo‘ladigan koordinatsion nevrozdir. G . Gutsman, l.A.Kussmaulning, keyinchalik I.L. Sikorskiylar duduqlanishni nevrotizm jarayoni: duduqlanish, bu — pay tortishiga o‘xshash spazmalardir, deb tushuntirishdi;
2) duduqlanish — ruhiy xarakterdagi assotsiativ buzilishidir. Bu yo‘nalish T.G efner va E.Freshels tomonidan olg‘a surilgan. A. Libmann, G .D . Netkachyov, Yu.A. Florenskaya uning tarafdori edilar. Duduqlanish mexanizmlarini tushunishga nisbatan psixologik yondoshuv o‘zining navbatdagi taraqqiyotini davom ettirdi;
3) duduqlanish ruhiy jarohatlanishda atrof-m uhit bilan bo‘ladiganturli ziddiyatlar natijasida rivojlanuvchi g‘ayrishuuriy ko‘rinishdir. A. Adler,S hneyder bu nazariya tarafdorlari edilar. U la m in g fikriga ko‘raduduqlanish bir tomondan shaxs atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishiningturlicha im koniyatlaridan yiroqlashish xohishida, boshqa tom ondanatrofdagilarda bunday nam oyishkorona xastalikka nisbatan hissiyottuyg‘ularini jumbushga keltirish istagida namoyon bo‘ladi.Shunday qilib, X IX asr oxiri X X asr boshlarida duduqlanish — bumurakkab psixofiz ik b u zilish d ir, degan fikrga k elin a bosh lan di.Ayrim lam ing e’tirofiga ko‘ra, uning asosida fiziologik xarakterdagi buzilishyotadi, ruhiy jihatlar esa ikkilam chi xarakterga ega (A. Gutsm an, 1879;A. Kussmaul, 1878; l.A. Sikorskiy, 1889 va boshqalar). Boshqalar ruhiyjihatlarni birlam chi, fiziologik ko‘rinishlarni esa ruhiy noto‘kisliklarningoqibati, deb hisobladilar (Xr. Laguzen, 1838; A. Koen, 1878; G r.Kom enka, 1900; T.D . Netkachyov, 1913 va boshqalar). Duduqlanishnihatto kutish nevrozi, qo‘rquv nevrozi, noto‘kislik nevrozi, bog‘lanishsiznevroz va boshqalar sifatida ko‘rib chiqishga o‘rinishlar ham bo‘ldi.
XX asrning 30 - va keyingi 50—60-yillarida duduqlanish mexanizmini I.P. Pavlovning inson oliy nerv faoliyati va qisman nevroz mexanizmi haqidagi ta’limotlariga suyangan holda ko‘rib chiqa boshlashdi. Bunda ayrim tadqiqotchilar duduqlanishni nevroz alomati tarzida (Yu .A .Florenskaya, Yu.A.Povorinskiy va boshq.), boshqalar uning alohida formasi sifatida (V.A. Gilyarovskiy, M .B . Xvatsev, I.P.Povarnin, N.I.Jinkin, V.S. Kochergina va boshq.) talqin qildilar. Lekin ikkala holatda ham duduqlanish rivojlanishining bu murakkab va turlicha mexanizmlari nevroz mexanizmlari rivojlanishi uchun umuman yagonadir.
Duduqlanish boshqa nevrozlar kabi qo‘zg‘alish, torm ozlanish va patologik shartli refleksning shakllanish jarayonlaridagi zo‘riqishni keltirib chiqaradigan turli sabablar natijasida paydo bo‘ladi. Duduqlanish, bu - alomat ham alomatlar yig‘ndisi ham emas, balki markaziy nerv sistemasining umuman xastalashuvidir (V.S. Kochergina, 1962).Duduqlanishning paydo bo‘lishida bosh miya qobig‘idagi nervjarayonlarining buzilgan (ularning kuchi va harakatchanligining ortishi) o‘zaro munosabatlari muhim rol o‘ynaydi. Katta yarimsharlar qobig‘I faoliyatidagi nerv buzilishi, bir tomondan, nerv sistemasining holati, uning me’yordan chetlashishiga tayyorligi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, nerv buzilishi noxush tashqi omillar bilan boglangan bo‘lishi mumkin. V.A.Gilyarovskiy ham ulaming duduqlanishning kelib chiqishidagi ahamiyatini ko‘rsatib o‘tgan edi. Nerv buzilishi bola oliy nerv faoliyatida nozik bo‘limi — nutqning zaiflashuvida aks etadi, u nutq harakatlarining, ohangining buzilishi va tortishib qolishida namoyon boladi. Qobiq faoliyatining buzilishi birlamchi hisoblanadi hamda qobiq va qobiqosti oralaridagi induksion aloqalarning buzilishiga hamda shartli reflektorli mexanizmlaming izdan chiqishiga olib keladiki, ular qobiq osti tuzilishi faoliyatini moslashtirib turadi. Vujudga kelgan shartlarga qarab, bunday hollarda qobiqning normal muvofiqlashuvi izdan chiqadi, stroipallidar sistema faoliyatida salbiy qo‘zg‘alishlar o‘rin tutadi. Duduqlanish mexanizmidagi uning roli muhim ahamiyatga ega, chunonchi bu sistemam e’yorli nafas olish sur’ati va ritmi, artikular muskullar faoliyati uchun mas’uldir. Duduqlanish striopallidumning organik o‘zgarishi holatida emas, balki uning funksiyalarining dinamik tarzda og‘shida paydo boladi. Bu qarash lar nevrotik duduqlanish mexanizmini qobiq -qobiq osti aloqadorligining o‘ziga xos buzilishi haqidagi tushuncha sifatida aks ettiradi( M . Zeeman, N.I.Jinkin, S.S.Lyapidevskiy va boshqalar).Duduqlanish muammosini nutq buzulishlari haqidagi ta‘limotning rivojlanishi tarixida eng qadimiylaridan biri hisoblanadi. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish fanning rivojlanishi va mualliflarning nutq buzilishlariga qanday nuqtai nazardan yondashganliklari darajasi bilan bog‘liqdir. Hozirgi davrga qadar tadqiqotchilar duduqlanish mexanizmini nafaqat tibbiy na fiziologik jihatdan, balki neyrofiziologik, psixologik, psixolingvistik nutqtai nazarlardan ham о’rganishga urinishmoqda.
Nutq faoliyatini tashkil etishda duduqlanishni neyrofiziologik jihatdan tekshirilishi qiziqish uyg‘otmoqda . Olimlar duduqlanishni kelib chiqish sababalarini turli omillar natijasidan deb о’rganishmoqda.



    1. Download 74,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 74,79 Kb.