Nizomiy nomidagi toshkent davlat




Download 74,79 Kb.
bet8/9
Sana13.05.2024
Hajmi74,79 Kb.
#228084
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mahliyo kurs ishi tayyor

Tayanch tushunchalar:
1. Autogen (grekcha autos - o ‘zi) - mustaqil rivojlanish.
2. Autosugstiya (auto+lotin. suggestio - ishontirish) - o ‘z-o ‘zini ishontirish.
3. Geterosuggestiya (getero+lotin. suggestio — ishontirish) — boshqa shaxs orqali ishontirish.
4. Duduqlanish — nutqning temp va ravonligining buzilishi.
5. Psixoterapiya (grekcha psyche — jon, therapeia — davolash so‘zlaridan) — bemorlarga psixik ta’sir ko‘rsatish yordamida davolash. Nutq kamchiliklarini bartaraf etishda psixoterapiyada tushuntirish, ishontirish, gipnozdan foydalaniladi.
6. Suggestiya (lotincha suggestio) — psixoterapiyaning maxsus metodi — ishontirish.


XULOSA
Mamlakatimizda fan-texnika yuksak sur’at bilan rivojlanib borayotgan bir paytda yosh avlod zimmasidagi mas’uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim bo‘lgan bilimning hajmi yil sayin oshmoqda.
Bolalarni bog‘chadayoq maktabga tayyorlash ularni o‘qitishning yangi shakllari amalga oshirilmoqda. Modomiki, harakat va so‘z insonning o‘zligini namoyish etuvchi asosiy vosita ekan, buning uchun bolaning jismoniy va nutqiy tarbiyasiga ilk davrdan boshlab e’tiborni qaratmoq lozim.
Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har bir ota-ona, maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyachilar, maktabda esa o‘qituvchilarbilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan tarkib topgan formasidir. Shuningdek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo‘ladi. Shuning uchun nutq tovushlarini vujudga keltiruvchi manbalarini organlarfiziologiyasini, ularning faoliyatini o‘rganish talaffuzdagi nuqsonlarning kelib chiqish sababini aniqlash, to‘g‘ri va ravon talaffuzni ta’minlovchi omillardan biridir. Nutq bolalarda asta-sekin shakllanadi, bola o‘sib rivojlanib boradi. Aslida bola nutqning o‘sib borishidagi hal qiluvchi bosqich bir yarim yoshdan beshyoshgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda bolaning nutqi muayyansur’atda, besh yoshdan keyin esa nutq intensiv ravishda xilma-xil o‘sib boradi. Biroq ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishida bir qator kamchiliklar uchraydi va ma’lum bir sababga bog‘liq bo‘ladi. Tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etishni ona tilidagi hamma tovushlarda uchratish mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bolalarning ko‘pchiligi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan sanor (r, l), sirg‘aluvchi (s, z, ts) va shovqinli (sh, j,ch), til orqa (k,g) tovushlarini noto‘g‘ri talaffuz etadilar. Bundan tashqari bolalar nutq nuqsonlariqatorida bir qancha og‘ir nutqiy nuqsonlar ham uchrashini yuqori boblarimizda ko‘rib o‘tdik. Bolalardagi nutq nuqsonlarini bartaraf etish, ularni o‘z sog‘lom tengdoshlari qatori jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga yordam berishda esa logped-defektologlar o‘rni kattadir. Olib borilgan kuzatuv va tahlil natijalariga asoslanib maxsus bog‘cha va maktablarda logoped–defektologlar ish su’ratini barcha pedagogik tamoyil va ta’lim metodlariga asoslanib yo‘lga qo‘ysa muvaffaqiyatli natijalarga erishadilar. Nutqiy kamchiliklarni korreksiyalash, etakchi faoliyatni hisobga olish bilan birgalikda olib boriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yinfaoliyati, motorika, sensor soxa, lug‘at boyligi, til qonuniyatlarini egallash bola shaxsini shakllantirish jarayonida olib boriladi.
Pedagogik psixologik va metodik adabiyotlar tahlilidan kelib chiqqan holdaDuduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirishda bolalar bilan korreksion ishlarini tо’g‘ri olib borilishi ularni erkin holatda tutilmasdan muloqotgakirishishi maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot ishimizda duduqlanuvchi bolalarni mustaqil nutqini
tekshirganimizda bolalarning faqat ota-onalari bilan erkin nutqda gaplashganini guvohi bо’ldik. Chunki bolalar har kuni ota-onalari bilan bо’lganligi sababli, ulardagihis hayajon, qо’rquvni bо’lmasligi mustaqil muloqot qilishga yordam berdi. Ota-onalar bilan bо’lgan suhbatda va о’z yaqin о’rtoqlari bilan muloqatda mustaqiltutilmasdan, erkin holatda gapirishlarini guvohi bо’ldik. Logopedik mashg‘ulotlarda
esa bolalarni hayajonlanib, tutilib qolishlari kuzatildi.
Duduqlanuvchining erkin nutq darajasi uning faqat turli darajadagimustaqilligiga emas, balki uning tayyorgarligiga ham bog‘liqdir.
Duduqlanishni korreksiyalashning muvaffaqiyati uchun atrof muhitni tо’g‘ritashkil etish: ota- onalarning о’zaro munosabati, ularning va boshqa kattalarni bolaga nisbatan munosabati, dam olishni о’tkazish va boshqalar muhim ahamiyatgaega.
Ota-onalar оz farzandlari tarbiyasida atrofdagi va kattalar uning nuqsoniganisbatan jiddiy munosabatda bо’lishlari, maktabgacha yoshda duduqlanishni о'zvaqtida bartaraf etish lozim ekanligini, bolalar bog‘chasi va uyda rioya etish lozim bо’lgan yagona talablarni bilishlari, dam olish kunlarida umumiy va nutqiy rejimni,logoped va tarbiyachining barcha mashg‘ulot va maslaxatini bajarishi ham muhim ahamiyatga ega.


Download 74,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 74,79 Kb.