O‘yin jarayonida nutqni korreksiyalash




Download 74,79 Kb.
bet7/9
Sana13.05.2024
Hajmi74,79 Kb.
#228084
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mahliyo kurs ishi tayyor

O‘yin jarayonida nutqni korreksiyalash
Duduqlanuvchi bolalarda ommaviy bolalar bog‘chasidagi bolalar singari,mehnatga bо’lgan qiziqish va muxabbatni rivojlantirish, ularni mehnat topshiriqlariniharakatchan va puxta bajarishga о’rgatish, mehnat natijalariga erishishga bо’lganintilishni, barcha bolalar bilan bir qatorda birgalikdagi mehnat faoliyatida ishtiroketish tayyorgarligini tarbiyalash lozim. Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalardaonson mehnat turlari malakalarini, kattalar vaо’rtoqlarining mehnatiga hurmat bilanmunosabatda bо’lishni shakllantiradi va bir vaqtning о’zida mehnat qurollari haqidagibilimlarni mustahkamlaydi.
Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchilarda mehnat jarayonida kattalar nutqigabо’lgan e‘tiborni tarbiyalash, ularda sabr, diqqatni jamlash, maqsadga yо’nalganliknitarbiyalash juda muhim. Ular topshiriqni oxirigacha tinglay olishlari, sо’ng esa unibajarishga kirishishlari kerak.
Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan ishlarning umumiy vazifalari bilanbir qatorda rejim momentlarini ularning umumiy va nutqiy hatti-harakatlari singarinutqiy faoliyatni korreksiyalashda ham qо’llash lozim.
Kun tartibida duduqlanishsiz tо’g‘ri nutqiy muloqotni tashkil etish uchun qatorqulay fursatlar bо’lib, ular xususida bolalar bilan suhbatni tashkil etish mumkin.Bunda bolalarni muloqot vaqtida tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Bolalar birbirlariniyaxshi kо’rishlari uchun ularni tо’g‘riо’tkazish maqsadga muvofik (doira,yarim doira). Bolalar suhbat davomida ishtirok etishlari uchun barcha momentlarnianiq tashkil etish lozim: yuvinish, kiyinish, yechinish, navbatchilik, ekskursiya,kuzatish va b. Bolalarni barcha harakatlarni ortiqcha shovqinsiz bajarish, kattalarnutqini va о’rtoqlarining javoblarini tinglash, savol berilganda javob qaytarish vaо’rtoqlarini gapini bо’lmaslikka о’rgatish lozim.
Kattalar nutqiga alohida e‘tibor beriladi. Ular nutqi sokin bо’lishi, savollar bolaning savoli va javobi о’rtasida pauzalarga amal qilgan holda aniq shakllantirilganbо’lishi kerak. Javobni о’ylab olish uchun vaqt berish, normal tempda sо’zlash,shaxsiy nutqni sekinlashtirmaslik va bolalardan nutqlarini sekinlashtirishni talab etmaslik kerak. Duduqlanadigan bolalar bilan olib boriladigan logopedik mashg‘ulotlargaquyiladigan asosiy talablar:
1) Logopedik mashg‘ulotlar duduqlanuvchi bolaning nutqi va shaxsigapedagogik-tuzatish orqali ta‘sir etishning asosiy vazifalarini о’zida aks ettiradi.
2) Logopedik mashg‘ulotlar muayyan tartibda, uzluksiz, bosqichli, asosiy didaktik prinsiplarni hisobga olgan holda har bir bolaning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq ravishda; bolalarning ongliligi va faolligiga tayangan holda olib boriladi; mashg‘ulotlarda qо’llanmalar, ta‘limning kо’rgazmali, texnik vositalaridan foydalaniladi; mashg‘ulotlar tarbiyalanayotgan tо’g‘ri nutq va xatti-harakat kunikmalarining mustatahkam bо’lishiga yordam beradi.
3) Logopedik mashg‘ulotlar maktabgacha tarbiya yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va о’qitish dasturlari talablariga mos bо’ladi.
4) Mashg‘ulotlarda duduqlanadigan bolalarning turli sharoitlarda tо’g‘ri nutqiva xatti-harakatini mashq qildirish zarurligi hisobga olinadi, masalan: logopediyakabinetida va undan tashqarida, turli hayotiy vaziyatlarda, tanish va notanishshaxslarning ishtirokida va hokazo. Shu maqsadda logopedik mashg‘ulotlarning turlikо’rinishlari: nutqni rivojlantirishga doir kо’pgina ish shakllari, didaktik, harakatli, syujetli-rolli va ijodiy о’yinlar, sayohatlar, ertaliklar, konsertlarga tayyorlanish hamda ularda ishtirok etish, mikrofon oldida sо’zga chiqish va boshqalarda qо’llaniladi.
