Duduqlanuvchi bolalar nutqini leksik tomonining òziga xos hususiyatlari




Download 74,79 Kb.
bet4/9
Sana13.05.2024
Hajmi74,79 Kb.
#228084
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mahliyo kurs ishi tayyor

Duduqlanuvchi bolalar nutqini leksik tomonining òziga xos hususiyatlari

Duduqlanuvchi bolalarning so‘z boyligini oshirishda faoliyat va muloqot zarur shartlardan hisoblanadi. Maktabgacha yoshda muloqotning rivojlanishi faoliyatning shakllanishi bilan o‘zaro bog‘liqdir ( mehnat, o‘yin, tasviriy faoliyat). Maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchi bolalarning atrof olam haqidagi tasavvurini kengaytirish va so‘z boyligini oshirish ularni atrofdagi predmetlar bilan, tabiat va jamiyat hayoti bilan tanishtirish orqali amalga oshiriladi. Bolalarning o‘zini o‘rab turgan borliq, jumladan, shahar, qishloq, teatr, metro haqida olgan bilimlari syujetli va ijodiy o‘yinlar orqali mustahkamlanadi. Ular o‘yinda turli rollarni bajaradilar.
Bolalar turli o‘yinlarda ijtimoiy xulq me‘yorlarini o‘zlashtirib boradilar. Keyinchalik ijtimoiy adaptatsiya uchun zarur bo‘lgan lug‘at boyliklari mustahkamlab boriladi. Tevarak - atrof haqidagi tasavvurlarini kengaytirish tarbiyachining maxsus uyushtirgan mashg‘ulotlarida ham amalga oshiriladi. Shuning uchun so‘z boyligini oshirish va faollashtirish uchun tarbiyachining yakuniy mashg‘ulotlari katta ahamiyatga egadir. Masalan, bir qator mashg‘ulotlar davomida bolalar "Qishki kiyimlar", " Yozgi kiyimlar" , mavzusi bo‘yicha so‘zlarni o‘zlashtirib boradilar. O‘zini o‘rab turgan dunyo haqidagi tasavvurini kengaytirish hamda og‘zaki nutqini rivojlantirish uchun maishiy va madaniy muassasalarga ekskursiya uyushtirish, shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish zarurligi ota - onalarga tushuntiriladi. Masalan, " Kasb " mavzusini o‘rganishda ota - onalardan o‘z mehnatlari haqida gapirib berish, iloji bo‘lsa, o‘zlari xizmat qilayotgan korxona yoki muassasa bilan tanishtirish so‘raladi. "Shahar", "Qishloq", " Transport" mavzulariga bog‘liq ravishda shu soha kishilari mehnati bilan tanishtirib boriladi, bir - biriga nutqiy ta‘sir o‘tkazish orqali nutqi o‘stirib boriladi. Bu tasavvurlar duduqlanuvchi bolalar bilan guruhda o‘tkaziladigan suhbatga asos bo‘lib xizmat qiladi. "Kasblar ", "Shahar" , "Qishloq" kabi mavzular bo‘yicha "Metro" , " Paxta dalasida" , " Do‘kon" o‘yinlari tashkil qilinadi.
Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish jarayonida so‘zning morfologik elementi ustidagi ishlar asos bo‘ladi. Bunda idrokni rivojlantirish va so‘zlarni turli qismlarga ajratish ishlariga e‘tibor beriladi. Buning natijasida bolalarda so‘zning morfologik tarkibiga oid tushunchalarni solishtirish kabi kuzatuvchanlik qobiliyati shakllanib boradi. So‘zning dastlabki morfologik tuilishi haqidagi tasavvurlar bolalarda so‘zning muhim elementlari asos, qo‘shimchalarini ajratish malakasini shakllantirishdan boshlanadi. Bunga o‘rgatish o‘zakdosh so‘zlar orqali olib boriladi. O‘zakdosh so‘zlarni o‘zlashtirish, bir tomondan, bolalarning so‘z boyligini oshirsa, ikkinchi tomondan, so‘zning morfologik tuzilishini o‘zlashtirishga olib keladi. Kelgusida amaliy ishlar jarayonida turli o‘zakdosh so‘zlarning manosi aniqlanadi. Pedagogik turtki vazifasini o‘tovchi savollar yordamida o‘zakdosh so‘zlarni tanlash malakasini shakllantirishda bolalar qo‘shimchalardan grammatik jihatdan to‘g‘ri foydalanadilar. So‘z shaklidagi o‘zgarishni anglash yuzasidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda rasm bo‘yicha savollarga javob berish vazifasi topshiriladi. Bunda bolalar diqqati berilgan so‘zning shakliga qaratilib, so‘z bilan qo‘shimchani ajratish taklif qilinadi. Keyin xuddi shu shakl bo‘yicha gap tuzish so‘raldi. Masalan, logoped bolalardan so‘raydi: " Rasmda nimalarni ko‘rayapsan?" ( gulni, uyni, bolani). Bolalar oldin eshitgan so‘zlarining tovush tuzilishida qanday umumiylik borligini aniqlaydilar. So‘ngra quyidagicha savollar beriladi. " Bu so‘zlarda nimalar bir xil ?" , " Bu so‘zlarda qanday bir xil bo‘g‘in bor?" . Tovush tahlilini egallagan bolalar umumiy - ni_ qo‘shimchasini ajratishadi. Shundan so‘ng bolalat diqqati kelishik qo‘shimchalariga qaratiladi. Defektolog rasm bo‘yicha so‘raydi: " Bolalar qayerga ketayapti?" ( bog‘chaga, uyga) " Bog‘chaga nimada kelding?" ( avtobusda, mashinada) " Qizcha nimaga suv quydi?" ( gulga) So‘ng bolalarg mustaqil ravishda biror so‘zni kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgartirish so‘raladi. Uni yaxshi o‘zlashtirish maqsadida shu so‘zlardan gap tuzish vazifalari beriladi. Masalan, so‘zlarni ma‘lum sintaktik konstruksiyaga moslashni o‘rgatish uchun biz quyidagi vazifalardan foydalaniladi: nuqtalar o‘niga mos so‘zlarni qo‘yib ayt ( " Bolalar ... o‘ynashmoqda ", " Qizcha ... suv quydi" ( gul, koptok). Bolalar gap tuzdilar, bir - birining xatosini topdilar, gaplarni to‘ldirdilar va ularni yaxlit axborot sifatida o‘zaro bir - biriga uzatdilar . Mashg‘ulot davomida topishmoqlarning javobini topish vazifasi ham beriladi: " O‘zi oppoq, quloqlari uzun, sabzini yaxshi ko‘radi, tez chopadi ( quyon) . Bolalar ko‘rgazma asosida umumlashtiruvchi so‘zlar ishtirokida gaplar tuzishadi ( tabiatni kuzatish vaqtida, rasmlarni ko‘rish vaqtida ). Masalan, olma, nok, uzum, behi kabi mevalar pishdi. Ularda umumlashmaning paydo bo‘lishi nutqning rivojiga mustahkam negizdir. Mustaqil nutqni mustahkamlash uchun turli o‘yin mashqlari bilan birga tasavvuri bo‘yicha hikoya qilish, alohida rasmlar bo‘yicha tuzilgan hikoyalarni bir butun holda gapirib berish kabi vazifalardan foydalanadi. Masalan, "Bizning bog‘cha", "Bog‘chamizga qorbobo keladi" kabi mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bularning barchasi duduqlanuvchi bolalar nutqida so‘zning tovush, bo‘g‘in, morfologik tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan turg‘un kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Ta‘kidlab o‘tilgan mashg‘ulotlarni o‘tkazish natijasida duduqlanuvchi bolalar kundalik hayotida qo‘llaniladigan so‘zlarni o‘zlashtirdilar, sodda gap tuzish va uni grammatik jihatdan to‘g‘ri yasash hamda shu elementlardan faol nutqda foydalanishni o‘rganadilar. Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi: bolalarda tovushning to‘g‘ri talaffuzi , fonematik idrok, so‘zning tuzilishiga oid analiz va sintez qilish malakalari rivojlantiriladi; so‘z boyligini mustahkamlash va faollashtirishga shart- sharoit yaratiladi; grammatik shakllar haqidagi tasavvurlari shakllantiriladi ; hikoyani bayon qilish malaka va ko‘nikmasi mukammallashtiriladi ; erkin muloqot qilish malakasi takomillashtiriladi . Mazkur korreksion - pedagogik ishlar tizimi maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchi bolalarda nutqning fonetik, leksik, grammatik tomonlari bilan aloqador bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishda ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi.
