dasturlardir. Muayayn bir fan materiallarini o‘zlashtirish jarayonida
kompyuter texnologiyalari yordamida foydalanish uchun yaratiladi.
O‘quv materiallari bosqichma-bosqich, mashq va topshiriqlar ketma-
ketlikda
taqdim
qilinadi,
javoblarning
to‘g‘ri-noto‘g‘riligi
tasdiqlanadi,
yo‘l
qo‘yilgan
xatolar
displeyda
aks
etadi,
o‘quvchilarning o‘zlashtirishi nazorat qilinadi va baholanadi.
Masalan, Internetda rus tilidan
“Фраза”
deb nomlangan o‘rgatuvchi
dastur-trenajyor mavjud.
“Фраза”
o‘ziga xos elektron repititor
hisoblanadi. U 2006-yilda tajribali rus tili o‘qituvchilari, metodistlar
va psixologlar tomonidan yaratilgan. Interfeys faqat rus tilida
1
.
“Фраза”
da Rossiya umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining rus tili
ta’limi uchun 4000 ga yaqin topshiriqlar o‘rin olgan.
Shuningdek,
1000 ga yaqin topshiriq maktab bitiruv imtihonlari va oliy ta’limga
qabul
imtihonlari
uchun
tayyorlangan.
Saytdan
olingan
ma’lumotlarga ko‘ra, bu dastur yordamida qisqa muddatda
o‘quvchilarda
yozma savodxonlik oshadi, “ikki”lar “uch”ga
aylanadi. O‘quvchilar imlo va punktuatsiya qoidalarini o‘rganish va
takrorlash,
bo‘shliqlarni
to‘ldirish,
bilimlarini
tekshirish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu repititor o‘quvchining har bir
qadamini tekshirib boradi, xatolarni bir lahzada ko‘rsatib
beradi va
agar o‘quvchi qiyin vaziyatlarga duch kelsa, ekranda qoida va unga
mos misollar, istisno holatlar paydo bo‘ladi, bu bilan o‘quvchiga o‘z
xatosini to‘g‘rilash
imkonini beradi, ko‘rish orqali imloni eslab
qolishga yordam beradi, ish oxirida esa natijani ko‘rsatadi,
baholaydi, o‘zlashtirish statistikasini taqdim qiladi.
Bu dasturning Windowsga mo‘ljallangan yangi versiyasi o‘z
ichiga 500 ta qo‘shimcha mashq va topshiriqlarni jamlagan.
Shuningdek, dasturdan foydalanish yuzasidan ko‘rsatma, rus tili
qoidalarining katologi va qisqacha imlo lug‘atini o‘z ichiga oladi.
Windows 95/98/2000; Pentium 120 MGs va undan yuqori, 16 Mb
operativ xotira, ekran 800x600 bo‘lishini taqozo qiladi.
Yuqori sinf o‘quvchilari va abiturientlar uchun rus tilidan
“Repititor-diktant”
kompyuter trenajyori
2
ham qator afzalliklarga
ega. U matnlarni xuddi haqiqiy o‘qituvchi kabi diktovka qiladi va
tekshiradi. Shuningdek, har bir diktantdan keyin xatolar ustida
1
http://www.detkiuch.ru/load/fajly/uroki_russkogo_jazyka/fraza
2
http://www.detkiuch.ru/load/fajly/uroki_russkogo_jazyka
37
ishlash mumkin. Bu jarayonda dastur qaysi so‘zda xatoga yo‘l
qo‘yilgan bo‘lsa, shu so‘z ishtirokida jumlalar taqdim qiladi yoki
yozilishi qiyin bo‘lgan so‘z va qisqa jumlalar qatnashgan grammatik
diktantlarni diktovka qiladi.