5) Mashg‘ulotlar shunday tashkil qilinadiki, ularda bola duduqlanishsiz va u bilan birga kelib chiqadigan buzilishlarsiz gapirishi lozim.
6) Mashg‘ulotlar boladagi yaxshi kayfiyatni, bardamlik, о’z kuchiga ishonchni mustahkamlaydi.
Korreksion ishlarda maxsus metodikaga asoslangan о’yin usullari qо’llaniladi. Ular yordamida umumiy va nutqiy hatti - harakatdagi duduqlanish korreksiyasi amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchilarning nutq, umumiy va nutqiy hattiharakat korreksiyasi nafaqat mashg‘ulotlarda, balki о’yinlar vositasida ham amalga oshiriladi. О’yinlarning umumiy maqsadi bolalarning atrofdagi predmetlar, ularning turli sifatlari (shakli, hajmi, rangi), qо’llanilishi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va kengaytirish, qiziquvchanlikni, bilish qobiliyatlarini rivojlantirish, harakatlarni takomillashtirishdan iborat. O‘yin jarayonida о’rtoqlariga nisbatan dо’stona munosabat, о’yinchoqlar va materiallarga ehtiyotkorona munosabat, о’rnatilgan tartibga rioya etish odati tarbiyalanadi, о’rtoqlarining qiziqishlari va fikrlarini inobatga olish, murosalarni adolatli hal etish, nizolarni chetlab о’tish kо’nikmasi shakllanadi. Ijodiy tashabbukorlik, о’yin mazmunini mustaqil hosil qilish va amalga oshirish qobiliyati, о’z harakatlarini о’zaro kelishish, rolga mos ravishda о’zini tutish rivojlanadi. О’yin olimlar tadqiqotlariga kо’ra mehnat va о’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan hisoblanadi. Psixologlarning ta‘kidlashlaricha, о’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning о’zini о’zi boshqarish, о’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental extiyojlariga tayanadi. О’yin ijtimoiy tajribalarni о’zlashtirish va qayta yaratishga yо’galgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning о’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Ayrim hollarda esa bola о’z о’yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi,keyinchalik ularning mehnatida qatnashadi. О’yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi. О’yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar о’yinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishish mumkin. A.P. Usava shunday degan edi: ―Bolalar hayoti va faoliyatini tо’g‘ri tashkil tashkil etish – ularni tо’g‘ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashda о’yin shuning uchun ham samarali natija beradiki, о’yinda bola yashashni о’rganmaydi, balki о’z hayoti bilan yashaydi‖. Bola nutqining tо’g‘ri rivojlanishi nafaqat fonematik idrok va nutqning talaffuz tomonining rivojlanish darajasi, balki, atrofdagilar nutqida hamda shaxsiy nutqda sо’zning tovush tarkibini farqlash imkoniyati bilan belgilanadi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi rivojlanuvchi nutqning asosiy funksiyalaridan biri – kommunikativ funksiya yoki muloqot funksiyasidir. Ilk bolalik chog‘idanoq bola nutqdan muloqot vositasi sifatida foydalanadi. Muloqotni rivojlanishida ham mustaqil nutqning ahamiyati kattadir. Dududqlanuvchi bolalardagi nutq kamchiligini korreksiyalashda mustaqil nutqning ahamiyati kattadir. Duduqlanuvchilarda mustaqil nutqni tarbiyalashda tо’g‘ri nutq shakllarining zaruriy uzluksizligiga rioya qilinadi. Dastlab nazm matnini bir-biriga bog‘liq holda qaytarish orqali о’qish jarayonida yengil ritmik nutq tarbiyalanadi. Keyin qiyin holatlarda logoped yordamida mustaqil о’qish, sо’z oralatib yoki