qonuniyatlarini,
izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning
zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni
ko‘zda tutadi.
Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar
quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak:
1.
Pedagogik dasturiy vositalar – o‘quv
materialini taqdim
etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o‘zaro
bog‘liqligiga tayangan holda qurilishi.
2.
Pedagogik dasturiy vositalar o‘quv materialini yuqori tartibli
tuzilma ko‘rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy o‘zaro
bog‘liqlikning hisobga olinishi.
3.
Pedagogik dasturiy vositalarda ta’lim oluvchiga o‘quv
materialini bosqichma-bosqich o‘zlashtirganligini turli xildagi
nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining
yaratilishi.