Nutq faqat inson uchun xos bо’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta‘sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi о’z fikrini bayon etish uchun zarur bо’lgan sо’zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‘laydi va nutq a‘zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi. Odam nutqi tushunarli va ma‘noli bо’lishi uchun nutq a‘zolarining xarakatlari aniq va tо’g‘ri bо’lishi kerak. Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta‘rif bergan dastlabki tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham kо’pchilik olimlar nutq buzilishlari, ularning kelib chirqish sabablarini, bartaraf etish hamda fiqomulohazalar bildirganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining nutq buzilishlarini о’rganish borasida qо’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining katta ta‘siri bо’lib, A.Kusmaul nutq buzilishlarining dastlabki turlari haqidagi yig‘ilgan tasavvurlarini tanqid ostiga oldi; ularni sistemalashtirdi, atamalarni tartibga keltirdi. XX asr boshida chet ellik va rus tadqiqotchilari V.Oltushevskiy, G.Gutsman,(5) E.Freshels, S.M. Dobrogayevlarning ishlarida asos qilib olindi. Buning umumiy tomoni kо’p edi; etlopotogeneztik mezon bilan tо’ldirilgan klinik yondashuv, buzilishlarning alohida turlari bilan kasallikning u yoki bu patalogik shakli о’rtasidagi bog‘lanish, bunday xollarda nutq buzilishlari kо’pincha u yoki bu kasallikning alomati sifatida talqin qilinar edi, shuningdek, tasnif tili bunda lotin va grekcha sо’z yasovchi elementlaridan tashkil topgan atamalardan qо’llanilgan. Tasniflar о’rtasida buzilishlarni guruhlashning turli prinsiplari, shuningdek, u yoki bu mezonni tasniflashning muhimlik darajasiga bо’lgan qarashlaridagi ayrim qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq nomutanosibliklar ham kuzatiladi [3]. Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta salbiy ta‘sir kо’rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og‘ir ruxiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bо’ladi. Masalan, ayrim sо’zlarning notо’g‘ri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qо’yishi bilan birga uni atrofdagilar bilan muomala qilishda qiynab qо’yadi, u gapirganda о’z fikrini tо’la anglata olmaydi. Nutq kamchiliklarining og‘ir turlariga duduqlanish nutq nuqsoni kiradi. Nutq qobiliyatining rivojlanmaganligi nutq maromi (sur‘ati tezligi) shuningdek, ifodali qilib gapirish, о’qish malakasi bilan ham belgilanadi. Duduqlanish nutq nuqsonida nutq sur‘ati, maromi va ravonligi buzilishi bilan ta‘riflanadi. Bunda nutqning kommunikativ funksiyasi izdan chiqadi, ya‘ni aloqa vositasi bо’lmay qoladi.
Duduqlanuvchi bolalarda og‘zaki ko‘rsatmalar va namoyish yoki namunaning namoyishisiz birgina og‘zaki ko‘rsatmalarga mos ravishda o‘quv faoliyatini bajarish qobiliyati shakllanadi, idrok, xotira, tafakkur, bilishga bo‘lgan qiziqishlari rivojlanadi va boshqaruv jarayonlari shakllanadi. Bolalar aniq va umumiy savollarga javob berishga o‘rganadilar; logoped, tarbiyachining talabiga ko‘ra qisqa va keng javob qaytarishni mashq qiladilar; normal tempda, atrofdagilar uchun tushunarli, yetarlicha baland, aniq, ma'noga mos ravishda javob beradilar. Mashg‘ulotlarda ot, sifat va tilning boshqa bo‘laklarining grammatik shakllarini to‘g‘ri qo‘llash malakalari mustahkamlanadi.
Duduqlanish nutq buzilishlarining murakkab va kо’p uchraydigan turlaridan biridir. Bu nutq kamchiligida nutq a‘zolari muskullarining tortishishi natijasida nutqning sur‘at va ohangi buziladi, kommunikativ aloqa vositasi izdan chiqadi. Nutq a‘zolari muskullarining ravon ishlay olmasligi, paylarni, muskul tolalarining tortishib qolishi duduqlanishga sabab bо’ladi. Xorijiy va mamlakatimiz olimlarning ta‘kidlashicha, dunyo bolalarining 2 % ida tutilib gapirish nuqsoni kuzatiladi.
