|
Axborot texnologiyalari bilan ishlash madaniyatiBog'liq 2018-yil. s.muhamedova. oquv qollanma 02.2. Axborot texnologiyalari bilan ishlash madaniyati
Davr
pedagogdan
zamonaviy
axborot-kommunikatsion
texnologiyaladan
foydalanishni
mukammal
o‘zlashtirishni,
axborotlarni izlash, tartiblash, tahlil qilish va umumlashtirishni
bilishni talab qilmoqda. Globallashuv va integrtsiyalashuv sharoitida
oltin, platina, javohirdan ko‘ra ko‘proq qiymatga ega bo‘lgan axborot
jahon bozoridan munosib joy olmoqda.
Ta’limda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishni
yanada kengaytirish masalasi davlat ta’lim tizimining muhim
vazifalari sanalayotgan bo‘lsa ham, o‘qituvchilarning aksariyati
hozirgi kunda axborot texnologiyalaridan foydalanish deganda
kompyuterning matn muharriridan, Power Point dasturidan
foydalanishni tushunadilar. Bunga qo‘shimcha video va audio
meteriallarni taqdimotda gipermurojaat tarzida taqdim qilish bilan
kifoyalanishadi. Aslida ona tilini o‘qitishda ta’lim samaradorligiga
yordam beradigan bir qancha amaliy dasturlar yaratilganki,
o‘qituvchilar bu dasturlarning afzalliklaridan deyarli bexabar. Til
ta’limida
Microsoft Word, Microsoft Power Point, iSpring,
MtestX, Microsoft Office Publisher, HotPotatoes, Excel, Adobe
Photoshop, CorelDraw, AutoPlay Media
va boshqa amaliy
dasturlaridan foydalanish o‘qituvchining axborot texnologiyalari
bilan ishlash madaniyatini egallaganligini namoyon qiluvchi alohida
ko‘rsatkich sifatida baholanishi mumkin. O‘qituvchining o‘qitish
konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan
ratsional
foydalanish
ko‘rsatkichlari
erishilishi
kutilayotgan
samaradorlikni kafolatlashga imkon beradi.
2.3. Filologik ta’limda AKTni qo‘llashda
me’yor masalasi
Odatda umumta’lim maktablarida darslar “Dars muqaddas”
dasturi doirasida loyihalanmoqda. Biroq multimediali darslar
tuzilishi va qurilishi yuzasidan tayyor andoza mavjud emas.
Multimedia darslarining aniq bir andozasi bo‘lishi zarur deb
hisoblashimizga
bir
nechta
sabablarni
ko‘rsatish
mumkin:
multimediali dars atamasining ommalashib, “urf”ga aylanib
ulgurganiga ancha bo‘lsa ham, bunday darslarni yaratish va tashkil
etishda AKTni qo‘llash me’yorlarining buzilishi, multimedia
darslarini tayyorlashga muayyan tajriba yetishmasligi, yetarli
27
metodika, to‘g‘rirog‘i metodologiyaga ehtiyoj katta bo‘layot-
ganligidir. Shuningdek, axborot komunikatsiya vositalarining
uzluksiz yangilanayotganligi ham muhim sabablardan biridir. Ta’lim
bozoriga kirib kelayotgan vositalar: interaktiv doska, interaktiv
ko‘rsatkich tayoqchasi va h.k.
O‘qituvchilarda multimedia darslarini tashkil etish bo‘yicha
metodik ko‘rsatmalar, amaliy maslahatlarga ehtiyoj katta.
Multimedia darslarining samarali o‘tishi eng avvalo, dars
maqsadini to‘g‘ri belgilab olishga bog‘liq bo‘ladi.
Darsda yangi mavzuni o‘rganish zarurmi?
O‘rganilgan mavzuni mustahkamlashga qaratilganmi?
Bilim,
malaka
va
ko‘nikmalarni
takrorlashga
mo‘ljallanganmi?
Mustahkamlash darsi uchunmi?
Ana shu maqsadga mos tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar
ham nazarda tutiladi. Shu maqsadlardan kelib chiqib o‘qituvchi dars
shakli va metodlarini, o‘qitish texnologiyalarini, pedagogik texnika
usullarini tanlaydi.
