Elektron qo‘llanma tuzilmasi va bilimni
nazorat qilish tizimi.
Ta’lim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etishda mavjud
gipermatn, gipermedia, grafika, animatsiya va ovoz dasturlaridan
foydalanish katta samara bermoqda. Chet el va respublikamizda
to‘plangan tajribalar tahlil qilinganda
axborot texnologiyalarining
dasturiy vositalari o‘qitishda yangi sifat vositalari sifatida o‘quv
jarayonini jadallashtirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lib,
an’anaviy o‘qitish vositalaridan tubdan farqlanadi.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi
avlodini yaratish konseptsiyasiga muvofiq axborot texnologiyalari
asosida ishlab chiqilgan elektron qo‘llanmalarning tuzilmasi
quyidagi elementlarni o‘z ichida ifoda etgan bo‘lishi lozim:
• muqova;
• mundarija;
•
EQning qisqacha annotatsiyasi;
• EQning «to‘liq bayoni»;
• EQning qisqacha bayoni (masalan, sxema ko‘rinishda);
• asosiy adabiyotlar va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati;
• bilimni nazorat qilish mexanizmi;
• matn fragmenti bo‘yicha izlash amalini bajarish;
• mualliflar ro‘yxati va ular haqida ma’lumot;
• atamalar ro‘yxati;
• EQ bilan ishlash uchun ma’lumotlar tizimi.
EQ ning muqovasi ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun
uni grafika va multimedia, animatsiya kabi elementlar bilan boyitish
zarur. EQning muqovasida darslikning nomi, yuqori tashkilot haqida
ma’lumot (masalan vazirlik), mualliflik huquqi,
yaratilgan vaqti,
EQni yaratgan tashkilotning nomi, mualliflari haqida qisqacha
ma’lumot olish imkoniyati bo‘lishi kerak. Bu ma’lumotlarning
ma’lum bir qismi (mualliflar haqida ma’lumot, EQni yaratgan
tashkilot, mualliflik huquqi kabilar) gipermurojaatlar yordamida
amalga oshiriladi.
Mundarija EQning juda muhim tarkibiy elementi hisoblanadi.
Mundarija bir tomondan yetarli darajada
mavzular ketma-ketligini
saqlash bilan birga ehtiyoji tug‘ilganda kerakli mavzularga tezkor
ravishda murojaat qilishni ta’minlay olishi, ya’ni gipermurojaatlar
25
bilan boyitilgan bo‘lishi va ekranning bir qismida joylashgan bo‘lishi
kerak.
Bundan tashqari mundarijada bilimni nazorat qilish mexanizmi;
EQning ma’lum matni bo‘yicha izlash amalini bajarish;
asosiy va
qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati; darslikning ixtiyoriy qismiga o‘tish;
darslik bilan ishlashni tugatish; darslikning muqovasiga qaytish kabi
amallarni bajarish uchun imkoniyatlarning yaratilishi undan
foydalanishni osonlashtiradi.
Bilimni nazorat qilish mexanizmiga EQda alohida o‘rin ajratish
lozim. Bilimni nazorat qilish mexanizmida EQning hamma
mavzulari bo‘yicha nazorat qilishni ta’minlash nazarda tutish
maqsadga muvofiq.
Buning uchun EQ ma’lumotlar
bazasiga kiritilgan mavjud
mavzularga oid savollarning barchasini ta’lim oluvchilarga qulay
ko‘rinishda taqdim etish yaxshi samara beradi.
EQda berilgan matn bo‘yicha uni izlab topish funksiyasining
bo‘lishi EQning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bu funksiyaga
qo‘yiladigan qo‘shimcha talablardan biri uning satriga yetarli
miqdorda matnni kiritish imkoniyatining bo‘lishini ta’minlashdan
iborat. EQda atamalar lug‘atining bo‘lishi undan samarali
foydalanish darajasini oshiradi. Atamalar va ular bilan bog‘liq
ta’riflar gipermurojaatlar yordamida bo‘lishi mumkin.
Bu holda
EQning matni juda ko‘p ma’lumotlar bilan to‘ldirilib, uni talqin etish
biroz murakkablashib ketishi mumkin. Shuning uchun atamalar va
ular bilan bog‘liq ta’riflarni alohida ro‘yxat bilan berib ularni
gipermurojaatlar bilan bog‘lash qulaydir. Bu yerda atamalar
lug‘atidan asosiy matnga qaytish tugmalari bo‘lish kerak. EQ bilan
ishlashni boshqarish tizimida matn bilan ishlashni ta’minlaydigan va
ekranga qo‘yiladigan
bir qator tugmalar mavjudki, ularga:
– mundarijadan mavzuning boshiga o‘tish;
– sahifadan sahifaga o‘tish hamda oldinga va orqaga siljitish
tugmalari;
– mundarijaga qaytish tugmasi;
– yordam olish tugmasi;
– ekranga rasmlarni, animatsiyalarni va har xil ko‘rinishdagi
jadval, grafiklarni yuklaydigan gipermurojaat tugmalari kiradi.
26