Buyuk rus psixiatri I.A.Sikorskiy duduqlanishni ―bolalar kasalligi deb atagan edi, chunki bu kamchilik 2 yosh bilan 5 yosh orasidagi bolalarda nisbatan kо’proq uchraydi. Bu davrda bolada nutq jarayoni juda shiddat bilan shakllanadi. Hozirgi davrda duduqlanish belgilari bir biriga bog‘liq bо’lgan 2 ta guruhga ya‘ni fiziologik va psixik guruhga ajratiladi. Fiziologik belgilarga: nutqning hosil bо’lishida ishtirok etuvchi a‘zolarning tortishishi, markaziy nerv sistema va jismoniy salomatlikning bо’shligi, zaifligi, umumiy gavda va nutq harakatlarining buzilishi kiradi. Psixik belgilarga: nutqda tutilish, his xayajon buzilishi, logofobiyalar, hayajonlanish, vohima, alamzadalik, umumiy zо’riqish, uyquda chо’chib ketish, yuzaki uyqu yuz beradi.Bolalarni nutq modellaridan foydalanib, duduqlanishsiz so‘z birikmalari bilan javob berishga o‘rgatish, masalan: Koptok qizil rangda. Shar dumaloq shaklda. Kuchuk yotibdi. O‘rdak suzayapti. Mushuk gilam ustida yotibdi. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha yakunlovchi mashg‘ulotlarni o‘tkazishda o‘z javoblarida ko‘rgazmalarga tayanmagan holda umumlashtiruvchi tushunchalardan foydalanishga o‘rgatish. Tarbiyachi o‘z mashg‘ulotlarida faqatgina bolalarni nutqni tinglashga (tushuntirish, ko‘rsatma berish) va og‘zaki ko‘rsatmaga mos ravishda topshiriqni aniq bajarishga o‘rgatadi. Bolalar tomonidan mustaqil nutqni faol qo‘llashdan mustasnoholatlarda logoped roziligiga ko‘ra va chegaralangan hajmda yo‘l qo‘yiladi.
Nutqga bo‘lgan diqqatini tarbiyalash. Bolalarning ishning namunasi namoyishi bilan birgalikdagi og‘zaki topshiriqlarga diqqatini rivojlantirish. Predmetlarning qog‘ozda joylashishi (markazda, o‘ngda, chapda, tepada, pastda), ranglarning, shakllarning qo‘llanilishi, predmetlarning ketma-ketligiga ko‘ra topshiriqlarni esda saqlab qolish va aniq bajarish ko‘nikmasini hosil qilish. Mustaqil nutqda mashq qildirish. Mashg‘ulot jarayonida (mashg‘ulotga tayyorgarlik, materiallarni tarqatish, topshiriqlarni tushuntirish va bajarish, ishni xulosalash) bolalarni savollarga javob berishga o‘rgatish. Turli xarakterdagi faoliyatni bir vaqtning o‘zida olib borish ko‘nikmasi shakllantirish: eshitish va yasash, chizish, kesish; chizish va bir vaqtning o‘zida savolga javob berish. Mashg‘ulot davomida qo‘llanilayotgan materialni (qalam, qog‘oz, kley, plastilin, qaychi va b.), tasvirlanayotgan predmetlarni, ularning qismlari, predmet rangi, shakli yoki uning qismlari, shuningdek yasash, applikatsiya, chizish, qurish davomida bajarilayotgan harakatlarni bir so‘z bilan nomlashda egallangan nutq namunalaridan foydalanishga o‘rgatish: "Sen nimani chizayapsan?" - Olmani. "Olma shakliga ko‘ra qanday?" - dumaloq. "Sen nima bilan chizayapsan?" - qalam bilan va boshqalar. Tarbiyachi mashg‘ulotlarida bolalar tomonidan mustaqil nutqdan foydalanish logoped roziligiga ko‘ra chegaralangan miqdorda yo‘l qo‘yiladi. Xulosa qilib aytganda bolalarda bunday nuqson asosan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanati buzilishlaridan kelib chiqadi. Logoped tavsiyalarida bolaning nutqi kechikayotganini yoki tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilayotganini, duduqlanayotganini sezganingiz zahoti mutaxassislarga murojaat qilishingiz lozim. Qancha erta murojaat qilsangiz, nutq nuqsonlari shuncha samarali bartaraf etiladi.


Download 74,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 74,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Duduqlanuvchi bolalar nutqini leksik tomonining òziga xos hususiyatlari

Download 74,79 Kb.