matnni ayrim bо’laklarga bо’lib, kimningdir yordamida, bir xil ohangda о’qish; dialogli matnni о’qish; tinish belgilarini hisobga olib, shartli uzunlikka amal qilib tо’xtash orqali о’qish; о’rganilgan she‘rni talaffuz etish tavsiya qilinadi. Mustaqil nutqni tarbiyalashga nutqning boshqa shakllariga nisbatan kо’p vaqt ajratiladi. Mustaqil nutq oldindan tayyorlangan (she‘r, qayta hikoya qilish, mashg‘ulot mazmunini bayon qilish, kо’rgan-kechirganlar haqida hikoya qilish) va oldindan tayyorlanmagan (kо’tilmagan savollarga javoblar qaytarishni iltimos qilish, berilgan mavzu xususida gapirish) bо’lishi mumkin. Nutqning birinchi kо’rinishi duduqlanuvchi uchun juda yengil bо’lgani sababli ikkinchisidan oldin takrorlanadi. Mustaqil nutqni tarbiyalash uchun namuna sifatidagi ayrim mashqlar: berilgan savolga javob; duduqlanuvchi boshlangan jumlani yakunlaydi; uning о’zi savol beradi; berilgan sо’z asosida jumla tuzadi; jumlani qaytadan tuzadi; logoped yoki о’rtog‘i bilan suhbat; sahnalashtirilgan tomoshalarda ishtirok etish; bayon qilingan voqeani, dramatik matnni sо’zlab berish rasm bо’yicha, tomosha qilingan teatr, kino haqida, shaxsiy kuzatishlar haqida, hodisalar tо’g‘risida sо’zlash; telefon orqali suhbatlashish; ma‘ruza, bahsda ishtirok etish va hokazo. Logopedik mashg‘ulotlarning nutq materiali mazmuni buzilishining tо’zilishiga, yoshga, duduqlanuvchilar guruhiga, duduqlanishning о’tib borishiga, duduqlanuvchining о’z nuqsoniga bо’lgan munosabatiga va boshqa kо’pgina omillarga bog‘liq holda о’zgartiriladi. Bunday omillarning hisobga olinishi: duduqlanuvchini tabaqalashtirib chuqur о’rganishni va duduqlanishni bartaraf etish yuzasidan turlicha metodikalarning yaratilishiga imkon beradi. 5-7 yoshli duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan о’yinlar ancha murakkabroq xarakterga ega bо’ladi. Duduqlanuvchi bolalar bilan о’yinlar guruhlarda olib boriladi. Lekin kо’pchilik bolalar yolg‘iz о’ynashni xush kо’radilar. Didaktik о„yinlar Bunda nafas, ovoz, eshitish, tovushlar talaffuzini rivojlantirishga qaratilgan didaktik о’yinlar о’tiladi. (Domino, loto, piramida, qо’g‘irchoqlar). Bu о’yinlar kо’ruv va eshituvni rivojlantirishga qaratilgan. Ashula aytish bilan (olib boriladigan) о„ynaladigan о„yinlar Duduqlanuvchi bolalar bilan ashulali о’yinlar tashkil etish juda yaxshi samara beradi. Ashulali о’yinlar qо’zg‘alish va tormozlanish ashula protsesslarini normallashtiradi. Bolalar xor bilan yoki yakka holda aytishlari mumkin. Harakatli о„yinlar Duduqlanuvchi bolalar bilan sekin bajariladigan harakatli о’yinlar о’tkaziladi. Chunki bolalarda nafas va nutq tempi buzilmasligi kerak. Shuning uchun oddiy harakat bilan bajariladigan harakatli о’yinlar bajariladi. Ya‘ni koptok, obruch, lenta bayroqlar bilan о’ynaladigan о’yinlar. Sportga taalluqli harakatli о’yinlar: (koptok bilan о’ynash, sharlar bilan о’ynash). Bunday о’yinlarning asosiy maqsadi bolalarning umumiy harkati va nutqini mustahkamlashga qaratilgan. Dramalashtirilgan о’yinlar duduqlanuvchi bolalarda tassavur shaxsning shakllanishi, bolalarning о’yin davomida faolligi va nutqini rivojlantirishiga qaratiladi. Sukut saqlash rejimiga qaratilgan о„yinlar Bolalar bilan nuqtsiz (gapirmasdan) didaktik о’yinlar о’tiladi. Masalan. Savatga qog‘ozli, temirli, yog‘ochli narsalarni sol. Asosiy e‘tiborni motorika, qо’l motorikalarning korreksiyasiga e‘tibor berish kerak. Masalan. «Salom