fundamental
asoslarini hisobga olib, o‘quv faoliyati mazmunini
qurish imkoniyatini ta’minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari
o‘rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to‘ldiruvchisi
hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko‘rgazmalilik,
faollashtirish
(o‘qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi),
o‘qitish natijalarini o‘zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning
interfaolliligi, o‘qitish,
tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning
yaxlit birligi.
Psixologik talablarga
idrok etish (verbal-mantiqiy,
sensor-
perseptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko‘rgazmali-amaliy),
diqqat (qat’iyliligi, boshqaga ko‘chishi), motivatsiya (faollik, yuqori
darajadagi ko‘rgazmalilik, o‘z vaqtida qayta aloqa yordamida
o‘quvchilarning
kuchli
motivatsiyalarini
doimiy
ravishda
rag‘batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi
va individual psixologik
xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko‘nikma va
malakalarini hisobga olib, o‘quv fani mazmuni hamda o‘quv
masalalari murakkablik darajasi o‘quvchilarning yosh imkoniyatlari
va individual
xususiyatlariga mos kelishi, o‘quv materialini
o‘zlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy,
aqliy yuklamalardan
ta’sirlanishdan himoyalash) kiradi.