|
Duduqlanuvchi bolalar nutqini leksik tomonini rivojlantirishda o‘yin texnologiyalari
|
bet | 6/9 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 74,79 Kb. | | #228084 |
Bog'liq Mahliyo kurs ishi tayyor2.2 Duduqlanuvchi bolalar nutqini leksik tomonini rivojlantirishda o‘yin texnologiyalari
Mashg‘ulotlar maktabgacha yoshidagi duduqlanuvchi bolalar ta‘limining asosiy shakli hisoblanadi. Mashg‘ulotlarda bolalar yangi bilim va kо’nikmalarnioladilar, shu bilan birga umumiy va nutqiy hatti-harakat malakalariniо’zlashtiradilar va duduqlanishdan holi mustaqil nutqdan foydalanishmalakalarini egallaydilar.
Duduqlanuvchi bolalarda og‘zaki kо’rsatmalar va namoyish yoki namunaning namoyishisiz birgina og‘zaki kо’rsatmalarga mos ravishda о’quv faoliyatini bajarish qobiliyati shakllanadi, idrok, xotira, tafakkur, bilishga bо’lgan qiziqishlari rivojlanadi va boshqaruv jarayonlari shakllanadi.
Bolalar aniq va umumiy savollarga javob berishga о’rganadilar; logoped, tarbiyachining talabiga kо’ra qisqa va keng javob qaytarishni mashq qiladilar; normal tempda, atrofdagilar uchun tushunarli, yetarlicha baland, aniq, ma‘noga mos ravishda javob beradilar. Mashg‘ulotlarda ot, sifat va tilning boshqa bо’laklarining grammatik shakllarini tо’g‘ri qо’llash malakalari mustahkamlanadi.
Diqqatning jamlanganligi, fahmlilik, eslash, dialog vaqtida faol ishtirok etish, lozim bо’lganda esa impulsiv bayondan о’zini tiyish kabi sifatlarnirivojlantirishga qaratilgan ishlar mashg‘ulotlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
О’rtoqlaridan ilgarilab ketmay va ulardan ortda qolmay ishni bir vaqtdaboshlash va yakunlash kо’nikmasi shakllanadi, faoliyatning normal tempi,harakatchanlik, kelishib, ketma-ketlikda ishlash odati, boshlangan ishni oxirigayetkazish, faoliyatning ikki turi о’rtasida diqqatni taqsimlay olish, materialni(qog‘ozni) ratsional sarflash, qо’llanmalar, qurollardan tо’g‘ri foydalanishshakllantiriladi.
Ijobiy shaxsiy sifatlarni va umumiy va nutqiy hatti-harakat malakalarinishakllantirish, shuningdek mustaqil nutqdan foydalanish malakalarini mustahkamlashga alohida e‘tibor beriladi. Shuningdek nafaqat jamoada, balki yakka tarzda о’ynash kо’nikmasini rivojlantirishga, о’yin qoidalariga mos ravishda о’z istaklarini bо’ysindirish yoki chegaralashga, iroda sifatlarini tarbiyalashga: о’z о’zini nazorat etish, о’z hatti-harakatlariga javobgarlik, diqqatni jamlash, о’yinda faolbо’lish va bir vaqtning о’zida lozim bо’lsa, о’z hissiyotlari va hoxishlarini tiyabilishga katta e‘tibor beriladi.
|
| |