bermoq», «Pianino chalish», «Fleyta chalish» ga taqlid qilish. “Sukut saqlashni bilamiz” о„yini. Bolalar 5-7 minut mozayka bilan о’ynashlari, rasm chizishlari, kubik va sharlar bilan о’ynashlari mumkin. Lekin umuman gapirmasdan sukut saqlaydilar. “Ovozni eshitish va ko‘rsatish o‘yini”. Bolalar kо’zlarini yumib о’tiradilar. Logoped biror ovoz chiqaradigan о’yinoqni chaladi, masalan pobrikushka, surnay, sо’ngra bola kо’zini ochib qaysi о’yinchoq chalinganini gapirmasdan qо’li bilan kо’rsatadi. Shivirlab gapirishga qaratilgan о„yinlar Bolaning о’zini erkin, bо’sh tutishiga qaratilgan о’yinlar о’tkaziladi. Masalan: ―Biz uhlayapmiz‖, ―Biz dam olayapmiz‖, ―Dengiz tо’lqinlanyapti‖ о’yinida. Logoped: Dengiz tо„lqinlanyapti - bir; Dengiz tо„lkdinlanyapti - ikki; Dengiz tо„lqinlanyapti - uch Deganda bolalar qо’l harakatlari bilan dengiz tо’lqinlanishini ifodalaydi. Logoped ―dengiz tinchlandi‖ deganda bolalar qay xolatda bо’lsalar, shu xolatda jim qotib qoladilar. Sо’ngra logoped har bir bolaning oldiga kelib shivirlab ―sen nimani tasvirlading‖ deb sо’raydi. Bola ham shivirlab ―Tо’lqinni‖ yoki ―Tinchlangan dengizni‖ deb javob beradi. “Topishmoqli – xaltacha” о„yinni. (Shivirlab gapirish) Logoped: Bog‘bon barcha mevalarni terib xaltachaga soldi, lekin xaltachada sabzavotlar ham bor ekan. Bolalar siz diqqat bilan meni eshitasiz. Agar men mevalarni olsam sizlar shivirlab ―ha‖ deysizlar, agar men sabzavotlarni olsam sizlar shivirlab ―yо’q‖ deysizlar. Logoped: Olma daraxtda о’sadimi? — Bolalar shivirlab «ha». Logoped: bolalar sizlar daraxtda va yerda nimalar о’sishini yaxshi bilasizlar. Endi nima tepada, nima pastda о’sishini barmoqlaringiz bilan kо’rsating. Men sizlarga shivirlab meva va sabzavotlarni aytaman sizlar esa shivirlab ularning qayerda о’sishini aytasizlar va barmoqlaringizning harakati bilan kо’rsatasizlar Bu о’yin bolalarda mayda qо’l motorikasi, hamda nutqni rivojlantirishga qaratilgan. Harakatli o‘yinlar “Quyonlar va bо„ri” о„yini. Bitta bola bо’ri, qolgan bolalar esa quyonlar bо’lishadi bо’lishadibо’lishadibо’ladilar. bо’lishadi. Quyonlar yarim doira shaklda stulda о’tiradilar. Logoped quyonlarga qarata shunday deydi. ―Qani quyonchalar sizlar о’rmonda sakrab о’ynab yuribsizlar‖. Bolalar sakrab quyon harakatiga taqlid qiladilar. Logoped: ―Quyonlar qaranglarchi о’rmonda bо’ri kо’rinyapti‖. Xonaning burchagida bо’ri kela boshlaydi. Shunda barcha quyonlar ―uychalariga‖ stullariga о’tiirib oladi. Kim о’tirishga ulgurmasa, bо’ri ushlab oladi va shu bola bо’ri rolini о’ynaydi. О’yin bir necha marta takrorlanadi. Harakatli о’yinlarni о’tkazishda sherlar bilan о’ynaladigan о’yinlardan ham foydalaniladi. Bolalar va kattalardagi duduqlanishni bartaraf etishda kompleks yondoshuvni talab etiladi. Korreksion ishlar bosqichiga logopedik ritmikani kiritish va unda duduqlanuvchi bolalarda ritmika asosida mustaqil nutqni tarbiyalash bolalar uchun yengillik tug‘diradi.
Faol hulqni va erkin muloqotni mustahkamlash bosqichi logopedik va logoritmik mashg‘ulotlar bolalarda teng meyorda kelgusida tashkilotchilik sifatlarini, faol, shaxsning ijodiy boshlanishini, turli vaziyatlarda har qanday nutq murakkabligida muloqotni uddalashni musthkamlash masalalarini hal qiladi.


Download 74,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 74,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘yin jarayonida nutqni korreksiyalash

Download 74,79 Kb.