Multimediali dars yuqori darajadagi samaraga erishish vositasiga
aylanishi uchun har xil slaydlarning yig‘indisi emas, balki bir butun
mahsulotga aylanishi kerak.
Pedagog va o‘quvchilar, o‘quv materiallari, jihozlar va
texnologiya kabi resurslar yig‘indisiga ega bo‘lgan ta’lim muhiti
haqida gap borar ekan, axborot texnologiyalari bilan ishlash
jarayonida
o‘quvchilarning
funksional
va
psixofiziologik
imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning imkon qadar
ko‘proq ma’lumotlarni yoritishga intilishi o‘quvchini ortiqcha
toliqtirishga olib kelishi mumkin. Ekranni ortiqcha ko‘rgazmalilikka
to‘ldirish dars samaradorligiga putur yetkazadi. Ma’lumotlarni
uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni o‘zlashtirish sifatining
pasayishiga, xatolar sonining ortib borishiga, o‘quvchining o‘zini his
qilishi va sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi
1
. Shuning uchun ham
o‘qituvchidan:
1
Трошина А.В. Учебное пособие по дисциплине "Информационные
технологии в лингвистике". – СПб.: Изд-во СПбГЭУ, 2013. – 103 с. Размещено
на http://www.allbest.ru/
28
ko‘rish organlariga tushadigan yuklamani hisobga olish;
yangiliklarni qabul qilishda yuzaga
keluvchi ruhiy
ko‘tarinkilik darajasini e’tiborga olish;
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqlik va xatoliklar
tufayli salbiy hissiyotlarning to‘planib borishini inobatga olish;
katta miqdordagi, hajmdagi ta’limiy resurslarni qabul qilish
undan keyingi axborot resurslarini faol o‘zlashtirishga to‘sqinlik
qilishini nazarda tutish taqozo qilinadi
1
.
Texnik
vositalardan
aql
bilan
foydalanish,
muammoli
vaziyatlarni o‘quv topshirig‘iga aylantirishni uddalay olish AKTdan
foydalanish me’yorini buzmaslikning oldini oladi.
O‘qituvchilarning ko‘p yillik tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki,
darsda yuzaga keladigan tartibbuzarlik o‘qituvchining o‘ziga bog‘liq
bo‘lmoqda. Agar o‘quvchi darsda nima bilan band bo‘lishni bilmasa,
u darsdan uzoqlashadi, qandaydir ko‘ngilsizliklar yuzaga keladi.
AKT asosida didaktik materiallar tayyorlash va dars tashkil
qilishda didaktik materialni o‘zlashtirgan o‘quvchi nimani bajara
olishi kerakligi oldindan rejalashtirilishi zarur. Bajarilishi lozim
bo‘lgan topshiriqlar uchun aniq shart, ko‘rsatma talab qilinadi. Ana
shu shart asosida ta’lim oluvchilar rioya qilishi kerak bo‘lgan aniq
talablardan biri – vaqt me’yori va baholash mezoni taqozo qilinadi
2
.
O‘quv topshiriqlarini tuzishda fe’llardan to‘g‘ri va o‘rinli
foydalanish zarur:
yozing, sanab bering, ajrating, tanlang,
ko‘rsating, moslashtiring, belgilang
va sh.k.
Topshiriqlar o‘qituvchi tomonidan yoki elektron o‘qituvchi
tomonidan og‘zaki berilishi va ayni vaqtda ekranda yozib qo‘yilishi
uning bajarilishini yengillashtirishi mumkin.
Taqdimotlar tayyorlash mashaqqatli ish: slayddagi faol o‘rinni
belgilash va axborotni joylashtirish, boshqaruvchi tugmalarni
joylashtirish va b.
1
Электрон педагогика ва педагогнинг шахсий, касбий ахборот майдонини
лойиҳалаш
модули
бўйича
ўқув-услубий
мажмуа
(тузувчилар:
Т.Т.Шоймардонов, В.С.Хамидов, М.Файзиева) – Tошкент, 2015. – 11-67 б.
2
http://www.prodlenka.org. “Использование современных информа-
ционных технологий на уроках русского языка”
29
Odatda ekranning chap tomoni yuqori qismiga e’tibor ko‘proq
berilishi mumkin. Shuning uchun mutaxassislar asosiy axborotni
yoki topshiriqni ana shu qismga joylashtirishni tavsiya qilishadi.
|
| |